{"id":438,"date":"2018-03-02T13:14:07","date_gmt":"2018-03-02T11:14:07","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=438"},"modified":"2018-03-02T13:14:17","modified_gmt":"2018-03-02T11:14:17","slug":"%d1%82%d1%83%d1%80%d0%b8%d0%b7%d0%bc-%d0%b1%d1%83%d0%b4%d1%83%d1%89%d0%b5%d0%b5-%d1%8d%d0%ba%d0%be%d0%bd%d0%be%d0%bc%d0%b8%d0%ba%d0%b8-%d0%bd%d0%b0%d1%88%d0%b5%d0%b9-%d1%81%d1%82%d1%80%d0%b0%d0%bd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2018\/03\/02\/%d1%82%d1%83%d1%80%d0%b8%d0%b7%d0%bc-%d0%b1%d1%83%d0%b4%d1%83%d1%89%d0%b5%d0%b5-%d1%8d%d0%ba%d0%be%d0%bd%d0%be%d0%bc%d0%b8%d0%ba%d0%b8-%d0%bd%d0%b0%d1%88%d0%b5%d0%b9-%d1%81%d1%82%d1%80%d0%b0%d0%bd\/","title":{"rendered":"Turizm \u2013 mamlakatimiz iqtisodiyotining ertangi kuni"},"content":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-fevral kuni videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi. Unda xorijiy turistlar oqimini ko\u2018paytirish va ichki turizmni yanada rivojlantirish, sayyohlik xizmatlarini yaxshilash va turlarini kengaytirish bo\u2018yicha ko\u2018rilayotgan choralar natijadorligi tanqidiy tahlil qilindi.<br \/>\n<!--more-->Mamlakatimiz turizm sohasida ulkan salohiyatga ega bo\u2018la turib, uzoq yillar bu imkoniyatdan to\u2018liq va samarali foydalanilmadi. Turizm rivoji uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratilmadi, hamma o\u2018z bilganicha faoliyat yuritib keldi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbarining 2016-yil 2-dekabrdagi \u00abO\u2018zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta\u2019minlash chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u00bbgi farmoniga muvofiq, sayyohlik mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik tarmog\u2018i sifatida belgilandi. Prezidentning 2017-yil 16-avgustdagi qarori bilan 2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo\u2018yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.<\/p>\n<p>Joriy yil fevral oyining o\u2018zida Prezidentning shu sohaga doir 4 ta muhim hujjati qabul qilingani davlatimizning turizm rivojiga yuksak e\u2019tiboridan dalolat bo\u2018ldi. Ushbu hujjatlar bilan sohada yig\u2018ilib qolgan muammolarni hal etish, turizm salohiyatini oshirish bo\u2018yicha ustuvor vazifalar belgilandi, ichki turizmni yanada rivojlantirishga ko\u2018plab imtiyozlar, yengilliklar berildi.<\/p>\n<p>Shavkat Mirziyoyev turizmning iqtisodiyotdagi o\u2018rnini alohida ta\u2019kidlab, mamlakatimizda bu boradagi ahvol va sohani rivojlantirish bo\u2018yicha ko\u2018rilayotgan choralar samaradorligini birma-bir tahlil qildi.<\/p>\n<p>Turizmni rivojlantirish davlat qo\u2018mitasi va uning mintaqaviy tuzilmalari shtat birliklari oshirilgani, hududlarda turizm departamentlari va boshqarmalari, hokim o\u2018rinbosarlari lavozimlari tashkil etilgani mazkur tashkilotlarning imkoniyatlarini kengaytirdi.<\/p>\n<p>Joriy yilning 10-fevralidan boshlab Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Turkiya va Isroildan kelayotgan turistlarga mamlakatimizda 30 kungacha vizasiz bo\u2018lishga ruxsat berildi. Bundan tashqari, 39 mamlakat fuqarolariga viza berish tartibi soddalashtirildi. 2018-yil 1-iyuldan elektron vizalar joriy qilinadi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda elektron viza tizimini belgilangan muddatda to\u2018liq ishga tushirish, jahon tajribasini o\u2018rgangan holda bu tizimni yanada soddalashtirish va xorijiy turistlar kelishi tartibini muntazam yengillashtirib borish bo\u2018yicha topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p>Turistlar mamlakatimizga kelgandan so\u2018ng yashash joyi bo\u2018yicha 3 kun ichida ro\u2018yxatdan o\u2018tishi zarurligi ularga noqulaylik tug\u2018dirayotgani qayd etildi. Sayyohlar xavfsizligini ta\u2019minlash huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning vazifasi bo\u2018lishi kerakligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Turist sayohat qilishi, ichki ishlar idoralarida sarson bo\u2018lmasligi kerak. Agar biz turizm hisobiga ish o\u2018rinlari ochamiz desak, turistga shart qo\u2018yish emas, balki sharoit yaratishimiz zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p>Shu bois ro\u2018yxatga olish tizimini to\u2018liq elektron shaklga o\u2018tkazish, bu masalani ichki ishlar idoralari, mehmonxonalar, davolash muassasalari, xususiy uylar va shu kabi joylashtiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarning majburiyati