{"id":4273,"date":"2023-11-02T11:56:17","date_gmt":"2023-11-02T09:56:17","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4273"},"modified":"2023-11-02T11:56:17","modified_gmt":"2023-11-02T09:56:17","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%b1%d1%8b%d0%b2%d1%88%d0%b8%d0%b9-%d0%b2-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d1%81-%d0%be%d1%84%d0%b8%d1%86%d0%b8%d0%b0%d0%bb%d1%8c%d0%bd%d1%8b%d0%bc","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/11\/02\/%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%b1%d1%8b%d0%b2%d1%88%d0%b8%d0%b9-%d0%b2-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d1%81-%d0%be%d1%84%d0%b8%d1%86%d0%b8%d0%b0%d0%bb%d1%8c%d0%bd%d1%8b%d0%bc\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekistonga rasmiy tashrif buyurgan Fransiya Prezidenti Samarqanddagi obidalarni tomosha qildi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHK\u0415NT, 2-noyabr. \/\u00abDunyo\u00bb AA\/.\u00a0<\/strong>Mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron O&#8217;zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida kecha tungi Samarqand bo&#8217;ylab sayr qildi, deb xabar bermoqda \u00abDunyo\u00bb AA muxbiri.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1698892229151_IMG20231102072459839jpg.webp\" \/><!--more--><\/p>\n<p>O&#8217;zbekiston Prezidenti matbuot xizmati ma\u2019lumotiga ko&#8217;ra, davlat rahbarlari YUN\u0415SKOning Jahon merosi ro&#8217;yxatiga kiritilgan Registon majmuasiga tashrif buyurdilar.<\/p>\n<p>Oliy martabali mehmonga ushbu Sharq me\u2019morchiligi durdonasining qurilish tarixi, noyob naqshlari, mazkur maskan bilan bog&#8217;liq mashhur voqea va shaxslar xususida so&#8217;zlab berildi.<\/p>\n<p>Fransiya Prezidentining tashrifi Samarqandda o&#8217;tayotgani va aynan Registondan boshlangani bejiz emas. Bu yerda xalqlarimiz o&#8217;rtasidagi tarixiy mushtaraklikni mujassam etgan jihatlar ko&#8217;p.<\/p>\n<p>Xususan, Sohibqiron Amir Temur buyuk sarkarda, savdo va ilm-fan homiysi sifatida Osiyo va Yevropada ro&#8217;y bergan tarixiy o&#8217;zgarishlarga katta ta\u2019sir ko&#8217;rsatgan. XV asrda Parijda uning sharafiga \u00abYevropaning xaloskoriga\u00bb degan yodgorlik qo&#8217;yilgan. Amir Temur va Fransiya qiroli Sharl VI bir-biriga maktublar yuborib, aloqa o&#8217;rnatgan. Yozishmalarda siyosiy masalalar bilan bir qatorda savdo-iqtisodiy aloqalarga ham katta e\u2019tibor qaratilgan.<\/p>\n<p>Fransiyada buyuk Sohibqiron va temuriylar haqida ko&#8217;plab ilmiy, badiiy asarlar yaratilgan. Jumladan, fransuz mutafakkiri va adibi Volter asarida Mirzo Ulug&#8217;bek, mashhur yozuvchi Jyul Vern romanida Registon mahobati haqida to&#8217;lqinlanib yozilgan.<\/p>\n<p>Bugun Fransiya delegatsiyasi aynan shu maydonda bo&#8217;lib turibdi. Tungi chiroqlar bilan yoritilgan majmuaning ulug&#8217;vorligi va go&#8217;zalligi mehmonlarda katta zavq uyg&#8217;otdi.<\/p>\n<p>Shu yerda Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron birgalikda suratga tushdi.<\/p>\n<p>So&#8217;ng Prezidentlar &#8220;Buyuk ipak yo&#8217;li&#8221; xalqaro turizm markazidagi &#8220;Boqiy shahar&#8221; tarixiy-etnografik majmuasida bo&#8217;ldilar.<\/p>\n<p>Bu yerda xalqimizning buyuk o&#8217;tmishi ramzlari to&#8217;plangan, tarixiy shaharlarimizdagi diqqatga sazovor joylarining nusxalari barpo etilgan. Milliy an\u2019analarimiz bilan birga do&#8217;st xalqlar bilan aloqalar tarixi ham aks ettirilgan. Xususan, Afrosiyob yodgorligi devorlarida saqlanib qolgan Koreya, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlar elchilarini qabul qilish marosimi tasvirlaridan foydalanilgan. Bunday ma\u2019no-mazmun, tarix va bugungi kun uyg&#8217;unligi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.<\/p>\n<p>Davlat rahbarlari o&#8217;rtasida samimiy muloqot bo&#8217;ldi. Samarqand jahon sivilizatsiyasining qadimiy beshiklaridan biri bo&#8217;lgani, bugun ham xalqaro sammit va turizm markaziga aylanib borayotgani qayd etildi. Mehmonlarga xalqimizning betakror badiiy, hunarmandlik va musiqiy madaniyati namoyish etildi.<\/p>\n<p>Tashrifning asosiy tadbirlari, shu jumladan, oliy darajadagi muzokaralar ertaga, 2-noyabr kuni bo&#8217;lib o&#8217;tadi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4273","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4273","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4273"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4273\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4274,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4273\/revisions\/4274"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4273"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4273"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4273"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}