{"id":4462,"date":"2024-03-11T10:26:46","date_gmt":"2024-03-11T08:26:46","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4462"},"modified":"2024-03-11T10:26:46","modified_gmt":"2024-03-11T08:26:46","slug":"%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%82%d1%83%d0%bf%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-9","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2024\/03\/11\/%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%82%d1%83%d0%bf%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-9\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag&#8217;ishlangan tantanali marosimdagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Assalomu alaykum, hayotimiz quvonchi, fayzu farishtasi bo&#8217;lgan muhtarama onaxonlar, hurmatli opa-singillar, dilbar qizlarim!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugun siz, azizlar bilan mana shunday tantanali anjumanda uchrashib, barchangizni, sizlarning timsolingizda butun mamlakatimiz ayollarini Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan qutlash men uchun ulkan sharaf va saodatdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Barcha-barchangizga samimiy mehrim va cheksiz hurmatimni izhor etishga ijozat bergaysiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;zlaringiz kabi go&#8217;zal bayramingiz muborak bo&#8217;lsin!<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1709817432476_081png.webp\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Muhtaram vatandoshlar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu shukuhli ayyomda hammamiz bizni dunyoga keltirgan, oq sut berib, mehr va tarbiya berib voyaga yetkazgan buyuk ona siymosiga, mo\u02bbtabar ayol zotiga ta&#8217;zim qilamiz. Zero, inson qadrini ulug&#8217;lash avvalo azizu mukarrama ayollarimizni ulug&#8217;lashdan boshlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu ma&#8217;noda, Mir Alisher Navoiy bobomizning,\u00a0jannat bog&#8217;idan bahramandlik istar ekansan, avvalo, munis onani rozi aylagin,\u00a0degan so&#8217;zlarini biz eng ezgu da&#8217;vat sifatida qabul qilamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz hayotimizning ma&#8217;no-mazmuni, butun borlig&#8217;imizni siz, qadrli opa-singillarimizdan ayri holda tasavvur etolmaymiz. Sizlar biz uchun hamisha go&#8217;zallik va nazokat, mehr va sadoqat, qanoat va shukronalik timsoli bo&#8217;lib kelgansiz va doimo shunday bo&#8217;lib qolasiz. Mana shunday olijanob fazilatlaringiz bilan bizlarga hamma vaqt kuch-g&#8217;ayrat, hayotga, kelajakka ishonch bag&#8217;ishlab kelayotganingiz uchun siz, azizlarga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Hurmatli opa-singillar!<\/p>\n<p>Yurtimizda mehnatkash, olijanob xalqimiz, birinchi navbatda, xotin-qizlarimiz uchun erkin, obod va farovon hayot barpo etish \u2013 davlatimiz va jamiyatimizning eng ustuvor vazifasi etib belgilangan. Jumladan,\u00a0&#8220;O&#8217;zbekiston \u2013 2030&#8221; strategiyasi\u00a0doirasida xotin-qizlarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy faolligini oshirish, onalik va bolalikni himoya qilish, gender tenglikni qaror toptirish, ayollarning huquq va manfaatlarini ta&#8217;minlash bo&#8217;yicha keng ko&#8217;lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Shu maqsadda, avvalo, milliy qonunchiligimiz takomillashtirilib, opa-singillarimiz uchun yanada keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Buning tasdig&#8217;ini birgina misol, ya&#8217;ni, saylov kodeksimizda deputatlikka nomzodlarning kamida 40 foizi yoki har 5 nafaridan 2 nafari ayol kishi bo&#8217;lishi zarurligi\u00a0mustahkamlab qo&#8217;yilganida yaqqol ko&#8217;rish mumkin.