{"id":4252,"date":"2023-10-24T14:41:08","date_gmt":"2023-10-24T12:41:08","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4252"},"modified":"2023-10-24T14:41:08","modified_gmt":"2023-10-24T12:41:08","slug":"%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d0%be%d0%b2%d0%b5%d1%89%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%b8-%d0%bf%d0%be%d0%b4-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d0%b5%d0%b4%d0%b0%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%be%d0%bc-%d0%bf-10","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/10\/24\/%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d0%be%d0%b2%d0%b5%d1%89%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%b8-%d0%bf%d0%be%d0%b4-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d0%b5%d0%b4%d0%b0%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%be%d0%bc-%d0%bf-10\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston Prezidenti raisligida o&#8217;tkazilgan yig&#8217;ilishda hududlarda ichimlik suvi ta&#8217;minotini yaxshilash choralari belgilandi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHKENT, 23-oktyabr. \/&#8221;Dunyo&#8221; AA\/.\u00a0<\/strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun hududlarda ichimlik suvi ta&#8217;minoti va oqova suv tizimini yaxshilash, oziq-ovqat ekinlarini ekish masalalari bo&#8217;yicha yig&#8217;ilish o&#8217;tkazdi, deb xabar\u00a0bermoqda\u00a0&#8220;Dunyo&#8221; AA muxbiri.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1698084056969_photo20231023225557jpg.webp\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati\u00a0ma&#8217;lumotiga ko&#8217;ra, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan hududiy va ijtimoiy dasturlarda ichimlik suvi ta&#8217;minoti alohida o&#8217;rin egallaydi. Bu borada xizmat sifatli va doimiy bo&#8217;lishi uchun narx mutanosibligi muhim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tahlillarga qaraganda, bugungi kunda 1 kub metr ichimlik suvi tannarxi Toshkent shahrida 448 so&#8217;m bo&#8217;lgani holda Namanganda qariyb 3 ming so&#8217;mni, Samarqand va Navoiyda 2 ming 600 so&#8217;mni tashkil qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Suv ishlab chiqarish tannarxida elektr energiyasi ulushi respublika bo&#8217;yicha o&#8217;rtacha 27 foiz. Lekin Farg&#8217;ona, Namangan va Toshkent viloyatida bu ko&#8217;rsatkich yuqori.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ma&#8217;lumki, yurtimizda muqobil energiyadan foydalanishni kengaytirish maqsadida korxona, tashkilot va aholi xonadonlarida quyosh panellari o&#8217;rnatilmoqda. Lekin, yiliga 880 million kilovatt-soat elektr iste&#8217;mol qiladigan suv ta&#8217;minoti korxonalarining bu boradagi ishi sezilarli emas.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari viloyat hokimlariga ichimlik suvi tannarxini arzonlashtirish vazifasini qo&#8217;yar ekan, bunda eng katta manba suv korxonalari ishlatadigan elektrning bir qismini &#8220;yashil energiya&#8221;ga o&#8217;tkazish ekanini ta&#8217;kidladi.<\/p>\n<p>Masalan, hozirda suv korxonalari 1 kilovatt-soat elektrni 900 so&#8217;mdan sotib olayapti. Quyosh stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr narxi esa o&#8217;rtacha 350-400 so&#8217;m, ya&#8217;ni 2 barobardan ziyod arzon. Investorlarni jalb qilib, suv inshootlari atrofidagi bo&#8217;sh maydonlarda quyosh panellari o&#8217;rnatish mumkin.<\/p>\n<p>Shuningdek, eskirgan ichimlik suvi nasoslarini energiya tejamkoriga almashtirish zarurligi aytildi.<\/p>\n<p>Suv bo&#8217;yicha loyihalar qiymatini qayta ko&#8217;rib chiqish, ularda ishlatiladigan materiallarni mahalliylashtirish imkoniyatlari ko&#8217;rsatib o&#8217;tildi.<\/p>\n<p>Sohadagi yangi loyihalar bundan buyon bevosita joylarga chiqib, aholining fikri va roziligi olinganidan keyin mahalliy kengashlarda muhokama qilinishi belgilandi. Loyihaga qancha mablag&#8217; ajratilgani, pudratchisi qaysi korxona ekani, qachon ishga tushishi bilan bog&#8217;liq barcha ma&#8217;lumotlar e&#8217;lon qilib boriladi. Shu orqali bu borada ham jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.<\/p>\n<p>Yig&#8217;ilishda bog&#8217; va tok qator oralariga ekin ekish tadbirlariga ham to&#8217;xtalib o&#8217;tildi.<\/p>\n<p>Yurtimizda 331 ming gektar bog&#8217; va 153 ming gektar tokzor bor. Ularda qator oralaridagi yerlarga piyoz, sarimsoq, sabzi, bahor oylarida yeryong&#8217;oq, kartoshka, pomidor va bodring ekilsa, bozorlarimizga qo&#8217;shimcha mahsulot, aholiga daromad bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p>Shu bois viloyatlarda yil yakunigacha 92 ming gektarga to&#8217;qsonbosti usulida sabzavotlar ekish, bunga urug&#8217;lik va suv yetkazib berish chora-tadbirlari belgilandi. Qishloq xo&#8217;jaligi vazirligi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari iqlimga mos ekin turlari, agrotexnikasi bo&#8217;yicha ilmiy tavsiyalar berib boradi.<\/p>\n<p>Belgilangan chora-tadbirlar suv xo&#8217;jaligi sohasining barqaror ishlashi va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga, pirovardida\u00a0halqimiz farovonligini oshirishga qaratilgani qayd etildi.<\/p>\n<p>Yig&#8217;ilishda soha mutasaddilari va viloyat hokimlarining kun tartibidagi masalalar bo&#8217;yicha hisobotlari tinglandi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4252","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4252","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4252"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4252\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4253,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4252\/revisions\/4253"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4252"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4252"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4252"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}