sifatida belgilash, turistlarni bunday tashvishdan xoli qilish yuzasidan ko\u2018rsatmalar berildi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda 2017-yilda O\u2018zbekistonga qariyb 2 million 700 ming turist tashrif buyurgani aytildi. Bu ko\u2018rsatkich sifat jihatidan tahlil qilinib, qarindoshlarini ko\u2018rish, davolanish, o\u2018qish yoki tijorat kabi maqsadlarda kelayotganlar ko\u2018pchilikni tashkil etishi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Turizmni rivojlantirish davlat qo\u2018mitasiga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda, turizmning barcha istiqbolli yo\u2018nalishlarida sayyohlar sonini ko\u2018paytirish, turizm xizmatlari real eksportini 5 yil ichida kamida ikki barobar oshirish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Turizm salohiyatini oshirishda aviaqatnovlarning tutgan o\u2018rniga alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p>Jahon sayyohlik tashkiloti ma\u2019lumotiga ko\u2018ra, dunyo bo\u2018ylab sayyohlarning qariyb 60 foizi eng qimmat ekaniga qaramasdan, havo transportidan foydalanadi.<\/p>\n<p>\u201cO\u2018zbekiston havo yo\u2018llari\u201d milliy aviakompaniyasining bu boradagi sustkashligi qattiq tanqid qilindi. Aviachiptalar narxini optimallashtirish, yangi reyslar ochish, tranzit yo\u2018lovchilarni tashish imkoniyatini oshirish va aviaqatnovlar geografiyasini kengaytirish bo\u2018yicha natijali ish olib borilmayapti.<\/p>\n<p>Shundan kelib chiqib, \u201cO\u2018zbekiston havo yo\u2018llari\u201d milliy aviakompaniyasi oldiga qator vazifalar qo\u2018yildi. Ularga muvofiq, aviakompaniya tizimiga zamonaviy marketing joriy etiladi, dunyo aeroportlarida mavjud bo\u2018lgan maxsus moslamalar, mobil aloqa vositalari yordamida aviachipta sotib olish imkoniyatlari yaratiladi.<\/p>\n<p>Chet el tajribasini o\u2018rganish asosida \u201cQarshi\u201d aeroportida \u201cOchiq osmon\u201d rejimi joriy qilinib, sayyohlarga keng erkinlik yaratilmoqda. Kelgusida shunday tizim Andijon, Nukus va Navoiy aeroportlarida ham qo\u2018llanadi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda qayd etilganidek, 30 kungacha viza olish bekor qilinganidan keyin ikki kun ichida Isroildan O\u2018zbekistonga kelish uchun iyun oyigacha bo\u2018lgan aviachiptalar sotib bo\u2018lingan. Shu bois viza rejimi bekor bo\u2018lgan davlatlardan qatnovlar soni oshiriladi, Toshkent shahridan tashqari Buxoro, Samarqand, Urganch, Navoiy va Qarshi shaharlariga ham to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri reyslar ochiladi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" title=\"3998ad22-f328-00ce-eb34-39ab52820ac2.jpg\" src=\"http:\/\/uza.uz\/upload\/medialibrary\/24d\/3998ad22_f328_00ce_eb34_39ab52820ac2.jpg\" alt=\"3998ad22-f328-00ce-eb34-39ab52820ac2.jpg\" width=\"640\" height=\"407\" border=\"0\" \/><\/p>\n<div><\/div>\n<div>Prezident sayyohlarning kayfiyatiga ta\u2019sir qiladigan eng kichik jihatlargacha e\u2019tibor qaratdi. Aeroportlar zallaridagi chiroqlar xiraligi, pasport nazorati kabinalari to\u2018liq ishlamasligi, uzundan-uzoq sun\u2019iy navbatlar, taksi xizmati ko\u2018rsatuvchi xususiy avtomobil egalarining tartibsizligi kabi holatlarni yaxshilash bo\u2018yicha ham topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p>Turizmda mavsumiy davrni uzaytirish, ko\u2018rsatiladigan xizmat turlarini ko\u2018paytirish va turizm infratuzilmasini yaxshilash masalalari muhokama qilinar ekan, mehmonxonalarning asosiy qismi Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarida ekani, turistlar oqimi oshgan davrda ularda ham joy yetishmasligi qayd etildi. Mehmonxonalarni ko\u2018paytirish, shu bilan birga, bu yo\u2018nalishda xususiy joylashtirish obyektlari va mehmon uylari tashkil etish, tadbirkorlarga yer ajratish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berildi. Sayyohlar tashrif buyuradigan maskanlar va avtomagistral yo\u2018llar bo\u2018yida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini ko\u2018paytirish zarurligi ta\u2019kidlab o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Madaniy meros obyektlariga kirish tizimini takomillashtirish, turniketlar, videokameralar va yo\u2018l ko\u2018rsatkichlari o\u2018rnatish, axborot markazlari tashkil etib, ularda turistlarni qiziqtiruvchi barcha xizmatlarni yo\u2018lga qo\u2018yish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berildi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda