{"id":4399,"date":"2024-01-08T10:39:43","date_gmt":"2024-01-08T08:39:43","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4399"},"modified":"2024-01-08T10:39:43","modified_gmt":"2024-01-08T08:39:43","slug":"%d0%bf%d0%be-%d0%b8%d1%82%d0%be%d0%b3%d0%b0%d0%bc-2023-%d0%b3%d0%be%d0%b4%d0%b0-%d0%b2-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b5-%d0%be%d1%81%d0%b2%d0%be%d0%b5%d0%bd%d0%be","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2024\/01\/08\/%d0%bf%d0%be-%d0%b8%d1%82%d0%be%d0%b3%d0%b0%d0%bc-2023-%d0%b3%d0%be%d0%b4%d0%b0-%d0%b2-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b5-%d0%be%d1%81%d0%b2%d0%be%d0%b5%d0%bd%d0%be\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekistonda 2023-yilda jami 22 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o&#8217;zlashtirilgani, bu avvalgi yilga nisbatan 1,8 barobar ko&#8217;pligi ta\u2019kidlandi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha investitsiya siyosatini amalga oshirish hamda energetika tizimida qayta tiklanuvchi energiya quvvatlari ulushini ko&#8217;paytirish bo&#8217;yicha 2023-yilda qilingan ishlar va 2024-yilga mo&#8217;ljallangan rejalar taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar bermoqda \u00abDunyo\u00bb AA muxbiri.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1704249491492_IMG20240103072741780jpg.webp\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u2019lumotiga ko&#8217;ra, o&#8217;tgan yil yakuni bilan jami 22 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o&#8217;zlashtirilgani, bu avvalgi yilga nisbatan 1,8 barobar ko&#8217;pligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinar ekan, joriy yilda xorijiy investitsiyalar hajmini yanada ko&#8217;paytirish zarurligi qayd etildi. Bunda asosiy e\u2019tiborni elektrotexnika, mashinasozlik, qurilish materiallari, farmatsevtika, to&#8217;qimachilik va charm tarmoqlariga qaratish topshirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yirik investorlar bilan manzilli ishlash, investitsiyalarni jalb qilishda iqtisodiy diplomatiyani va chet eldagi diplomatik vakolatxonalar ishtirokini kuchaytirish muhimligi alohida qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yangi investitsiya loyihalarni amalga oshirishda hududlardagi maxsus zonalardan hamda sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlaridan keng foydalanish orqali qo&#8217;shilgan qiymat zanjirini yaratish zarurligi ko&#8217;rsatib o&#8217;tildi. Tarmoq va hududlar rahbarlari investitsiya masalalarini hal etishda sanoat tarmoqlari bilan yaqindan ishlashi, asosiy e\u2019tiborni hududlarda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, yangi ish o&#8217;rinlarni ko&#8217;paytirishga qaratishi shartligi qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xalqaro moliya institutlari mablag&#8217;laridan samarali foydalanish va ularni o&#8217;z vaqtida o&#8217;zlashtirish, ushbu mablag&#8217;larni ustuvor ravishda ijtimoiy, infratuzilma hamda suv xo&#8217;jaligi loyihalariga yo&#8217;naltirish zarurligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, joriy yilda grant mablag&#8217;larini jalb qilishni faollashtirib, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, sog&#8217;liqni saqlash, oliy ta\u2019lim, fan va innovatsiya sohalarida xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish vazifalari belgilab berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig&#8217;ilishda &#8220;yashil&#8221; energetikani rivojlantirish masalalari ham ko&#8217;rib chiqildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda yurtimizda quyosh, shamol va gibrid turdagi elektr stansiyalarni davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etish bo&#8217;yicha umumiy quvvati 6,3 gigavatt bo&#8217;lgan 28 ta loyiha doirasida ish olib borilmoqda. Shundan 2023-yilda xorijiy investorlar bilan birgalikda umumiy quvvati 2,6 gigavattlik 7 ta loyiha doirasida dastlabki quvvatlar ishga tushirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xususan, o&#8217;tgan yil 27 dekabr kuni davlatimiz rahbari ishtirokida o&#8217;tgan marosimda Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida beshta quyosh fotoelektr stansiyasi, Navoiy viloyatida shamol elektr stansiyasi quvvatlari tarmoqqa ulandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, ayni paytda Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Fransiya va Shveysariya kabi mamlakatlarning kompaniyalari bilan hamkorlikda &#8220;yashil&#8221; stansiyalar va energiya saqlash tizimlarini barpo etish bo&#8217;yicha 12 loyiha ustida ish olib borilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi yig&#8217;ilishda o&#8217;tgan yilda boshlangan loyihalarni 2024-yilda to&#8217;liq yakuniga yetkazish vazifalari, kelgusi yillarda &#8220;yashil&#8221; energiya ishlab chiqarish bo&#8217;yicha yangi quvvatlarni yaratish rejalari muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2024-yilda quyosh elektr stansiyalarining umumiy quvvatini 2,6 gigavattga, shamol elektr stansiyalari quvvatini 900 megavattga yetkazish va 400 megavattlik energiya saqlash qurilmalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari elektr energetika tizimining barqaror ishlashini ta\u2019minlash maqsadida o&#8217;zgaruvchan ishlab chiqarish quvvatlari qo&#8217;shilishini inobatga olgan holda tarmoqlarni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasini qo&#8217;ydi. Bunda mavjud tarmoqlarni modernizatsiya qilish, yangi podstansiyalar, uzatish tarmoqlarini qurish, zamonaviy avtomatlashtirilgan himoya tizimlarini, raqamlashtirilgan boshqaruv tizimlarini (SCADA\/EMS) joriy etish, zaxira quvvatlari va energiya saqlovchi tizimlarning tarmoqdagi ulushini ko&#8217;paytirish chora-tadbirlarini belgilash zarurligi ko&#8217;rsatib o&#8217;tildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig&#8217;ilishda energetika tizimiga to&#8217;g&#8217;ridan to&#8217;g&#8217;ri xorijiy investitsiyalarni ko&#8217;paytirish masalasiga to&#8217;xtalib o&#8217;tildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Energetika tarmog&#8217;iga investitsiya kiritayotgan asosiy xorijiy hamkorlar bilan manzilli ishlash va investitsiyaviy sheriklikni yanada kengaytirish maqsadida Energetika vazirligining bu boradagi faoliyatini takomillashtirish topshirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xalqaro tajriba asosida qishloq xo&#8217;jaligi yerlarida mahsulot yetishtiruvchilar tomonidan o&#8217;z ehtiyojlari uchun quyosh panellarini o&#8217;rnatish va elektr energiyasini ishlab chiqarish \u2013 agrovoltaika amaliyotini joriy etish imkoniyatini o&#8217;rganish va ushbu yo&#8217;nalishni qo&#8217;llab-quvvatlash bo&#8217;yicha aniq takliflar kiritishga ko&#8217;rsatma berildi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4399","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4399","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4399"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4399\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4400,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4399\/revisions\/4400"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4399"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4399"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4399"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}