{"id":4444,"date":"2024-02-06T10:19:58","date_gmt":"2024-02-06T08:19:58","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4444"},"modified":"2024-02-06T10:19:58","modified_gmt":"2024-02-06T08:19:58","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%be%d0%b7%d0%bd%d0%b0%d0%ba%d0%be%d0%bc%d0%b8%d0%bb%d1%81%d1%8f-%d1%81-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2024\/02\/06\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%be%d0%b7%d0%bd%d0%b0%d0%ba%d0%be%d0%bc%d0%b8%d0%bb%d1%81%d1%8f-%d1%81-2\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston Prezidenti metallurgiya korxonalarini rivojlantirish chora-tadbirlari bo&#8217;yicha taqdimot bilan tanishdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun metallurgiya korxonalarini rivojlantirish chora-tadbirlari bo&#8217;yicha taqdimot bilan tanishdi, deb\u00a0xabar\u00a0bermoqda &#8220;Dunyo&#8221; AA muxbiri.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1706798944024_4jpg.webp\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz\u00a0rahbari\u00a0matbuot\u00a0xizmati\u00a0ma&#8217;lumotiga ko&#8217;ra, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, O&#8217;zbekiston metallurgiya kombinati hamda &#8220;Navoiyuran&#8221; davlat korxonasi mamlakatimiz iqtisodiyotida katta o&#8217;rin tutadi.\u00a0So&#8217;nggi yillarda bu to&#8217;rtta korxonaga 7 milliard 400 million dollar investitsiya kiritildi. Buning natijasida oltin ishlab chiqarish hajmi 23 foiz, mis 41 foiz, kumush 60 foizga oshdi. Navoiy kombinatida yangi konlar o&#8217;zlashtirilib, 3 ta zavod ishga tushirildi. O&#8217;zmetkombinat va Navoiyuranda ham ishlab chiqarish ko&#8217;paydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Umuman, o&#8217;tgan 6 yilda ushbu korxonalarning jami sanoatdagi ulushi 10 foizdan 17 foizga, byudjet tushumlarida esa 11 foizdan 25 foizga oshgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ma&#8217;lumki, 2030-yilgacha mamlakatimiz iqtisodiyoti hajmini 2 barobar oshirish maqsad qilingan. Shu bilan birga, jahonda kuchayib borayotgan raqobat yangi vazifalar qo&#8217;ymoqda. Bu sharoitda mazkur to&#8217;rtta yirik kompaniya samaradorligini oshirish dolzarb ahamiyatga ega.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Taqdimotda mutasaddilar ishlab chiqarishni yanada ko&#8217;paytirish va investitsiyalar jalb etish bo&#8217;yicha rejalarini bayon qildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari xorijiy ekspertlarni jalb etib, kombinatlarni raqamli transformatsiya qilish, bunda &#8220;yashil&#8221; texnologiyalarga alohida e&#8217;tibor qaratish zarurligini ta&#8217;kidladi. Investitsiyalarni o&#8217;zlashtirish va yangi loyihalarni jadallashtirish bo&#8217;yicha aniq ko&#8217;rsatmalar berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ishlab chiqarishda operatsion xarajatlar va energiya sarfini maqbullashtirib, tannarxni qisqartirish vazifalari qo&#8217;yildi. Shuningdek, kombinatlarda mehnat unumdorligini oshirish, rahbar va mutaxassislar faoliyatiga samaradorlik ko&#8217;rsatkichlarini (KPI) joriy qilish muhimligi qayd etildi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4444","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4444","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4444"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4444\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4445,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4444\/revisions\/4445"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4444"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4444"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4444"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}