{"id":4279,"date":"2023-11-07T15:51:04","date_gmt":"2023-11-07T13:51:04","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4279"},"modified":"2023-11-07T15:51:04","modified_gmt":"2023-11-07T13:51:04","slug":"%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d0%b0%d0%bc%d0%bc%d0%b8%d1%82%d0%b5-%d0%be%d1%82%d0%b3-%d0%b2-%d0%b0%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d1%83-%d1%83%d0%b7%d0%b1","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/11\/07\/%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d0%b0%d0%bc%d0%bc%d0%b8%d1%82%d0%b5-%d0%be%d1%82%d0%b3-%d0%b2-%d0%b0%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d1%83-%d1%83%d0%b7%d0%b1\/","title":{"rendered":"TDTning Ostonadagi sammitida O&#8217;zbekiston Prezidentiga \u00abTurkiy dunyoning oliy ordeni\u00bb topshirildi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHK\u0415NT, 3-noyabr. \/\u00abDunyo\u00bb AA\/.\u00a0<\/strong>Bugun Ostona shahrida bo&#8217;lib o&#8217;tayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti Davlatlar rahbarlari kengashi yig&#8217;ilishi doirasida O&#8217;zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga turkiy xalqlar oilasining birligini mustahkamlashga, turkiy mamlakatlarning manfaatlari va qarashlarini xalqaro maydonda faol ilgari surishga qo&#8217;shgan ulkan hissasi uchun yuksak mukofot \u2013 \u00abTurkiy dunyoning oliy ordeni\u00bbni tantanali topshirish marosimi bo&#8217;lib o&#8217;tdi, deb xabar bermoqda \u00abDunyo\u00bb AA muxbiri.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1699012685664_26jpg.webp\" \/><!--more--><\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u2019lumotiga ko&#8217;ra, tadbirda Qozog&#8217;iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qirg&#8217;iziston Prezidenti Sadir Japarov, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog&#8217;an, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Tashkilot davlatlari rahbarlari nomidan mukofotni Qozog&#8217;iston Prezidenti topshirdi.<\/p>\n<p>\u2013 Bu mukofotni men birinchi navbatda chinakam birodarlik rishtalari asosida yangidan yuksalayotgan yaqin do&#8217;stligimiz va hamkorligimiz ramzi, deb bilaman, &#8211; dedi marosimda davlatimiz rahbari, hamkasblarga minnatdorlik bildirib.<\/p>\n<p>Oxirgi davrda Turkiy dunyoning nufuzi va salohiyati har qachongidan ham ko&#8217;proq yuksalayotgani alohida qayd etildi. O&#8217;zbekiston 2019-yilda TDTga a\u2019zo bo&#8217;lib kirganidan buyon mamlakatimiz tomonidan turkiy mamlakatlar o&#8217;rtasida do&#8217;stlik, yaxshi qo&#8217;shnichilik va ko&#8217;p qirrali hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan 50 dan ortiq taklif va tashabbuslar ilgari surildi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizning tashkilotga raisligi davrda 100 dan ziyod turli tadbirlar o&#8217;tkazildi, amaliy hamkorlikning yangi samarali mexanizmlari yaratildi, nufuzli global va mintaqaviy tuzilmalar bilan yaqin sheriklik aloqalari yo&#8217;lga qo&#8217;yildi.<\/p>\n<p>Tashkilotga a\u2019zo barcha davlatlar bilan ko&#8217;p qirrali va o&#8217;zaro manfaatli aloqalar izchil kengaymoqda, strategik sheriklik munosabatlari o&#8217;rnatildi, savdo hajmlari ortmoqda, kooperatsiya kuchaymoqda.<\/p>\n<p>\u2013 Barchamizning orzu va maqsadlarimiz, intilish va harakatlarimiz uyg&#8217;un va hamohangdir. Azaldan do&#8217;st va qardosh bo&#8217;lgan turkiy xalqlarimiz bundan keyin ham ahil va hamjihat bo&#8217;lib, yorug&#8217; kelajakni birgalikda bunyod etadilar, &#8211; dedi davlatimiz rahbari.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-4279","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4279","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4279"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4279\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4280,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4279\/revisions\/4280"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4279"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4279"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4279"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}