{"id":4499,"date":"2024-04-03T09:43:51","date_gmt":"2024-04-03T07:43:51","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4499"},"modified":"2024-04-03T09:48:30","modified_gmt":"2024-04-03T07:48:30","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%be%d1%82%d1%80%d0%b5%d0%bb-%d0%bc%d0%b5","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2024\/04\/03\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%be%d1%82%d1%80%d0%b5%d0%bb-%d0%bc%d0%b5\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston Prezidenti migratsiyani tartibga solish va mehnat migrantlarini qo&#8217;llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimotini ko&#8217;rib chiqdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHK\u0415NT, 2-aprel. \/\u00abDunyo\u00bb AA\/.<\/strong>\u00a0Prezident Shavkat Mirziyoyevga bugun migratsiyani tartibga solish va mehnat migrantlarini qo&#8217;llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimot qilindi, deb xabar bermoqda \u00abDunyo\u00bb AA muxbiri.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1712122348136_1jpg.webp\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u2019lumotiga ko&#8217;ra, butun dunyoda ishchi kuchi ko&#8217;chib yurishi tabiiy jarayon. Mamlakatimizda bunday fuqarolarni chet elga tartibli va xavfsiz jo&#8217;natish bo&#8217;yicha muayyan ishlar qilinmoqda. Oxirgi ikki yilda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 70 ming kishi rivojlangan davlatlarga yuborilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Lekin ayrim odamlar malaka talab qilmaydigan o&#8217;lkalarga o&#8217;zlari ham mustaqil ravishda ketayapti. Ularning mehnat va yashash sharoitlari, kasbi, daromadi turlicha.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari sohada fuqarolarga qulayliklar yaratish, mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarning bandligini ta\u2019minlash vazifalarini qo&#8217;ygan edi. Shu bois mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish bo&#8217;yicha takliflar ishlab chiqildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Unga ko&#8217;ra, Bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi davlat muassasasi shaklida boshqaruv organiga aylanadi. Agentlik direktori bir vaqtning o&#8217;zida Bandlik vaziri o&#8217;rinbosari bo&#8217;ladi. U mehnat migrantlarini qo&#8217;llab-quvvatlash jamg&#8217;armasini ham boshqaradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Buyuk Britaniya, Germaniya, Polsha, Vengriya, Yaponiyadagi elchixona va konsulliklarda mehnat migratsiyasi bo&#8217;yicha attashe, Saudiya Arabistonida agentlik vakili lavozimi joriy qilinadi. Xorijdagi fuqarolarimiz masalalarini tezkorlik bilan hal qilish uchun elchixonalar va tegishli vazirliklarda 24 soat ishlaydigan &#8220;koll-markazlar&#8221; tashkil etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8220;Xorijga ish \u2013 mahalladan&#8221; tamoyili yo&#8217;lga qo&#8217;yiladi. Bunda, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi xorijda ishlash istagida bo&#8217;lgan fuqaroni aniqlab, &#8220;Onlayn mahalla&#8221; platformasiga kiritadi. Nomzodlar xorijdagi ish beruvchilar tanlovlariga jalb qilinadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kasbiy malakasi yo&#8217;q va tilni bilmaydigan fuqarolarni kasbga o&#8217;qitish va profta\u2019lim muassasalarida maqsadli tayyorlash yo&#8217;lga qo&#8217;yiladi. Buning uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi huzurida fuqarolarni xorijiy tillarga o&#8217;rgatish va ishlashga maqsadli tayyorlash markazi ochiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xorijda ishlash istagida bo&#8217;lganlar muayyan xarajatlarga ham duch keladi. Shu bois endi migrantlarning ishchi viza, yo&#8217;l chiptasi, xorijiy til va kasb bo&#8217;yicha malakani baholatish xarajatlari qisman qoplanadi. Chet tili bo&#8217;yicha xalqaro yoki unga tenglashtirilgan sertifikat olgan fuqaroga til o&#8217;rganish uchun sarflagan xarajatining 50 foizi qoplab beriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarning bandligiga ko&#8217;maklashish ham muhim masala. Shu bois, Sayxunobod tajribasi asosida ularga tomorqada mahsulot yetishtirib, daromad olishi uchun moliyaviy ko&#8217;mak beriladi hamda boshqa turdagi bandlik xizmatlari ko&#8217;rsatiladi. &#8220;Kichik biznesni uzluksiz qo&#8217;llab-quvvatlash&#8221; kompleks dasturiga muvofiq imtiyozli kreditlar ajratiladi. Tibbiy muassasalar migratsiyadan qaytgan shaxslar va ularning oila a\u2019zolarini bepul tibbiy ko&#8217;rikdan o&#8217;tkazadi. &#8220;Inson&#8221; markazlari tomonidan ota-onasi xorijda mehnat qilayotgan bolalarga ijtimoiy yordam ko&#8217;rsatiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mehnat migratsiyasidan qaytganlarni ishga olgan korxonaga har bir xodim uchun bir yil davomida Bandlikka ko&#8217;maklashish jamg&#8217;armasidan oyiga 500 ming so&#8217;m subsidiya beriladi. Ushbu tadbirlarga bu yil uchun barcha manbadan 100 milliard so&#8217;m ajratiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari bu tizimni samarali yo&#8217;lga qo&#8217;yib, fuqarolarga sifatli xizmat ko&#8217;rsatish, bandlikni oshirish bo&#8217;yicha ko&#8217;rsatmalar berdi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4499","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4499","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4499"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4499\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4500,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4499\/revisions\/4500"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4499"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4499"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4499"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}