<\/p>\n<p>Bugun ushbu muhtasham zalda hurmatli deputat va senator ayollarimizni ko&#8217;rib turganimdan xursandman. Mamlakatimizda qonunchilikni mustahkamlash, qabul qilinayotgan qonunlarimizning adolatli va ta&#8217;sirchan bo&#8217;lishida ularning ham albatta hissasi katta. Buning uchun xalq vakillari bo&#8217;lgan bu ayollarimizga chin qalbdan minnatdorlik bildiramiz.<\/p>\n<p>Hozirgi vaqtda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 2017-yildagi 27 foizdan 35 foizga yetgani ayniqsa e&#8217;tiborlidir. Shu bilan birga, yuzlab oqila ayollar hayotimizning barcha sohalarida jonbozlik bilan faoliyat ko&#8217;rsatayotgani barchamizni quvontiradi.<\/p>\n<p>Bu borada Gender tenglik va oila masalalari bo&#8217;yicha respublika komissiyasi samarali ish olib borayotganini ta&#8217;kidlash lozim.<\/p>\n<p>Xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ular o&#8217;rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish bo&#8217;yicha ham salmoqli natijalarga erishilmoqda.<\/p>\n<p>So&#8217;nggi 5 yil ichida O&#8217;zbekistonda ishbilarmon ayollar safi ikki barobar kengayib, o&#8217;z biznesini yo&#8217;lga qo&#8217;ygan tadbirkor xotin-qizlar soni 205\u00a0mingdan oshdi. Birgina 2023-yilda 279 mingdan ziyod tadbirkorlik loyihalariga 13 trillion so&#8217;mdan ortiq kredit, qariyb 57 ming nafar xotin-qizga salkam 300 milliard so&#8217;m subsidiya ajratildi. Shuningdek, 200 mingga yaqin ayollar kasb-hunar va tadbirkorlikka o&#8217;qitildi. Eng asosiysi \u2013 400 mingdan ortiq opa-singillarimiz ish bilan ta&#8217;minlandi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, xotin-qizlarga ajratilgan 6 trillion so&#8217;mlik ipoteka kreditlari hisobidan 25 mingdan ziyod oilalar o&#8217;z uyiga ega bo&#8217;ldi. Bu borada 6 ming 200 nafar ayolga uy-joy sharoitini yaxshilash va kreditning boshlang&#8217;ich badalini to&#8217;lash uchun 200 milliard so&#8217;m subsidiya ajratilganini qayd etish lozim.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, joylarda xotin-qizlar muammolarini o&#8217;rganish va hal etishga qaratilgan ishlar yangi bosqichga ko&#8217;tarilmoqda. O&#8217;tgan yilning o&#8217;zida &#8220;Ayollar daftari&#8221; bo&#8217;yicha 1 trillion 234 milliard so&#8217;m hisobidan qariyb 994 ming nafar xotin-qizning muammosi hal etilgani bu fikrni tasdiqlaydi.<\/p>\n<p>Bu vazifalarni bajarishda Oila va xotin-qizlar qo&#8217;mitasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollarining ishtiroki kuchayib borayotgani ayniqsa muhimdir. Ular tomonidan &#8220;xonadonbay&#8221; o&#8217;rganishlar natijasida ijtimoiy yordamga muhtoj 690 mingdan ziyod oilaga manzilli yordam ko&#8217;rsatilgani, 116 mingta notinch oilada muhit sog&#8217;lomlashtirilganini bugun alohida e&#8217;tirof etamiz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qadrli do&#8217;stlar!<\/p>\n<p>Mamlakatimizda bo&#8217;lg&#8217;usi onalar, kelajak tarbiyachilari bo&#8217;lmish qizlarimiz kamolotiga, ularning oliy ta&#8217;lim olishi, zamonaviy kasb-hunar va texnologiyalar, xorijiy tillarni egallashiga katta ahamiyat berilmoqda.