{"id":4559,"date":"2024-05-08T12:34:14","date_gmt":"2024-05-08T10:34:14","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4559"},"modified":"2024-05-08T12:34:14","modified_gmt":"2024-05-08T10:34:14","slug":"%d0%bf%d0%b0%d0%bc%d1%8f%d1%82%d1%8c-%d0%be-%d0%b3%d0%b5%d1%80%d0%be%d1%8f%d1%85-%d1%80%d0%be%d0%b4%d0%b8%d0%bd%d1%8b-%d0%b1%d1%83%d0%b4%d0%b5%d1%82-%d0%b6%d0%b8%d1%82%d1%8c-%d0%b2%d0%b5%d1%87%d0%bd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2024\/05\/08\/%d0%bf%d0%b0%d0%bc%d1%8f%d1%82%d1%8c-%d0%be-%d0%b3%d0%b5%d1%80%d0%be%d1%8f%d1%85-%d1%80%d0%be%d0%b4%d0%b8%d0%bd%d1%8b-%d0%b1%d1%83%d0%b4%d0%b5%d1%82-%d0%b6%d0%b8%d1%82%d1%8c-%d0%b2%d0%b5%d1%87%d0%bd\/","title":{"rendered":"Vatan fidoyilari xotirasi xalqimiz qalbida mangu yashaydi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHKENT, 8-may. \/&#8221;Dunyo&#8221; AA\/.<\/strong>\u00a0Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-may \u2013 Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g&#8217;alabaning 79 yilligiga bag&#8217;ishlangan marosimda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda &#8220;Dunyo&#8221; AA muxbiri.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1715163028934_246a6ef2901243c4bc9ed7ee4f79ec77listssliderjpg.webp\" \/><!--more--><\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari matbuot xizmati yozganidek, Yangi O&#8217;zbekistonda &#8220;Inson qadri uchun&#8221; degan ezgu tamoyil barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh g&#8217;oyasini tashkil etadi.<\/p>\n<p>Bu jihatlar Ikkinchi jahon urushi yillarida Vatan va xalq ozodligi yo&#8217;lida mardlik va jasorat namunasini ko&#8217;rsatib, jang maydonlarida jonini fido qilgan ota-bobolarimiz, mustaqillik yillarida xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini himoya qilish hamda o&#8217;z xizmat burchini ado etish yo&#8217;lida halok bo&#8217;lgan jasur harbiylarimiz xotirasini abadiylashtirish, urush yillarida katta qiyinchiliklarni sabr-bardosh bilan yengib o&#8217;tgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan faxriylarimizga g&#8217;amxo&#8217;rlik va e&#8217;tibor ko&#8217;rsatish borasidagi ishlarda ham namoyon bo&#8217;lmoqda.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Toshkent shahrida xalqimiz jasoratining yorqin ramzi sifatida bunyod qilingan muhtasham G&#8217;alaba bog&#8217;i yodgorlik majmuasi qisqa vaqt ichida qutlug&#8217; ziyoratgohga aylandi.<\/p>\n<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev G&#8217;alaba bog&#8217;iga tashrif buyurib, xotira marosimida ishtirok etdi. &#8220;Matonat madhiyasi&#8221; yodgorligi poyiga gulchambar qo&#8217;ydi.<\/p>\n<p>Ushbu majmuadagi har bir ekspozitsiya, timsol va bitiklar mudhish urush haqiqatlarini ifoda etadi. &#8220;Matonat madhiyasi&#8221; yodgorligi urushda o&#8217;z bolasidan, yoridan judo bo&#8217;lgan barcha ayollar sharafiga o&#8217;rnatilgan muazzam obidadir. Bog&#8217; bo&#8217;ylab taralayotgan mungli kuy xalqimizning yo&#8217;qotishlari, halok bo&#8217;lgan insonlar taqdirini yodga soladi.<\/p>\n<p>\u2013 Bu sanani biz ham xursandchilik, ham iztirob bilan nishonlaymiz. Urushning xalqimiz boshiga solgan og&#8217;ir kulfatlari, oradan shuncha yillar o&#8217;tsa-da, unutilmaydi. O&#8217;sha paytda respublikamiz aholisi 6,5 million kishi bo&#8217;lgan bo&#8217;lsa, shundan 1 million 950 mingdan ortig&#8217;i urushda qatnashgan. Ularning 538 mingdan ziyodi qonli janglarda halok bo&#8217;lgani, 158 mingdan ko&#8217;prog&#8217;i bedarak ketgani biz uchun hech qachon o&#8217;rnini to&#8217;ldirib bo&#8217;lmaydigan og&#8217;ir yo&#8217;qotishdir. So&#8217;nggi yillarda mana shunday xotira majmualari va muzeylar tashkil qilib, bu haqiqatni muhrlab qo&#8217;ydik. Bu ishlarimiz xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tarbiyasida ulkan ahamiyatga ega,\u00a0\u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p>Bugungi kunda G&#8217;alaba bog&#8217;i yurtdoshlarimiz, yoshlar uchun o&#8217;ziga xos vatanparvarlik, tinchliksevarlik maktabi bo&#8217;lib xizmat qilmoqda. Bu yerda &#8220;uch avlod uchrashuvlari&#8221;, xotira tadbirlari, tarix darslari o&#8217;tkazilmoqda. Shu kungacha majmuaga 2 million 200 ming nafardan ziyod kishi tashrif buyurib, Ikkinchi jahon urushida ko&#8217;pmillatli O&#8217;zbekiston xalqi ko&#8217;rsatgan jasorat va matonat tafsilotlari bilan yaqindan tanishgan.