{"id":445,"date":"2018-03-09T18:01:38","date_gmt":"2018-03-09T16:01:38","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=445"},"modified":"2018-03-09T18:01:38","modified_gmt":"2018-03-09T16:01:38","slug":"%d1%82%d0%b0%d1%88%d0%ba%d0%b5%d0%bd%d1%82%d1%81%d0%ba%d0%b0%d1%8f-%d0%bc%d0%b5%d0%b6%d0%b4%d1%83%d0%bd%d0%b0%d1%80%d0%be%d0%b4%d0%bd%d0%b0%d1%8f-%d0%ba%d0%be%d0%bd%d1%84%d0%b5%d1%80%d0%b5%d0%bd%d1%86","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2018\/03\/09\/%d1%82%d0%b0%d1%88%d0%ba%d0%b5%d0%bd%d1%82%d1%81%d0%ba%d0%b0%d1%8f-%d0%bc%d0%b5%d0%b6%d0%b4%d1%83%d0%bd%d0%b0%d1%80%d0%be%d0%b4%d0%bd%d0%b0%d1%8f-%d0%ba%d0%be%d0%bd%d1%84%d0%b5%d1%80%d0%b5%d0%bd%d1%86\/","title":{"rendered":"\u00abTinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik\u00bb mavzuida Afg\u2018oniston bo\u2018yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi"},"content":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari sifatidagi faoliyatining ilk kunlaridan Markaziy Osiyo davlatlari bilan amaliy, o\u2018zaro manfaatli va yaxshi qo\u2018shnilik munosabatlarini shakllantirish, mintaqada xavfsizlikni ta\u2019minlashni tashqi siyosatning ustuvor yo\u2018nalishi sifatida belgiladi.\u00a0<!--more--><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston rahbari\u00a0mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta\u2019minlashga doir strategik qarashlarini2017-yilning sentabr oyida Nyu-York shahrida bo\u2018lib o\u2018tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida batafsil bayon qildi. So\u2018ng o\u2018tgan yilning noyabr oyida Samarqand shahrida bo\u2018lib o\u2018tgan &#8220;Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo\u2018lidagi hamkorlik&#8221; mavzusidagi konferensiyada\u00a0davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo, jumladan, Afg\u2018onistonda mustahkam tinchlik va barqarorlikni ta\u2019minlash bo\u2018yicha mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi qo\u2018shma sa\u2019y-harakatlarning keng qamrovli dasturini taklif etdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqlaridagi dasturiy nizomlar, uning Markaziy Osiyo va Afg\u2018onistondagi joriy vaziyat, rivojlanish istiqbollariga bergan bahosi xalqaro hamjamiyatda katta qiziqish uyg\u2018otdi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari ta\u2019kidlaganidek,\u00a0\u00abEvroosiyoning \u201cyuragi\u201dda joylashgan Markaziy Osiyo? Yevropa va Yaqin Sharq, Janubiy va Sharqiy Osiyoni bog\u2018lovchi ko\u2018prikdir\u00bb.\u00a0Mintaqamiz tabiiy resurslarga boy, bu yerda ko\u2018plab mamlakatlar va butun mintaqalar rivojiga sezilarli darajada ta\u2019sir ko\u2018rsatgan noyob madaniyat va taraqqiyot salohiyati mavjud.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyevning fikricha,\u00a0Markaziy Osiyoda jahonning qudratli davlatlarining manfaatlari kesishmoqda, beqarorlik va qarama-qarshilik o\u2018choqlariga tutash bo\u2018lgan ushbu mintaqa yaqin va uzoq xorijda ro\u2018y berayotgan barcha salbiy jarayonlar ta\u2019sirini his etmoqda.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan O\u2018zbekiston Prezidenti adolatli savollarni o\u2018rtaga tashladi:\u00a0mintaqada vaziyat qanday rivojlanadi? Bu yerda qanday ssenariy ustun keladi \u2013 nizo va qarama-qarshiliklarmi yoki hamkorlik va taraqqiyotmi?<\/p>\n<p>Bu savolga javob ravshan \u2013\u00a0eng avvalo, barchasi Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaning umumiy kelajagi uchun javobgarlikni o\u2018z zimmasiga olishga nechog\u2018li tayyorligiga bog\u2018liq.<\/p>\n<p>Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari bilan chegaradosh bo\u2018lgan O\u2018zbekiston mintaqa barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo\u2018shnilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdor.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari bir necha bor ta\u2019kidlaganidek:\u00a0\u00abbizning bosh maqsadimiz \u2013 umumiy sa\u2019y-harakatlarimiz bilan Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishdan iborat\u00bb.<\/p>\n<p>Ayni paytda eng dolzarb va o\u2018tkir muammolardan biri \u2013 qo\u2018shni\u00a0Afg\u2018onistondagi nizoni hal qilmasdan turib oldimizda turgan maqsadlarga erishishning iloji yo\u2018q, chunki u tarixiy va geosiyosiy jihatdan mintaqamizning ajralmas bo\u2018lagi hisoblanadi.