<\/p>\n<p>Hozirgi kunda oliygohlarda ta&#8217;lim olayotgan 1 million 300 ming nafarga yaqin talabaning yarmidan ko&#8217;pi \u2013 e&#8217;tibor bering, yarmidan ko&#8217;pi, ya&#8217;ni, 653 ming nafardan ziyodini qizlar tashkil etmoqda. Magistraturada o&#8217;qiyotgan yoshlarimiz orasida qizlarning ulushi yanada ko&#8217;p, ya&#8217;ni, salkam 14 ming nafarni tashkil etmoqda. Bu \u2013 jami magistrantlarning qariyb 60 foizi degani.<\/p>\n<p>Joriy o&#8217;quv yilida ehtiyojmand oilalarga mansub 1 ming 914 nafar xotin-qiz oliygohlarga qo&#8217;shimcha davlat granti bo&#8217;yicha o&#8217;qishga qabul qilindi. 181 ming 500 nafardan ortiq qizlarimiz uchun imtiyozli ta&#8217;lim kreditlari ajratildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning vakillari, yetim qolgan yoki ota-ona qaramog&#8217;idan mahrum bo&#8217;lgan 2 mingdan ziyod talaba uchun 14 milliard 500 million so&#8217;m kontrakt puli mahalliy byudjetlar hisobidan qoplab berildi. So&#8217;nggi yillarda davlat oliygohlarining magistratura bo&#8217;limida o&#8217;qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt pullari byudjetdan to&#8217;lanmoqda.<\/p>\n<p>Eng muhimi, qizlarimiz o&#8217;rtasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga qiziqish tobora ortib bormoqda. Masalan, &#8220;Bir million dasturchi&#8221; loyihasi doirasida ta&#8217;lim olgan yoshlarning 47 foizi, ya&#8217;ni qariyb yarmini qizlar tashkil etgan.<\/p>\n<p>Keyingi paytda yurtimizda ilm-fan va ta&#8217;lim, xususan, oliy ta&#8217;lim sohasi isloh etilib, jahon standartlariga moslashtirilayotgani sababli xotin-qizlar bu yo&#8217;nalishda ham katta natijalarga erishmoqdalar. Buning amaliy ifodasini so&#8217;nggi yetti yilda 5 ming 247 nafar ayollarimiz fan doktori (DSc) va o&#8217;z sohalari bo&#8217;yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgani misolida ko&#8217;rish mumkin. Birgina 2023 yilning o&#8217;zida 147 nafar xotin-qiz fan doktori, 1 ming 238 nafari esa falsafa doktori ilmiy darajasiga erishgani barchamizni mamnun etadi.<\/p>\n<p>Hozirgi kunda ilm-fan sohasida jami 5 mingga yaqin olima ayollarimiz faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. Oliygohlarda esa 14 mingdan ziyod opa-singillarimiz pedagogika va ilmiy tadqiqot yo&#8217;nalishida ish olib bormoqda.<\/p>\n<p>Bu raqamlar nimadan dalolat beradi?<\/p>\n<p>Bu avvalo qizlarimiz, opa-singillarimizning intellektual salohiyati naqadar balandligidan, agar tegishli sharoit va imkoniyat yaratib bersak, ular har qanday yuksak marrani zabt etishga qodirligidan dalolat beradi.<\/p>\n<p>Albatta, oila yumushlari, farzand tarbiyasi bilan birga, turli soha va tarmoqlarda fidokorona xizmat qilayotgan opa-singillarimizning mehnatini munosib qadrlash doimo davlatimiz e&#8217;tiborida bo&#8217;lib kelmoqda.<\/p>\n<p>Mustaqillik yillarida 17 nafar hurmatli ayollarimiz &#8220;O&#8217;zbekiston Qahramoni&#8221; degan oliy unvonga sazovor bo&#8217;lgan bo&#8217;lsa, ularning 7 nafari fan, ta&#8217;lim va san&#8217;at sohasi vakillari ekanini alohida ta&#8217;kidlash lozim. 11 nafar ayol fan sohasidagi eng yuksak darajaga, ya&#8217;ni akademik unvoniga sazovor bo&#8217;lgani, minglab xotin-qizlarimiz davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan taqdirlanib kelayotgani el-yurtimizning ularga nisbatan yuksak ehtiromi ifodasidir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Aziz vatandoshlar!