{"id":4308,"date":"2023-11-16T12:36:40","date_gmt":"2023-11-16T10:36:40","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4308"},"modified":"2023-11-16T12:36:40","modified_gmt":"2023-11-16T10:36:40","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b2-%d0%bd%d0%be%d0%b2%d0%be%d0%bc-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/11\/16\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b2-%d0%bd%d0%be%d0%b2%d0%be%d0%bc-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston Prezidenti: Yangi O&#8217;zbekistonda biz xalq salomatligini mustahkamlashni eng muhim vazifalarimizdan biri etib belgilaganmiz"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Hurmatli tibbiyot xodimlari!<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Avvalo, o&#8217;z hayotini el-yurt salomatligini asrashdek olijanob ishga bag&#8217;ishlab kelayotgan siz, azizlarni qutlug&#8217; kasb bayramingiz \u2013 Tibbiyot xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.<img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-4310\" src=\"https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/11\/1699767154127_3jpg-1024x566.webp\" alt=\"\" width=\"640\" height=\"354\" srcset=\"https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/11\/1699767154127_3jpg-1024x566.webp 1024w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/11\/1699767154127_3jpg-600x331.webp 600w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/11\/1699767154127_3jpg-300x166.webp 300w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/11\/1699767154127_3jpg-768x424.webp 768w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/11\/1699767154127_3jpg.webp 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 640px) 100vw, 640px\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz Yangi O&#8217;zbekistonda inson qadri va manfaatlarini ta\u2019minlashni o&#8217;z oldimizga ezgu maqsad qilib qo&#8217;ygan ekanmiz, bu yo&#8217;lda xalqimiz salomatligini mustahkamlash eng muhim vazifalarimizdan biri bo&#8217;lishi tabiiydir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ayni shu maqsadda keyingi yillarda O&#8217;zbekiston sog&#8217;liqni saqlash tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Sohaning moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati mustahkamlanmoqda. Tizimga ilg&#8217;or davolash va diagnostika usullari, innovatsion texnologiyalar keng tatbiq etilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ana shunday sa\u2019y-harakatlarimiz tufayli birlamchi va malakali tibbiy xizmatlar aholining keng qatlamlariga kirib bormoqda. Buning tasdig&#8217;ini shu yilning o&#8217;zida joylarda 22 ta oilaviy poliklinika, 93 ta oilaviy shifokorlik punkti va 394 ta mahalla tibbiyot punkti tashkil etilib, birlamchi tibbiy xizmatlar 2 million 100 ming nafardan ziyod aholiga yaqinlashtirilgani misolida yaqqol ko&#8217;rish mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu haqda so&#8217;z yuritganda, 8 million 600 ming nafar aholi profilaktik tibbiy ko&#8217;rikdan o&#8217;tkazilib, ularning 685 ming nafari ambulator, 72 ming nafari esa statsionar sharoitda sog&#8217;lomlashtirilgani, skrining tekshiruvlari orqali 167 ming nafar yurtdoshimizda yurak-qon tomir, 52 ming nafarida qandli diabet kasalligi aniqlanib, ularning salomatligini tiklash choralari ko&#8217;rilganini ta\u2019kidlash lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ayniqsa, tug&#8217;ma yurak nuqsoni bo&#8217;lgan 2 ming nafar bolaning davlat hisobidan operatsiya qilingani yosh avlodga mehr va g&#8217;amxo&#8217;rlik ko&#8217;rsatishning yana bir yorqin namunasi bo&#8217;ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sohaga davlat tibbiy sug&#8217;urtasi va raqamlashtirish mexanizmlari bilan birga xususiy tibbiyot muassasalari faoliyati ham keng joriy etilmoqda. Shifoxonalarni zamonaviy transport va tibbiy jihozlar bilan ta\u2019minlash darajasi keskin yaxshilanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Aynan ana shunday o&#8217;zgarishlar, jonkuyar shifokorlar, yuqori malakali tibbiyot mutaxassislari, hamshiralarning mashaqqatli mehnati tufayli yuqori texnologik jarrohlik operatsiyalari nafaqat poytaxtimiz va viloyatlar markazlarida, balki tumanlarda ham muvaffaqiyatli o&#8217;tkazilmoqda va minglab bemorlar o&#8217;z dardiga shifo topmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Soha xodimlari mehnatini rag&#8217;batlantirish, ish haqini oshirish doimo e\u2019tiborimiz markazida bo&#8217;lib kelmoqda. So&#8217;nggi 7 yilda ushbu tizimda samarali xizmat qilib kelayotgan yurtdoshlarimizdan 727 nafari Vatanimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan taqdirlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi bayram munosabati bilan ularning safiga yana ko&#8217;plab tibbiyot xodimlari qo&#8217;shilganini alohida qayd etmoqchiman. Fursatdan foydalanib, ushbu fidoyi yurtdoshlarimizni yuksak mukofotlar bilan tabriklab, barchasiga o&#8217;zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Aziz do&#8217;stlar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz &#8220;O&#8217;zbekiston \u2013 2030&#8221; strategiyasi doirasida tibbiyot sohasida ham ulkan o&#8217;zgarishlarni amalga oshirishni reja qilganmiz. Jumladan, aholining o&#8217;rtacha umr ko&#8217;rish davomiyligini 78 yoshga yetkazish, buning uchun tibbiyotga yo&#8217;naltiriladigan mablag&#8217;lar hajmini 2 barobar oshirish, onkologiya, yurak-qon tomir, diabet va nafas yo&#8217;llari kasalliklari bo&#8217;yicha erta o&#8217;limni 2,5 barobar kamaytirish,<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;zbekistonni sil xastaligidan xoli mamlakatga aylantirish ustuvor vazifamiz bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, 350 ming nafar diabet va 1 million 500 ming nafar yurak-qon tomir kasalligi bilan og&#8217;rigan bemorlarni davolash, tibbiy yordamga muhtoj aholining 70 foiz murojaatlarini birlamchi bo&#8217;g&#8217;inning o&#8217;zida hal etish, bemorlarni gemodializ o&#8217;rinlari bilan to&#8217;liq qamrab olish bo&#8217;yicha ham amaliy ishlarni boshlaymiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Aholi o&#8217;rtasida mustahkam salomatlik garovi bo&#8217;lgan sog&#8217;lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ham alohida e\u2019tibor qaratiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qadrli tibbiyot xodimlari!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Barchamiz birgalikda harakat qilib, tibbiyot sohasini chinakam xalqchil tizimga aylantirish bo&#8217;yicha oldimizda turgan ulkan vazifalarni albatta muvaffaqiyatli ado etamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;z qasamyodiga, kasbi va burchiga sadoqat bilan mehnat qilayotgan, Abu Ali ibn Sinodek buyuk ajdodlarimiz an\u2019analarining davomchilari bo&#8217;lgan\u00a0siz, azizlar bundan buyon ham shu ezgu yo&#8217;lda bor bilim va tajribangizni safarbar etasiz, deb ishonaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sizlarni Tibbiyot xodimlari kuni bilan yana bir bor chin dildan tabriklab, g&#8217;oyat sharafli va mas\u2019uliyatli faoliyatingizda sihat-salomatlik, yutuq va omadlar, oilaviy baxt-saodat tilayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Shavkat Mirziyoyev,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4308","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4308","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4308"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4308\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4311,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4308\/revisions\/4311"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4308"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4308"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4308"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}