<\/p>\n<p>Afg\u2018onistonda tinchlik o\u2018rnatish \u2013 Markaziy Osiyoning barqarorligi va taraqqiyoti kafolatidir. Samarqanddagi xalqaro anjumanda so\u2018zga chiqar ekan, O\u2018zbekiston Prezidenti\u00a0xavfsizlikka tahdidlarni \u201co\u2018ziniki va o\u2018zgalarniki\u201d deb ajratishdan voz kechish, \u201cyalpi xavfsizlik\u201d tamoyiliga amalda rioya qilish zarurligiga to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri da\u2019vat\u00a0qildi.<\/p>\n<p>Tinch Afg\u2018oniston Markaziy Osiyo davlatlarining Hind okeani va Fors ko\u2018rfazi portlariga eng qisqa yo\u2018lini ta\u2019minlashi, Hindiston, Eron va Pokistonni Yevropa va Yaqin Sharq bozorlari bilan bog\u2018lashi mumkin.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan Afg\u2018onistonda tinchlik va xavfsizlik o\u2018rnatishning asosiy masalalari bo\u2018yicha keng va qat\u2019iy xalqaro konsensusni tasdiqlash, mamlakatda milliy yarashuv bo\u2018yicha\u00a0afg\u2018onistonliklar rahbarligida va ularning sa\u2019y-harakatlari bilan\u00a0amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni qo\u2018llab-quvvatlash masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston doimo Afg\u2018onistondagi vaziyatni siyosiy jihatdan tartibga solishning qat\u2019iy tarafdori hisoblangan va shunday bo\u2018lib qoladi.\u00a0Mamlakatimiz qo\u2018shni davlatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga ulkan hissa qo\u2018shib kelmoqda.<\/p>\n<p>Shu jihatdan\u00a0Shavkat Mirziyoyev tomonidan Afg\u2018oniston bilan hamkorlikda joriy yilning 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida \u00abTinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik\u00bb mavzuida Afg\u2018oniston bo\u2018yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasini o\u2018tkazish tashabbusining ilgari surilishi O\u2018zbekiston rahbariyatining mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta\u2019minlash bo\u2018yicha umumiy strategiyasining ajralmas bo\u2018lagi hisoblanadi.<\/p>\n<p>Mamlakatimiz afg\u2018on muammosiga bag\u2018ishlangan deyarli barcha xalqaro forumlarda faol ishtirok etmoqda.\u00a0\u00abKobul jarayoni\u00bb, \u00abMoskva formati\u00bb, \u00abOsiyo yuragi \u2013 Istanbul jarayoni\u00bb forumi, Afg\u2018oniston bo\u2018yicha xalqaro aloqa guruhi, \u00abShHT \u2013 Afg\u2018oniston\u00bb aloqa guruhi, Afg\u2018oniston bo\u2018yicha mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik konferensiyasi shular jumlasidandir.<\/p>\n<p>19-yanvar kuni Nyu-York shahrida bo\u2018lib o\u2018tgan BMT Xavfsizlik kengashi yig\u2018ilishi davomida O\u2018zbekiston va Afg\u2018oniston tomonidan Toshkent forumining qo\u2018shma taqdimoti tashkil etildi.<\/p>\n<p>Toshkentdagi konferensiya 28 fevral kuni Afg\u2018oniston poytaxtida o\u2018tgan \u00abKobul jarayoni\u00bbning ikkinchi yig\u2018ilishidan so\u2018ng bo\u2018ladi va\u00a0xalqaro hamjamiyat tomonidan ushbu mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta\u2019minlash bo\u2018yicha amalga oshirilayotgan sa\u2019y-harakatlarning mantiqiy davomi bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Konferensiyaning ochilish marosimida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg\u2018oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G\u2018ani so\u2018zga chiqadilar.<\/p>\n<p>Toshkent uchrashuvida ishtirok etish uchun BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va tashkilotning Afg\u2018onistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamoto, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo\u2018yicha Oliy vakili Federika Mogerini, shuningdek, Xitoy, Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi siyosiy mahkamalari rahbarlari taklif etilgan.