<\/p>\n<p>Hammamizga ma&#8217;lumki, bugun dunyoda murakkab va og&#8217;ir vaziyat, iqtisodiy inqiroz hukm surmoqda. Tabiiyki, bu holat mamlakatimizga ham o&#8217;z salbiy ta&#8217;sirini ko&#8217;rsatmoqda.<\/p>\n<p>Bunday sharoitda ijtimoiy sohalar uchun byudjetdan mablag&#8217; ajratish albatta oson bo&#8217;layotgani yo&#8217;q. Lekin, qanchalik qiyin bo&#8217;lmasin, biz qo&#8217;shimcha imkoniyat topib, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, xotin-qizlarimizning o&#8217;z salohiyatini ro&#8217;yobga chiqarishlari uchun sharoit yaratmoqdamiz va bu ishlarimiz albatta davom etadi. Chunki ayollarning, xususan,\u00a0qiz bolaning o&#8217;qib, oliy ma&#8217;lumotli bo&#8217;lishi, kasb-hunar egallashi oila baxti, farzandlar kamoli uchun, shu asosda butun jamiyat ravnaqi uchun xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Hurmatli anjuman ishtirokchilari!<\/p>\n<p>Opa-singillarimiz salomatligi, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xalqimiz genofondini mustahkamlash inson qadrini ulug&#8217;lashning o&#8217;zak masalasidir. Shu maqsadda 2023-yili 6 million 500 ming nafardan ziyod ayollar tibbiy tekshiruvdan o&#8217;tkazilib, ularga zarur maslahat va amaliy yordam ko&#8217;rsatildi.<\/p>\n<p>Bu kabi ezgu ishlarimizning davomi sifatida Yoshlar va biznesni qo&#8217;llab-quvvatlash yili davlat dasturi doirasida xotin-qizlarning sog&#8217;lig&#8217;ini mustahkamlash, ularning bandligini ta&#8217;minlash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish vazifalari alohida belgilab qo&#8217;yildi.<\/p>\n<p>Bu borada, mamlakatimizda ayollar tadbirkorligini yangi bosqichga ko&#8217;tarish, ularning bandligiga ko&#8217;maklashish maqsadida, Senat Raisi T.Norboyeva boshchiligida maxsus komissiya tashkil etiladi. Ushbu komissiya kelgusi yil 8-martga qadar har bir hududda &#8220;favqulodda holat&#8221; rejimida ishlab, xotin-qizlarni kasb-hunarga o&#8217;qitish, bandligini ta&#8217;minlash va tadbirkorlikka jalb etish bo&#8217;yicha ishlarni mutlaqo yangicha yondashuvlar va tizim asosida tashkil qiladi.<\/p>\n<p>Mazkur komissiyada &#8220;Xalq banki&#8221; raisining o&#8217;rinbosari G.Rashidova xotin-qizlarning biznes g&#8217;oyalarini moliyaviy qo&#8217;llab-quvvatlash uchun mas&#8217;ul bo&#8217;ladi. Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi, &#8220;Biznesni rivojlantirish banki&#8221; va &#8220;Mikrokreditbank&#8221;da ham ayollar tadbirkorligiga ko&#8217;maklashish bo&#8217;yicha alohida rais o&#8217;rinbosarlari ish boshlaydi. Ana shu rahbarlar har bir viloyat, har bir tuman, har bir mahallada yangi biznes g&#8217;oyalariga ega xotin-qizlarni aniqlash, ularning tashabbuslarini ro&#8217;yobga chiqarish, loyihalarini sifatli ishlab chiqish va amalga oshirishga har tomonlama ko&#8217;mak beradilar.<\/p>\n<p>Viloyat, tuman, shahar hokimlari, hokimlarning xotin-qizlar masalalari bo&#8217;yicha o&#8217;rinbosarlari hamda faol ayollar komissiya bilan birgalikda joriy yilda 9 ming 442\u00a0ta mahalladagi 580 ming nafarga yaqin ishsiz ayollarning bandligini ta&#8217;minlash uchun mas&#8217;ul etib belgilanadi.