yangi xizmat va savdolar tashkil etish orqali valyuta tushumini ko\u2018paytirish masalasiga alohida ahamiyat qaratildi. Xususan, suvenirlar ishlab chiqarish va ularni maxsus kiosklarda sotish, aeroportlarda faoliyat yuritadigan \u201cDuty Free\u201d, \u201cTax Free\u201d tizimidagi savdo shoxobchalarini turistik shaharlarda ham ochish, tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda avtomobil ijarasi markazlari va Wi-Fi zonalar tashkil etish zarurligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Qadimiy shaharlarda tunu kun ishlaydigan sayyohlik hududlari, \u201cQadimiy Buxoro\u201d va \u201cSamarqand siti\u201d turistik zonalari tashkil etish bo\u2018yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddilarning hisoboti tinglandi.<\/p>\n<p>Videoselektor yig\u2018ilishida ichki turizmni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Xalqimiz, ayniqsa, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar va kam ta\u2019minlangan oilalar vakillarining mamlakatimiz hududlariga sayohatlarini an\u2019anaga aylantirish, tashkilotlar kasaba uyushmalari mablag\u2018larida sayohat uchun xarajatlar ulushini ko\u2018paytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.<\/p>\n<p>Ziyorat turizmi bo\u2018yicha mamlakatimizning salohiyati juda yuqori. Bu yo\u2018nalishda zarur qulayliklar yaratish maqsadida Din ishlari bo\u2018yicha qo\u2018mita tarkibida Ziyorat turizmini qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018limi tashkil etildi, Malayziya, Turkiya, Indoneziya kabi davlatlar uchun vizasiz rejim joriy qilindi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda bu boradagi imkoniyatlardan to\u2018la foydalanilmayotgani, bir qator ziyoratgohlar qarovsiz ahvolda ekani qayd etildi.<\/p>\n<p>Yurtimizda islom dunyosida tan olingan allomalarning maqbaralari, tabarruk qadamjolar ko\u2018p, dedi Shavkat Mirziyoyev. Masalan, turli viloyatlarda Naqshbandiya tariqatini targ\u2018ib qilgan 12 ulamoning qabri bor. Biz hozir ularning 8 tasi, ya\u2019ni Buxorodagi \u201cEtti pir\u201d va Samarqanddagi \u201cXo\u2018ja Ahror Valiy\u201d ziyoratgohlarini obod qilyapmiz. Lekin Surxondaryodagi Muhammad Zohid Buxoriy, Alovuddin Attor va Qashqadaryodagi Muhammad Darvesh, Muhammad Imganakiy maqbaralari ta\u2019mirga muhtoj.<\/p>\n<p>Shundan kelib chiqib, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimlariga ushbu qadamjolarni obodonlashtirish, ularga olib boruvchi yo\u2018llar holatini yaxshilash, ziyoratchilar uchun barcha sharoitlar yaratish bo\u2018yicha topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston turizm brendini xorijda targ\u2018ib qilish masalasi ham tahlil qilindi.<\/p>\n<p>Mamlakatimiz investitsiya, savdo va turizm salohiyatini o\u2018zaro muvofiqlashtirib, yagona brend ostida reklama qilish zarurligi ta\u2019kidlandi. Milliy teleradiokompaniya hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi zimmasiga O\u2018zbekistonning turizm salohiyatini kecha-kunduz targ\u2018ib qiluvchi, sayohatga oid turli qiziqarli ko\u2018rsatuvlar namoyish etib boruvchi xalqaro telekanal tashkil etish vazifasi yuklandi.<\/p>\n<p>Xorij davlatlaridagi elchilar mamlakatimiz, milliy qadriyatlarimizning targ\u2018ibotchilari bo\u2018lishi, bunga chet eldagi vatandoshlarimiz ham hissa qo\u2018shishi zarurligi ta\u2019kidlandi. Turizm rivoji uchun zarur sharoitlar yaratishga doir ustuvor yo\u2018nalishlar belgilab berildi.<\/p>\n<p>Soha mutasaddilari, mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchilari va joylardagi rahbarlarning hisobotlari tinglandi.<\/p><\/div>\n<div><\/div>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<div class=\"news-props\">O&#8217;zA<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":168,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[],"tags":[],"class_list":["post-438","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/438","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=438"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/438\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":439,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/438\/revisions\/439"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/168"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=438"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=438"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=438"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}