{"id":4295,"date":"2023-11-11T11:37:35","date_gmt":"2023-11-11T09:37:35","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4295"},"modified":"2023-11-11T11:37:35","modified_gmt":"2023-11-11T09:37:35","slug":"%d0%b3%d0%bb%d0%b0%d0%b2%d0%b0-%d0%b8%d1%82%d0%b0%d0%bb%d0%b8%d0%b8-%d0%be%d1%82%d0%bc%d0%b5%d1%82%d0%b8%d0%bb-%d1%80%d0%b5%d1%88%d0%b8%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d0%bd%d1%83%d1%8e-%d0%bf%d0%be%d0%b4","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/11\/11\/%d0%b3%d0%bb%d0%b0%d0%b2%d0%b0-%d0%b8%d1%82%d0%b0%d0%bb%d0%b8%d0%b8-%d0%be%d1%82%d0%bc%d0%b5%d1%82%d0%b8%d0%bb-%d1%80%d0%b5%d1%88%d0%b8%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d0%bd%d1%83%d1%8e-%d0%bf%d0%be%d0%b4\/","title":{"rendered":"Italiya rahbari Yangi O&#8217;zbekistonda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlarni qat\u2019iy qo&#8217;llab-quvvatlashini ta\u2019kidladi hamda mamlakatimizning mintaqada barqarorlikni ta\u2019minlash va integratsiyalashuvni kuchaytirish borasidagi sa\u2019y-harakatlarini yuksak baholadi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Prezidenti Serjo Mattarella bugun \u00abKo&#8217;ksaroy\u00bb qarorgohida ikki tomonlama muzokara o&#8217;tkazdilar, deb xabar bermoqda \u00abDunyo\u00bb AA muxbiri.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1699613081068_13jpg.webp\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u2019lumotiga ko&#8217;ra, uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, Italiya Prezidentining ushbu tashrifi ikki tomonlama munosabatlar rivojida muhim voqea ekanini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Serjo Mattarella O&#8217;zbekiston yetakchisiga taklif hamda Italiya delegatsiyasiga ko&#8217;rsatilayotgan mehmondo&#8217;stlik uchun dildan minnatdorlik bildirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Italiya Prezidenti Yangi O&#8217;zbekistonda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlarni qat\u2019iy qo&#8217;llab-quvvatlashini alohida ta\u2019kidladi hamda mamlakatimizning Markaziy Osiyoda barqarorlikni ta\u2019minlash va integratsiyalashuvni kuchaytirish borasidagi sa\u2019y-harakatlarini yuksak baholadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikki tomonlama strategik sheriklikni va ustuvor yo&#8217;nalishlardagi ko&#8217;p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;zbekiston Prezidenti joriy yil iyun oyida Italiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlat rahbarlari parlamentlar va tashqi siyosiy idoralar o&#8217;rtasidagi faol muloqotlarni davom ettirish muhim ekanini aytdilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kelgusi yilda tashqi siyosiy idoralar rahbarlari darajasidagi Strategik muloqotning birinchi yig&#8217;ilishini o&#8217;tkazishga kelishib olindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00abMarkaziy Osiyo \u2013 Italiya\u00bb muloqoti doirasida ham faol aloqalar davom ettiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Iqtisodiy hamkorlik sohasida o&#8217;tgan yili o&#8217;zaro tovar ayirboshlash 30 foizga oshdi. Qo&#8217;shma loyihalar portfeli 9 milliard yevroni tashkil etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Savdo munosabatlarini yanada rivojlantirish maqsadida Savdoga ko&#8217;maklashish kompleks dasturini ishlab chiqish taklif qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Italiyaning yetakchi kompaniyalari bilan metallurgiya, energetika, elektrotexnika, qishloq xo&#8217;jaligi va boshqa tarmoqlarda muvaffaqiyatli kooperatsiya qilinayotgani qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimiz milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish loyihalarida Italiyaning ilg&#8217;or va yuqori texnologik kompaniyalarini jalb qilishdan manfaatdor ekani bildirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tomonlar Toshkent shahrida sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirishga xizmat qiladigan \u00abKonfindustriya O&#8217;zbekiston\u00bb sanoatchilar uyushmasi ochilganini olqishladilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hukumatlararo guruh doirasida mahalliylashtirishning yangi yo&#8217;nalishlari va loyihalari bo&#8217;yicha takliflar tayyorlashga kelishib olindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Italiya O&#8217;zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga tez fursatda kirishini hamda Yevropa Ittifoqi bilan kengaytirilgan sheriklik to&#8217;g&#8217;risidagi bitimning qabul qilishini qo&#8217;llab-quvvatlashga tayyorligi bildirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikki mamlakat hududlari o&#8217;rtasidagi to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri aloqalarni rag&#8217;batlantirish muhimligi qayd etildi. Shu munosabat bilan O&#8217;zbekiston va Italiya hududlari forumini ta\u2019sis etish va uning ilk uchrashuvini kelgusi yili Samarqandda o&#8217;tkazish taklif qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Toshkentdagi Turin politexnika universiteti filialining faoliyati bu boradagi muvaffaqiyatli sheriklikka misol ekani qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu yetakchi oliy ta\u2019lim dargohi negizida Italiyaning ilg&#8217;or texnologiyalari transferi markazi tashkil etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;zbekistonda italyan tilini o&#8217;rganishga qiziqish o&#8217;sib borayotgani mamnuniyat bilan ta\u2019kidlandi. Maktablarimizda italyan tili o&#8217;qituvchilarini tayyorlash va maktablarimizda uni o&#8217;qitishni bosqichma-bosqich joriy qilish muhimligi haqida yakdil fikr bildirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, Italiyada qo&#8217;shma tasviriy san\u2019at ko&#8217;rgazmalarini o&#8217;tkazish rejalari muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xalqlarimiz bir-birining boy va betakror madaniy-tarixiy merosi bilan tanishishi uchun mamlakatlarimizda O&#8217;zbekiston va Italiya madaniyat, kino va turizm kunlari o&#8217;tkaziladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Samarqand arxeologiya instituti hamda Bolonya va Neapol universitetlarining qo&#8217;shma guruhi tomonidan olib borilayotgan arxeologiya izlanishlari yuksak baholandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlat rahbarlari akademik almashinuvlarni kengaytirish hamda qo&#8217;shma Ta\u2019lim forumini o&#8217;tkazish zarurligini alohida ta\u2019kidladilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, xavfsizlikka umumiy tahdid va xatarlarga qarshi kurashishdagi hamkorlikni davom ettirish yuzasidan ham fikr almashildi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4295","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4295","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4295"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4295\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4296,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4295\/revisions\/4296"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4295"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4295"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4295"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}