<\/p>\n<p>Bu borada mahallalarda oilaviy tadbirkorlik uchun kreditlarning kamida 40\u00a0foizi ayollar taklif etgan loyihalarga yo&#8217;naltiriladi. Shu maqsadda har bir hududda xotin-qizlar uchun hunarmandchilik, tadbirkorlik\u00a0markazlari va klasterlari tashkil etiladi. Ushbu maskanlarda 205 ming nafar opa-singillarimiz mehnat bozorida talab yuqori bo&#8217;lgan kasblarga tayyorlanadi hamda tadbirkorlik asoslariga o&#8217;rgatiladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, &#8220;Yoshlar daftari&#8221;ga kiritilgan 8\u00a0ming\u00a0nafar xotin-qizga o&#8217;z biznesini boshlashi va mehnat qurollarini xarid qilishi uchun subsidiya, 10 ming\u00a0nafariga esa imtiyozli kreditlar ajratiladi. 50\u00a0ming nafar yosh ayollar uchun malakali mutaxassislar ishtirokida &#8220;Biznes marafon&#8221; loyihasi tashkil etiladi. Ushbu loyiha doirasida yuzlab qobiliyatli qizlarimizga o&#8217;z biznesini yo&#8217;lga qo&#8217;yish bo&#8217;yicha amaliy yordam beriladi.<\/p>\n<p>Umuman, bir oy muddatda xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish bo&#8217;yicha alohida dastur qabul qilinib, loyihalarni amalga oshirish uchun 15\u00a0trillion so&#8217;m, jumladan, oilaviy tadbirkorlik loyihalariga 6 trillion so&#8217;m ajratiladi. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni, Qatar, Yaponiya, Janubiy Koreya va Germaniyadagi elchilarimiz ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun 100\u00a0million dollarlik grantlarni jalb qiladi.<\/p>\n<p>Sog&#8217;liqni saqlash sohasida ham bir qator muhim tadbirlar amalga oshiriladi. Jumladan, murakkab jarrohlik operatsiyasi o&#8217;tkazishga muhtoj 2 ming nafar xotin-qiz davlat byudjeti va xalqaro moliya institutlari mablag&#8217;lari hisobidan davolanadi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, 1 million nafar homilador ayol hamda 1 million 500 ming nafar emizikli ona yod preparati, qariyb 6 million nafar reproduktiv yoshdagi ayollar temir va foliy kislotasi bilan bepul ta&#8217;minlanadi.<\/p>\n<p>Og&#8217;ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan 4 ming nafar xotin-qizlarga uy-joy ajratiladi. Shu toifadagi 3 ming nafar ayol uchun murakkab tibbiy operatsiyalar bepul o&#8217;tkaziladi.<\/p>\n<p>Yurtimizda &#8220;Qizlar akademiyasi&#8221; platformasi yaratilib, 100\u00a0ming nafar opa-singillarimizga moliyaviy, huquqiy, psixologik, reproduktiv bilim berish yo&#8217;lga qo&#8217;yiladi.<\/p>\n<p>Bunday amaliy ishlarimiz ro&#8217;yxatini yana davom ettirish mumkin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qadrli anjuman ishtirokchilari!<\/p>\n<p>Yaqinda O&#8217;zbekiston mahallalari uyushmasi va uning hududiy tuzilmalari tashkil etilganidan xabaringiz bor. Bu esa aholining, birinchi navbatda, xotin-qizlarimiz muammolarini hal etish bo&#8217;yicha yangi imkoniyatlar ochib bermoqda.<\/p>\n<p>Ayniqsa, &#8220;Mahalla yettiligi&#8221; tarkibidagi xotin-qizlar faollaridan biz katta natijalarni kutib qolamiz. Opa-singillarimizning og&#8217;irini yengil qilish, muammolariga yechim topish, kerak bo&#8217;lsa, oilaviy masalalarda ayollarimizning yaqin sirdoshiga aylanish ular uchun birinchi darajali vazifa bo&#8217;lishi lozim.<\/p>\n<p>Dunyoda o&#8217;xshashi bo&#8217;lmagan bunday tizimni joriy etishdan maqsad ham xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini quyi bo&#8217;g&#8217;indan boshlab samarali himoya qilish ekanini siz, azizlar albatta yaxshi tushunasiz. Bu, o&#8217;z navbatida, O&#8217;zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish yo&#8217;lida tashlangan yangi bir amaliy qadam, desak, to&#8217;g&#8217;ri bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p>Aziz yurtdoshlar!