{"id":4323,"date":"2023-11-24T11:12:22","date_gmt":"2023-11-24T09:12:22","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4323"},"modified":"2023-11-24T11:14:25","modified_gmt":"2023-11-24T09:14:25","slug":"ozbekcha-bolalarga-gamxorlik-va-etibor-milliy-taraqqiyotimiz-kelajagi-kafolatidir","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/11\/24\/ozbekcha-bolalarga-gamxorlik-va-etibor-milliy-taraqqiyotimiz-kelajagi-kafolatidir\/","title":{"rendered":"Bolalarga g&#8217;amxo&#8217;rlik va e&#8217;tibor milliy taraqqiyotimiz kelajagi kafolatidir"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimizda 2023 yil 30 aprel kuni o&#8217;tkazilgan referendumda qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi O&#8217;zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo&#8217;nalishlarini belgilab berdi.<img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-4325\" src=\"https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/11\/bir-1024x683.jpg\" alt=\"\" width=\"640\" height=\"427\" srcset=\"https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/11\/bir-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/11\/bir-scaled-600x400.jpg 600w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/11\/bir-300x200.jpg 300w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/11\/bir-768x512.jpg 768w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/11\/bir-1536x1024.jpg 1536w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/11\/bir-2048x1365.jpg 2048w\" sizes=\"auto, (max-width: 640px) 100vw, 640px\" \/><!--more--><br \/>\nKonstitutsiyamizda jamiyat hayotining barcha jabhalaridagi eng muhim masalalar qatorida bola huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ta&#8217;minlash vazifasi ham o&#8217;z ifodasini topdi. Jumladan, Bosh qonunimizga asosan, bolalar mehnatining bolaning sog&#8217;lig&#8217;i, xavfsizligi, axloqi, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan, ta&#8217;lim olishga to&#8217;sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlandi.<br \/>\nShuningdek, ilk bor ta&#8217;lim tashkilotlarida alohida ta&#8217;lim ehtiyojlariga ega bo&#8217;lgan bolalar uchun inklyuziv ta&#8217;lim va tarbiya ta&#8217;minlanishi alohida mustahkamlandi. Eng muhimi, Konstitutsiyaga bir qator yangi boblar kiritilib, unda bolalarning maqomi yanada kuchaytirildi. Xususan, ota-onalar va ularning o&#8217;rnini bosuvchi shaxslar o&#8217;z farzandlarini voyaga yetgunga qadar boqishi, tarbiyasi, ta&#8217;lim olishi, sog&#8217;lom, to&#8217;laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g&#8217;amxo&#8217;rlik qilishga majburligi belgilab qo&#8217;yildi.<br \/>\nBosh qonunimizda davlat va jamiyat yetim, ota-onasi vasiyligidan mahrum bo&#8217;lgan bolalarni boqish, tarbiyalash, ularning ta&#8217;lim olishi, sog&#8217;lom, to&#8217;laqonli va har tomonlama kamol topishini ta&#8217;minlashi ham aks etgan. Bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta&#8217;minlash hamda himoya qilish, jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to&#8217;laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratish davlatning majburiyati ekani alohida belgilangan.<br \/>\nBolalarga g&#8217;amxo&#8217;rlik qilish, doimo qo&#8217;llab-quvvatlash, huquqlarini himoya qilishga davlat siyosati darajasida katta e&#8217;tibor qaratilayotgani bejiz emas. Chunki yurtimizda bolalar hayotimiz davomchilari, kelajak vorislari sifatida qadrlanadi, mamlakatning bebaho xazinasi hisoblanadi. Agar bolalarning ta&#8217;lim olishi, kasb-hunar egallashi va orzu-intilishlarini ro&#8217;yobga chiqarishga zarur sharoit yaratilsa, ularda oldinga intilish, harakat bo&#8217;ladi. Konstitutsiyamizda o&#8217;z ifodasini topgan ushbu yangiliklar farzandlarimizning har jihatdan sog&#8217;lom, hur fikrli avlod sifatida kamolga yetishishiga xizmat qiladi.<br \/>\nO&#8217;zbekistonda bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro hujjatlarni va shu asosda qabul qilingan qonunlar ijrosini ta&#8217;minlashda bosqichma-bosqich, tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Tahlillar ko&#8217;rsatmoqdaki, 2017 yildan boshlab davlatning bu boradagi faoliyati tubdan o&#8217;zgardi. Endi islohotlar \u201cInson manfaati hamma narsadan ustun\u201d tamoyilini amalda ro&#8217;yobga chiqarishga qaratildi.<br \/>\nXususan, bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta&#8217;minlash maqsadida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo&#8217;yicha vakili (ombudsman) o&#8217;rinbosari \u2014 Bola huquqlari bo&#8217;yicha vakil lavozimi tugatilib, Oliy Majlisning Bola huquqlari bo&#8217;yicha vakili (Bolalar ombudsmani) instituti alohida ta&#8217;sis etildi. Bola huquqlari bo&#8217;yicha vakilga, shuningdek, bolalarning ota-ona qaramog&#8217;idan mahrum bo&#8217;lishining oldini olish, davlat organlari va boshqa tashkilotlar, ixtisoslashtirilgan o&#8217;quv-tarbiya muassasalari va tarbiya koloniyalari faoliyatida bola huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish vakolati berildi.<br \/>\nBugun hayotimizda bolalarning haq-huquqlari buzilishi bilan bog&#8217;liq muammoli holatlar uchrab turadi. Ba&#8217;zida hatto bolalarning o&#8217;z yaqinlari ham ularning manfaatiga zid xatti-harakat qilishi, bolalar o&#8217;z yaqinlari tomonidan zo&#8217;ravonlikka uchrashi ham mumkin. Shunday vaziyatda bola o&#8217;z huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini so&#8217;rab vasiylik va homiylik organiga, shuningdek, boshqa davlat organlariga mustaqil ravishda murojaat qilishga haqli ekani belgilab qo&#8217;yilgan. Bunda murojaat bola to&#8217;liq muomala layoqatiga ega bo&#8217;lmagani sababli ko&#8217;rib chiqilmasdan qoldirilishiga yo&#8217;l qo&#8217;yilmaydi.