{"id":4332,"date":"2023-11-29T10:54:58","date_gmt":"2023-11-29T08:54:58","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4332"},"modified":"2023-11-29T10:54:58","modified_gmt":"2023-11-29T08:54:58","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%bd%d1%8f%d0%bb-%d0%bc%d0%b8%d0%bd%d0%b8%d1%81%d1%82-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/11\/29\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%bd%d1%8f%d0%bb-%d0%bc%d0%b8%d0%bd%d0%b8%d1%81%d1%82-2\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni investitsiyalar vazirini qabul qildi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Holid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb\u00a0xabar bermoqda \u00abDunyo\u00bb AA muxbiri.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1701077492282_2jpg.webp\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u2019lumotiga ko&#8217;ra, O&#8217;zbekiston bilan Saudiya o&#8217;rtasidagi ko&#8217;p qirrali hamkorlik va keng ko&#8217;lamli sheriklikni yanada kengaytirish, shu jumladan oliy darajadagi kelishuvlarni so&#8217;zsiz amalga oshirishning dolzarb masalalari ko&#8217;rib chiqildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchrashuv avvalida investitsiyalar vaziri O&#8217;zbekiston yetakchisiga Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud hamda Valiahd, Bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saudning salomi va eng ezgu tilaklarini yo&#8217;lladi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari keyingi yillarda o&#8217;zaro manfaatli hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.<\/p>\n<p>O&#8217;zaro savdo ko&#8217;rsatkichlari, O&#8217;zbekiston iqtisodiyotiga, eng avvalo &#8220;yashil&#8221; energetika sohasiga Saudiyaning to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri investitsiyalari hajmi, aviaqatnovlar soni ortib bormoqda.<\/p>\n<p>Saudiya taraqqiyot fondi ko&#8217;magida sog&#8217;liqni saqlash, ta\u2019lim, suv ta\u2019minoti va boshqa yo&#8217;nalishlarda bir qator ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>O&#8217;zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo&#8217;yicha qo&#8217;shma fond tashkil etilmoqda.<\/p>\n<p>Saudiya delegatsiyasining bu galgi tashrifi doirasida kimyo, energetika, qishloq xo&#8217;jaligi, farmatsevtika, IT va infratuzilmani rivojlantirish sohalarida 12 milliard dollarlik o&#8217;zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo&#8217;yicha kelishuvlar imzolandi.<\/p>\n<p>Yurtimizning turli hududlaridagi yirik energetika loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish muhimligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, transport infratuzilmasi va kommunal xo&#8217;jaligi, geologiya, irrigatsiya, maishiy chiqindilarni qayta ishlash, oliy ta\u2019lim, mehnat migratsiyasi bo&#8217;yicha umumiy qiymati 11 milliard dollarlik yangi loyiha va dasturlarni ilgari surishga kelishib olindi.<\/p>\n<p>O&#8217;zbekistonda \u00abyashil\u00bb energetikani rivojlantirishda eng katta sarmoyador va strategik hamkor bo&#8217;lgan \u00abACWA Power\u00bb kompaniyasi bilan sermahsul hamkorlik alohida qayd etildi. Bugungi kunda kompaniya bilan birgalikda qiymati 7,5 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Prezidentimiz Sirdaryo viloyatida 1,5 gigavatt quvvatli zamonaviy issiqlik elektr stansiyasining faoliyati hamda Toshkent viloyatida \u00abyashil vodorod\u00bbni \u00abpilot\u00bb tarzda ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish ishlari boshlanayotganini olqishladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, vazir Holid al-Falixni O&#8217;zbekiston va Saudiya Arabistoni o&#8217;rtasidagi ko&#8217;p qirrali va o&#8217;zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishga qo&#8217;shgan katta hissasi va har tomonlama ko&#8217;magi uchun \u00abDo&#8217;stlik\u00bb ordeni bilan taqdirlash marosimi bo&#8217;lib o&#8217;tdi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4332","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4332","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4332"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4332\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4333,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4332\/revisions\/4333"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4332"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4332"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4332"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}