<\/p>\n<p>Vatanni sevish, unga sadoqat bilan xizmat qilish, el-yurt uchun munosib farzandlar tarbiyalash \u2013 bu dunyodagi eng ulug&#8217; va sharafli ishdir. Mehribon va oqila, jonkuyar ayollarimiz bu borada hamisha fidoyilik ko&#8217;rsatib kelmoqdalar.<\/p>\n<p>Ma&#8217;lumki, har yili aholimiz soni qariyb 900 ming nafarga ko&#8217;paymoqda. Joriy o&#8217;quv yilida 733 ming nafar farzandlarimiz birinchi sinfga qadam qo&#8217;ydi. Ertaga hayotimizga qudratli to&#8217;lqin bo&#8217;lib kirib keladigan ana shunday navqiron avlodimiz timsolida biz Yangi O&#8217;zbekiston bunyodkorlarini ko&#8217;ramiz.<\/p>\n<p>Shu bois, o&#8217;g&#8217;il-qizlarimizni jismoniy va ma&#8217;naviy barkamol etib tarbiyalash, ularni milliy g&#8217;urur, Vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida voyaga yetkazish barchamizning asosiy burchimizga aylanishi zarur.<\/p>\n<p>Bugungi tahlikali zamonda jahon miqyosida kuchayib borayotgan radikalizm, ekstremizm, terrorizm, odam savdosi, giyohvandlik, hayotga yengil-yelpi, iste&#8217;molchilik kayfiyati bilan qarash kabi xatarlardan yoshlarimizni himoya qilish o&#8217;ta dolzarb masalaga aylanmoqda.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi barcha ayollarga murojaat qilmoqchiman.<\/p>\n<p>Aziz opa-singillar, oilada farzand tarbiyasiga e&#8217;tiborni kuchaytiraylik, bog&#8217;cha, maktab va oliygohlarga kirib boraylik.<\/p>\n<p>O&#8217;qituvchi va murabbiylar bilan ko&#8217;proq muloqot qilib, farzand va nabiralarimizning o&#8217;qishi, davomati masalasi, axloq-odobi bilan qiziqaylik.<\/p>\n<p>Bolalarimizni bilimli va aqlli, oqni qoradan ajrata oladigan, el-yurtimizga sodiq, hayoli va iboli, mustahkam irodali insonlar etib tarbiyalash uchun barchamiz birgalikda harakat qilaylik.<\/p>\n<p>Biz ma&#8217;naviy tarbiya ishlarini endi mutlaqo yangicha usulda olib borishimiz kerak.\u00a0&#8220;Ezgulik \u2013 shiorimiz, ma&#8217;rifat \u2013 qurolimiz&#8221;\u00a0degan g&#8217;oya asosida bu jarayonni avvalo oiladan, mahalladan boshlashimiz lozim.<\/p>\n<p>Zotan, hadisi sharifda aytilganidek,\u00a0&#8220;Ota-ona o&#8217;z farzandiga yaxshi tarbiyadan boshqa meros qoldirolmaydi&#8221;.<\/p>\n<p>Muhtarama opa-singillarimiz, duogo&#8217;y onaxonlarimizning mas&#8217;uliyati \u2013 aynan ana shu masalalarda yaqqol namoyon bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p>Chindan ham, jondan aziz bolalarimiz hamma havas qiladigan ta&#8217;lim va tarbiya olsa, bilasizlarmi, jamiyatimiz, hayotimiz qanday o&#8217;zgaradi?<\/p>\n<p>Hal qiluvchi ahamiyatga ega bu vazifani ado etishda biz avvalo siz, azizlarga ishonamiz va tayanamiz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qadrli do&#8217;stlar!<\/p>\n<p>Mamlakatimizda xotin-qizlarni qo&#8217;llab-quvvatlash bo&#8217;yicha to&#8217;plangan milliy tajriba xalqaro miqyosda keng e&#8217;tirof etilmoqda. Jahon bankining kuni kecha e&#8217;lon qilingan indeksida O&#8217;zbekiston gender tenglik sohasida dunyodagi<strong>\u00a0<\/strong>eng tez rivojlanayotgan 5 ta mamlakat qatorida\u00a0qayd etildi.<\/p>\n<p>&#8220;Ayollar, biznes va qonun&#8221; deb nomlangan ushbu yillik hisobotda dunyoning 190 ta davlatidagi holat 10 ta ko&#8217;rsatkich bo&#8217;yicha baholab boriladi. Yangi indeksda mamlakatimizda mehnat munosabatlari va oiladagi zo&#8217;ravonlikka qarshi kurash sohasida amalga oshirilgan islohotlar muvaffaqiyatli deb topilgan. O&#8217;zbekiston bu borada yaxshi natijaga erishgani e&#8217;tirof etilgan.