<\/p>\n<p>Forum ishtirokchilari mintaqaviy va global darajada tez orada\u00a0Afg\u2018oniston hukumati bilan \u00abTolibon\u00bb harakati o\u2018rtasida hech qanday dastlabki shartlarni ilgari surmasdan to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri muzokaralar o\u2018tkazish zaruriyati xususida umumiy nuqtai nazar bayon etilishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>Konferensiya yakuni bo\u2018yicha\u00a0Toshkent deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan\u00a0bo\u2018lib, unda quyidagi muhim jihatlar o\u2018z aksini topishi ko\u2018zda tutilmoqda:<\/p>\n<p>birinchidan,\u00a0tinchlik jarayoni afg\u2018onistonliklarning bevosita rahbarligi va ularning sa\u2019y-harakatlari bilan BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashi rezolutsiyalari va qarorlari nizomlariga muvofiq amalga oshishi kerak;<\/p>\n<p>ikkinchidan,\u00a0qurolli muxolifat Afg\u2018onistonning siyosiy hayotiga kafolatli integratsiya qilinishi va qonuniy siyosiy kuch sifatida e\u2019tirof etilishi tinchlik jarayonining muhim omili hisoblanadi;<\/p>\n<p>uchinchidan,\u00a0xalqaro hamjamiyat terrorizmning har qanday shakl va ko\u2018rinishiga qarshi bo\u2018lib, transmilliy terrorizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilik tahdidlari nafaqat Afg\u2018oniston, balki umuman butun mintaqa va jahonning barqarorligi va izchil taraqqiyotiga umumiy xavf sanalishini e\u2019tirof etadi.<\/p>\n<p>Toshkent konferensiyasi arafasida, shuningdek, hamkorlikning yangi shaklidagi\u00a0\u00abMarkaziy Osiyo + Afg\u2018oniston\u00bb (C5+1)\u00a0birinchi yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tadi. Ushbu format Afg\u2018onistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy va infratuzilma aloqalari tizimiga muvaffaqiyatli integratsiyasi, umummintaqaviy miqyosdagi aniq loyiha va dasturlarning samarali amalga oshirilishiga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Toshkent konferensiyasi xaqidagi tashabbusni ilgari surar ekan, O\u2018zbekiston uni bir martalik tadbir sifatida o\u2018tkazish bilan cheklanib qolmay,\u00a0undan keyin ham ikki va ko\u2018p tomonlama munosabatlar doirasida Afg\u2018onistonda tinchlik o\u2018rnatish borasidagi siyosiy jarayonga ko\u2018maklashishga o\u2018z hissasini qo\u2018shishda davom etadi.<\/p>\n<p>Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosiy strategiyasini amalga oshirish asnosida O\u2018zbekiston afg\u2018on muammosini tinch yo\u2018l bilan yechish bo\u2018yicha siyosiy jarayonning faol ishtirokchisiga aylanmoqda.\u00a0Bu jarayonda asosiy rol va javobgarlik o\u2018z mamlakati kelajagini belgilashi va qurishi kerak bo\u2018lgan afg\u2018onistonliklarning zimmasida ekanini yana bir bor ta\u2019kidlash joiz.<\/p>\n<p>Toshkent konferensiyasi oldida turgan yuksak maqsadlar, shuningdek, uning ishida BMT Xavfsizlik Kengashining barcha doimiy a\u2019zolari, ShHTga a\u2019zo davlatlar va Afg\u2018onistonga qo\u2018shni mamlakatlar, jumladan, Markaziy Osiyoning beshta mamlakati ishtirok etishi butun dunyoda forum ishiga katta qiziqish uyg\u2018otmoqda. Tadbirni yoritishda qatnashish uchun jahon ommaviy axborot vositalari vakillarining katta guruhi tashrif buyurishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston poytaxtidagi xalqaro uchrashuv yakunlari Afg\u2018onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, uning izchil rivojlanishi uchun sharoit yaratish yo\u2018lidagi muhim bosqich bo\u2018lib, afg\u2018on xalqining farovonligini oshirish va uni mintaqa va umuman butun dunyodagi bunyodkorlik jarayoniga jalb etishga xizmat qilishiga umid qilamiz. Toshkent forumining muvaffaqiyati mintaqa davlatlarining tinchlik va taraqqiyot uchun keng imkoniyatlar eshigini ochgan holda, birgalikdagi sa\u2019y-harakatlar bilan umumiy muammolarni hal etishga qodirligini namoyon qilishi darkor.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi<\/p>\n<p>Tashqi ishlar vazirligi<\/p>\n<p>Matbuot xizmati<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":361,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[],"tags":[],"class_list":["post-445","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/445","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=445"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/445\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":446,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/445\/revisions\/446"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/361"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=445"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=445"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=445"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}