{"id":4242,"date":"2023-10-24T10:34:56","date_gmt":"2023-10-24T08:34:56","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4242"},"modified":"2023-10-24T10:34:56","modified_gmt":"2023-10-24T08:34:56","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d1%80%d0%be%d0%b4%d0%bd%d0%be%d0%b9-%d1%8f%d0%b7%d1%8b%d0%ba-%d0%b2-%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/10\/24\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d1%80%d0%be%d0%b4%d0%bd%d0%be%d0%b9-%d1%8f%d0%b7%d1%8b%d0%ba-%d0%b2-%d0%b8\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston Prezidenti: Hech shubhasiz, azaliy qadriyatlarimiz gultoji bo&#8217;lgan ona tilimiz asrlar sinovidan bezavol o&#8217;tib kelayotgan buyuk va bebaho ma\u2019naviy boyligimizdir"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Muhtaram vatandoshlar!<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Siz, azizlarni jonajon yurtimizda keng nishonlanayotgan qutlug&#8217; ayyom \u2013 O&#8217;zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Hech shubhasiz, azaliy qadriyatlarimiz gultoji bo&#8217;lgan ona tilimiz asrlar sinovidan bezavol o&#8217;tib kelayotgan buyuk va bebaho ma\u2019naviy boyligimizdir.<img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-4244\" src=\"https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/1697906541124_1000000158jpg-1024x565.webp\" alt=\"\" width=\"640\" height=\"353\" srcset=\"https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/1697906541124_1000000158jpg-1024x565.webp 1024w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/1697906541124_1000000158jpg-600x331.webp 600w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/1697906541124_1000000158jpg-300x166.webp 300w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/1697906541124_1000000158jpg-768x424.webp 768w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/1697906541124_1000000158jpg.webp 1200w\" sizes=\"auto, (max-width: 640px) 100vw, 640px\" \/><!--more--><\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimizda o&#8217;zbek tilining davlat tili sifatidagi o&#8217;rni va ahamiyatini oshirish, uni zamon talablari asosida rivojlantirish masalasini biz milliy o&#8217;zligimizni anglash, millat ruhini saqlab qolish, yorug&#8217; kelajagimizni ta\u2019minlashning eng muhim omili, deb bilamiz. Shu ezgu maqsad yo&#8217;lidagi amaliy harakatlarimiz tufayli jamiyatimiz hayotida davlat tilining qo&#8217;llanish doirasi tobora kengayib, u xalq dilining chinakam ko&#8217;zgusiga aylanmoqda.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Ayniqsa, keyingi yillarda o&#8217;zbek tili nufuzli xalqaro anjumanlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbaridan muntazam yangrab kelayotgani barchamizga g&#8217;urur-iftixor bag&#8217;ishlash bilan birga, dunyoda ona tilimizni o&#8217;rganishga intilayotgan insonlar safini ham tobora kengaytirmoqda.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Hurmatli yurtdoshlar!<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Bugungi quvonchli ayyomda jahondagi qadimiy va boy tillardan biri bo&#8217;lgan o&#8217;zbek tilining obro&#8217;-e\u2019tibori va nufuzini yuksaltirish bo&#8217;yicha amalga oshirayotgan ishlarimiz haqida so&#8217;z yuritib, kelgusidagi muhim vazifalarimizni belgilab olishimiz tabiiydir.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Bu haqda gapirganda, avvalo, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti faoliyati zamon talablari asosida tashkil etilib, barcha sohalarda davlat tilida ish yuritish sifatini yaxshilash, xususan, axborot-kommunikatsiya yo&#8217;nalishida uni faol qo&#8217;llash borasida ijobiy natijalarga erishilayotganini ta\u2019kidlash lozim.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Ma\u2019lumki, har qanday tilni o&#8217;rganish va rivojlantirishda, birinchi navbatda, uning nazariy-metodik asoslari katta o&#8217;rin tutadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, keyingi yillarda &#8220;O&#8217;zbek tilining izohli lug&#8217;ati&#8221;, &#8220;Alisher Navoiy qomusi&#8221;, &#8220;Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi&#8221;, &#8220;Falsafa&#8221; qomusiy lug&#8217;ati, &#8220;O&#8217;zbekiston yuridik ensiklopediyasi&#8221;, &#8220;Islom ensiklopediyasi&#8221;, &#8220;Ma\u2019naviyat: asosiy tushunchalar lug&#8217;ati&#8221;, &#8220;Pedagogika: ensiklopediya&#8221;, &#8220;Tarix atamalari lug&#8217;ati&#8221;, &#8220;Adabiyotshunoslik lug&#8217;ati&#8221;, &#8220;Yuridik atamalar lug&#8217;ati&#8221; kabi 40 dan ziyod fundamental kitoblar nashr etilgani bu yo&#8217;ldagi muhim qadam bo&#8217;ldi.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Shular qatorida o&#8217;zbek tilining elektron milliy korpusi va dasturiy mahsulotlarning o&#8217;zbekcha ilovalarini yaratish, o&#8217;zbek tilini Internet tarmog&#8217;ida ommalashtirish va munosib o&#8217;rin egallashini ta\u2019minlash, davlat tilini o&#8217;rgatishga hamda matn tahririga mo&#8217;ljallangan dasturlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish bo&#8217;yicha ham jiddiy ishlar olib borilayotganini qayd etish zarur.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimizda o&#8217;zbek tili va adabiyoti yo&#8217;nalishida oliy ma\u2019lumotli kadrlar tayyorlash hajmi hamda ilmiy tadqiqotlar soni ortib bormoqda. Hozirgi kunda jami 33 ta oliygohda ushbu mutaxassislik bo&#8217;yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Oliy ta\u2019lim muassasalarida 7 ming nafardan ziyod fan nomzodlari va doktorlari, professor-o&#8217;qituvchilar o&#8217;zbek tili va adabiyotidan dars bermoqda.