<\/p>\n<p>O&#8217;tgan yili Toshkent va Samarqand shaharlarida o&#8217;tkazilgan nufuzli xalqaro xotin-qizlar forumlarida ham mustaqil tahlilchi va ekspertlar tomonidan ayni shu jihatlarga alohida e&#8217;tibor qaratilgani bejiz emas.<\/p>\n<p>Bularning barchasi albatta biz birgalikda qo&#8217;lga kiritgan katta yutuq bo&#8217;lib, bu ishlarimizni yangi bosqichga ko&#8217;tarishimiz lozim.<\/p>\n<p>Joriy yilda mamlakatimiz yana bir yirik anjuman \u2013\u00a0Osiyo xotin-qizlar forumiga\u00a0mezbonlik qiladi. Mazkur anjuman &#8220;Birlashgan Millatlar Tashkiloti \u2013 Xotin-qizlar&#8221; tuzilmasi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.<\/p>\n<p>Bu forum gender siyosati, xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvi, iqtisodiyotdagi ishtirokini yanada kengaytirish bo&#8217;yicha samarali muloqot maydoni bo&#8217;ladi, deb ishonamiz.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, bugungi tantanamizda ishtirok etayotgan xorijiy davlatlarning hurmatli elchilari va xalqaro tashkilotlar vakilalarini ham samimiy qutlaymiz. Ularning mamlakatlari va xalqlariga chin dildan tinchlik, ravnaq va farovonlik tilaymiz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Hurmatli do&#8217;stlar!<\/p>\n<p>Xabaringiz bor, har yili 8-mart ayyomida turli sohalardagi dastlabki yutuqlari uchun buyuk o&#8217;zbek shoirasi \u2013 Zulfiyaxonim nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo&#8217;lgan iste&#8217;dodli qizlarimizni muborakbod etamiz.<\/p>\n<p>Bugungi bayram tadbirimiz ana shu qizlarimiz, ularning ota-onalari, ustozlari uchun, o&#8217;ylaymanki, unutilmas tarixiy voqea bo&#8217;lib qoladi.<\/p>\n<p>Siz, aziz farzandlarimni yuksak mukofot bilan o&#8217;z nomimdan, xalqimiz nomidan samimiy tabriklayman. Bunday ulkan e&#8217;tirofni kelajakda katta-katta yutuqlar bilan albatta oqlaysizlar, deb ishonaman.<\/p>\n<p>Ayni vaqtda bugungi bayram arafasida mehnat va jamoatchilik faoliyatida muhim natijalarga erishgan, yosh avlod tarbiyasiga munosib hissa qo&#8217;shib kelayotgan hurmatli ayollarimizdan katta bir guruhi davlatimizning yuksak orden va medallari bilan taqdirlandilar.<\/p>\n<p>Barchamiz ularni chin qalbdan qutlab, kelgusi ishlariga yangi muvaffaqiyat va omadlar tilaymiz.<\/p>\n<p>Muhtarama opa-singillar!<\/p>\n<p>Siz, azizlarni bugungi bahor va nafosat bayrami bilan yana bir bor tabriklayman.<\/p>\n<p>Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-omonlik, fayzu baraka tilayman.<\/p>\n<p>Har biringizga hamisha oilangiz, farzandu nabiralaringiz, el-yurtimiz ardog&#8217;ida bo&#8217;lish nasib etsin!<\/p>\n<p>Katta rahmat sizlarga!<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4462","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4462","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4462"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4462\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4463,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4462\/revisions\/4463"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4462"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4462"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4462"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}