<\/p>\n<p>Majmua jamoasi tomonidan 50 ga yaqin kitob-albom va monografiyalar yaratilgani, ilgari noma&#8217;lum bo&#8217;lgan yuzlab tarixiy dalillar ilmiy muomalaga kiritilgani, 2 million nafarga yaqin urush qatnashchilari ro&#8217;yxati shakllantirilgani, aholi murojaatlari bo&#8217;yicha bedarak ketgan jangchilar taqdiriga oid ma&#8217;lumotlar to&#8217;planganini alohida ta&#8217;kidlash lozim.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda xotira marosimlari, urush va mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog&#8217;ida halok bo&#8217;lgan harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlarining xotirasini ulug&#8217;lashga qaratilgan katta ishlar muntazam amalga oshirilmoqda. Jumladan, davlatimiz rahbarining 2024-yil 16-aprelda qabul qilingan &#8220;Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag&#8217;batlantirish to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi farmoni ana shunday hurmat va e&#8217;tiborning yana bir amaliy ifodasidir. Mazkur farmonga muvofiq, urush qatnashchilari va nogironlariga pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.<\/p>\n<p>Yolg&#8217;iz yashayotgan urush va mehnat faxriylari, istiqlolimiz himoyasi yo&#8217;lida halok bo&#8217;lgan harbiy xizmatchilar oilalarining uy-joylari ta&#8217;mirlanib, obod qilinmoqda.<\/p>\n<p>Tadbirda O&#8217;zbekiston Qurolli Kuchlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari va nuroniylar ham ishtirok etib, &#8220;Matonat madhiyasi&#8221; yodgorligi poyiga gullar qo&#8217;yishdi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz tashabbusi bilan G&#8217;alaba bog&#8217;i hududida yana bir majmua \u2013 Mustaqillik fidoyilari xiyobonini tashkil etish rejalashtirilgan. Tashrif chog&#8217;ida ushbu majmua loyihasi taqdimot qilindi.<\/p>\n<p>\u2013 Inson xotirasi va qadrini ulug&#8217;lash borasidagi ishlarimizning uzviy davomi sifatida G&#8217;alaba bog&#8217;i tarkibida mana shu xiyobonni barpo etsak va unga Mustaqillik fidoyilari xiyoboni, deb nom bersak, o&#8217;ylaymanki, el-yurtimiz qalbidagi orzu-armon va ezgu intilishlarni ro&#8217;yobga chiqargan bo&#8217;lamiz, \u2013 dedi davlatimiz rahbari. \u2013 Istiqlol yillarida O&#8217;zbekiston Respublikasini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilish yo&#8217;lida halok bo&#8217;lgan mard va jasur o&#8217;g&#8217;lonlarimizning aziz xotirasiga ehtirom ko&#8217;rsatish barchamiz uchun ham farz, ham qarzdir. Vatanga fidoyilik namunasini ko&#8217;rsatgan, yurt tinchligi va kelajagi uchun kerak bo&#8217;lganda jonini qurbon qilgan bu bahodir farzandlarimizning qahramonligi xalqimiz, yosh avlodimiz uchun doimo o&#8217;rnak va namuna bo&#8217;lib xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Mamlakatimiz va chet ellik mutaxassislar hamkorligida har tomonlama puxta ishlab chiqilgan betakror loyihaga ko&#8217;ra, Mustaqillik fidoyilari xiyobonida ona yurtimizga uyushtirilgan terrorchilik xurujlariga qarshi kurashda, shuningdek, o&#8217;z harbiy burchini ado etish chog&#8217;ida halok bo&#8217;lgan askar va ofitserlarning qutlug&#8217; nomlari va o&#8217;chmas xotirasi abadiylashtiriladi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari majmua g&#8217;oyasi va qurilishi bo&#8217;yicha mutasaddilarga tegishli ko&#8217;rsatmalar berdi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4559","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4559","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4559"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4559\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4560,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4559\/revisions\/4560"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4559"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4559"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4559"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}