{"id":427,"date":"2018-02-20T10:32:41","date_gmt":"2018-02-20T08:32:41","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=427"},"modified":"2018-02-20T10:32:41","modified_gmt":"2018-02-20T08:32:41","slug":"%d1%80%d0%be%d0%bd%d0%b0%d0%bb%d1%8c%d0%b4-%d0%b4%d0%b6%d0%b5%d0%b9%d0%bc%d1%81-%d0%bf%d0%be%d0%bb%d0%bb%d0%b5%d1%82%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d1%81","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2018\/02\/20\/%d1%80%d0%be%d0%bd%d0%b0%d0%bb%d1%8c%d0%b4-%d0%b4%d0%b6%d0%b5%d0%b9%d0%bc%d1%81-%d0%bf%d0%be%d0%bb%d0%bb%d0%b5%d1%82%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d1%81\/","title":{"rendered":"Ronald Jeyms Pollett: O\u2018zbekiston har tomonlama ulkan salohiyatga ega mamlakat"},"content":{"rendered":"<p>Mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo\u2018lib turgan AQShning yetakchi kompaniyalaridan biri &#8220;Jeneral elektrik&#8221; korporatsiyasi vitse-prezidenti Ronald Jeyms Pollett yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko\u2018lamli islohotlar va o\u2018zaro hamkorlik istiqbollari haqida fikrlarini bildirdi:\u00a0<!--more--><br \/>\n\u2013 Avvalo, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul, mazmunli va samarali muloqot uchun chin dildan minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p>Men O\u2018zbekiston Prezidenti bilan uchinchi marotaba uchrashyapman. Bugungi uchrashuvda Prezident Janobi Oliylari kompaniyamiz O\u2018zbekistonga nafaqat yuqori texnologiyali uskunalar yetkazishi, balki ularni mahalliylashtirish imkoniyatlarini o\u2018rganish, global ta\u2019lim resurslari va &#8220;Jeneral elektrik&#8221; kompaniyasi mezonlaridan foydalangan holda mutaxassislar tayyorlash, malakasini oshirishga oid dasturlarni amalga oshirish masalalariga alohida to\u2018xtaldi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonda ro\u2018y berayotgan barcha o\u2018zgarish va yangilanishlarni, mamlakatning xalqaro hamjamiyat bilan teng sheriklik asosidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash borasidagi sa\u2019y-harakatlarini alohida qayd etmoqchiman. O\u2018zbekiston xalqi azaldan bilimi, mehnatkashligi va yuksak salohiyati bilan mashhur. Biz mana shunday keng imkoniyatlarga ega mamlakatda faoliyat boshlagan xorijiy kompaniyalardan biri bo\u2018lganimizdan mamnunmiz.<\/p>\n<p>Keyingi vaqtlarda O\u2018zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko\u2018lamli iqtisodiy islohotlar, sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit va imtiyozlar AQSh ishbilarmonlarining ham mamlakatingiz bilan uzoq muddatli va o\u2018zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga qiziqishini oshirmoqda. Xususan, valyuta siyosati, jumladan, erkin konvertatsiya tizimi joriy etilgani, aeroportlarda &#8220;yashil yo\u2018lak&#8221; yo\u2018lga qo\u2018yilgani xorijlik ishbilarmonlar va sayyohlar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston menga juda yoqadi. Ayniqsa, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlar haqida ko\u2018p o\u2018qiganman. Qani edi, imkoni bo\u2018lsa, bemalol tomosha qilardim. Bu mening orzuim.<\/p>\n<div><\/div>\n<div class=\"news-props\">O\u2018zA<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":428,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[],"tags":[],"class_list":["post-427","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/427","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=427"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/427\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":429,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/427\/revisions\/429"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/428"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=427"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=427"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=427"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}