<br \/>\nBundan tashqari, qonunlarimizda oilada har qanday masala hal qilinayotganda bola o&#8217;z fikrini ifoda etishga, har qanday sud muhokamasi yoki ma&#8217;muriy muhokama jarayonida so&#8217;zlashga haqli ekani belgilangan. Bunda qaror qabul qilishga vakolatli bo&#8217;lgan organlar va mansabdor shaxslar bolaning manfaatlariga taalluqli masalalarni hal qilishda uning fikrini, yoshidan qat&#8217;i nazar, ko&#8217;rib chiqishi hamda bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilishi shart.<br \/>\nJoriy yil aprel oyida \u201cXotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O&#8217;zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o&#8217;zgartish va qo&#8217;shimchalar kiritish to&#8217;g&#8217;risida\u201dgi qonun qabul qilinib, bolaning huquq va erkinliklari yanada kuchaytirildi. Mazkur qonun xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini tazyiq va zo&#8217;ravonlikdan ishonchli himoya qilishning institutsional hamda huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirishga, bolalar orasida nazoratsizlik va ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga, nogironligi bo&#8217;lgan hamda ota-ona qaramog&#8217;idan mahrum bo&#8217;lgan bolalarni davlat tomonidan qo&#8217;llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.<br \/>\nYangi tahrirdagi Konstitutsiyamizni so&#8217;zsiz va to&#8217;liq amalga oshirish, unda mustahkamlangan ustuvor tamoyillarni yangi O&#8217;zbekiston ulug&#8217;vor g&#8217;oyasiga hamohang tarzda ro&#8217;yobga chiqarish, davlat organlari faoliyatini yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda yo&#8217;lga qo&#8217;yish, fuqarolar o&#8217;z hayotida xalq Konstitutsiyasi ruhini yaqqol his etib turishini ta&#8217;minlash maqsadida 2023 yil 8 may kuni Prezidentimizning \u201cYangi tahrirdagi O&#8217;zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo&#8217;yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to&#8217;g&#8217;risida\u201dgi farmoni qabul qilingan edi.<br \/>\nUnda Oliy Majlis palatalariga bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta&#8217;minlash hamda himoya qilish, bolaning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to&#8217;liq rivojlanishi uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish maqsadida \u201cO&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo&#8217;yicha vakili to&#8217;g&#8217;risida\u201dgi qonun loyihasini qabul qilish tavsiya etilgan. Shu munosabat bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida \u201cBola huquqlari bo&#8217;yicha vakil (Bolalar ombudsmani) to&#8217;g&#8217;risida\u201dgi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritilib, deputatlar tomonidan birinchi o&#8217;qishda konseptual ma&#8217;qullandi.<br \/>\nMazkur qonun loyihasida Bola huquqlari bo&#8217;yicha vakilning maqomi, uning huquqlari, majburiyatlari, vazifalari va vakolatlari, davlat organlari, jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan o&#8217;zaro munosabatlari belgilanmoqda. Bola huquqlari bo&#8217;yicha vakilga davlat organlari va barcha mansabdor shaxslar tomonidan bola huquqlari hamda erkinliklari to&#8217;g&#8217;risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini ta&#8217;minlash vakolatlari hamda Bola huquqlari bo&#8217;yicha vakil o&#8217;z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarga tobe bo&#8217;lmagan tarzda amalga oshirishi ko&#8217;zda tutilgan.<br \/>\nHozirgi kunda Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o&#8217;zini o&#8217;zi boshqarish organlari qo&#8217;mitasi tomonidan mazkur qonun loyihasi ikkinchi o&#8217;qishga tayyorlanmoqda. Ishonchimiz komilki, bu qonunning qabul qilinishi natijasida O&#8217;zbekistonda bola huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning kafolatlari kuchayadi. Bola huquqlari bo&#8217;yicha vakil, unga qonun bilan berilgan vakolat doirasida bolaning konstitutsiyaviy huquqlarini ro&#8217;yobga chiqarishga va ularni amalda ta&#8217;minlashga mas&#8217;ul bo&#8217;lgan tegishli tashkilotlarning faoliyati ustidan samarali parlament nazoratini o&#8217;rnatishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Shuhrat Bafoev,<br \/>\nOliy Majlis Qonunchilik palatasining<br \/>\nDemokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va<br \/>\nfuqarolarning o&#8217;zini o&#8217;zi boshqarish organlari qo&#8217;mitasi raisi<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mamlakatimizda 2023 yil 30 aprel kuni o&#8217;tkazilgan referendumda qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi O&#8217;zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo&#8217;nalishlarini belgilab berdi.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-4323","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4323","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4323"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4323\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4326,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4323\/revisions\/4326"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4323"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4323"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4323"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}