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Agar 1992\u20132012 yillarda, ya\u2019ni 20 yil mobaynida bu ixtisoslik bo&#8217;yicha 730 ta ilmiy ish himoya qilingan bo&#8217;lsa, so&#8217;nggi 10 yilda bu raqam 792 tani tashkil etdi.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o&#8217;zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o&#8217;rgatish va malaka oshirish markazida vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlari o&#8217;zbek adabiy tili me\u2019yorlari va imlo qoidalari bo&#8217;yicha muntazam o&#8217;qitilmoqda.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Universitetda tashkil etilgan &#8220;O&#8217;zbek maktabi&#8221;da esa yuzlab xorijlik fuqarolar ona tilimiz va milliy madaniyatimiz asoslarini katta qiziqish bilan o&#8217;rganmoqda. Bu borada keyingi yillarda nashr etilgan o&#8217;zbekcha-xitoycha, o&#8217;zbekcha-inglizcha, o&#8217;zbekcha-fransuzcha, o&#8217;zbekcha-nemischa, o&#8217;zbekcha-arabcha, o&#8217;zbekcha-forscha lug&#8217;at va so&#8217;zlashgichlar muhim rol o&#8217;ynamoqda.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Lotin grafikasi asosidagi alifbomizni takomillashtirish ishlari ham davom etmoqda. Ushbu masala yuzasidan xalqimiz, jamoatchiligimiz tomonidan bildirilgan barcha taklif va tavsiyalar jiddiy o&#8217;rganilib, muhokamadan o&#8217;tganidan so&#8217;ng tegishli qonun loyihasini yana bir bor ko&#8217;rib chiqib, parlamentga kiritish maqsadga muvofiqdir.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Aziz do&#8217;stlar!<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Biz davlat tili taraqqiyotini jahondagi yetakchi xorijiy tillar va mamlakatimizdagi turli millat vakillarining tili va madaniyatini rivojlantirish bilan bog&#8217;liq holda ko&#8217;ramiz.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda yurtimizda ta\u2019lim 7 tilda olib borilmoqda. Respublikamizdagi mavjud 1453 ta ommaviy axborot vositasi hamda yuzlab veb-saytlar orqali qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, turkman, koreys, turk, arab, ingliz, nemis va boshqa tillarda ham materiallar e\u2019lon qilinmoqda.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Biz O&#8217;zbekistonni tenglik, do&#8217;stlik va bag&#8217;rikenglik diyoriga aylantirish maqsadida turli millatga mansub fuqarolarimizning til sohasidagi huquqlarini ta\u2019minlashga qaratilgan ishlarimizni bundan buyon ham izchil davom ettiramiz.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Muhtaram yurtdoshlar!<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">O&#8217;tgan asr boshlarida ma\u2019rifatparvar jadid bobolarimiz &#8220;Tilda, fikrda, ishda birlik&#8221; degan ezgu g&#8217;oya asosida maydonga chiqib, xalqimizni mustamlaka zulmidan xalos qilish, uni zamonaviy ilm-fan, kasb-hunar va madaniyatga oshno etish bo&#8217;yicha ulkan ishlarni amalga oshirgan edilar.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Ana shunday mushtarak maqsadlar, umummilliy birlik va ahillik bugun biz uchun har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi o&#8217;ta keskin va tahlikali zamonda faqatgina shu asosda o&#8217;z milliy manfaatlarimizni qat\u2019iy himoya qilishga, jumladan, ona tilimizni asrab-avaylash va boyitish, uni ilm-fan, iqtisodiyot, ta\u2019lim, tibbiyot, axborot-kommunikatsiya, diplomatiya va boshqa muhim yo&#8217;nalishlarda ta\u2019sirchan muloqot vositasiga aylantirib, taraqqiyot sur\u2019atlariga uyg&#8217;un holda rivojlantirishga, xalqaro nufuzini munosib darajaga ko&#8217;tarishga erisha olamiz.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Binobarin, ulug&#8217; shoirimiz Erkin Vohidov aytganidek, &#8220;Ona tili \u2013 umummillat mulki. Demak, til oldidagi mas\u2019uliyat ham umummilliy bo&#8217;lib, bu yolg&#8217;iz tilshunoslarning emas, butun millatning ishi&#8221; ekanini doimo yodda tutishimiz lozim.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Fursatdan foydalanib, ana shu haqiqatni chuqur anglab, bu yo&#8217;lda sidqidildan xizmat qilayotgan, o&#8217;zbek tilining haqiqiy fidoyisi va do&#8217;sti bo&#8217;lgan barcha zahmatkash va jonkuyar insonlarga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Qadrli vatandoshlar!<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Siz, azizlarni, butun xalqimizni 21 oktyabr \u2013 O&#8217;zbek tili bayrami bilan yana bir bor samimiy qutlab, barchangizga mustahkam sog&#8217;lik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik-omonlik tilayman.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Mana shunday buyuk ma\u2019naviy boylikni yaratgan xalqimiz doimo omon bo&#8217;lsin!<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\"><strong>Shavkat Mirziyoyev,<\/strong><\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\"><strong>O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4242","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4242","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4242"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4242\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4245,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4242\/revisions\/4245"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4242"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4242"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4242"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}