{"id":4229,"date":"2023-10-16T11:05:25","date_gmt":"2023-10-16T09:05:25","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4229"},"modified":"2023-10-16T11:05:25","modified_gmt":"2023-10-16T09:05:25","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b7%d0%b0%d1%81%d0%bb%d1%83%d1%88%d0%b0%d0%bb-%d0%be%d1%82%d1%87%d0%b5","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/10\/16\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b7%d0%b0%d1%81%d0%bb%d1%83%d1%88%d0%b0%d0%bb-%d0%be%d1%82%d1%87%d0%b5\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston Prezidenti Toshkent shahridagi turar-joy va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo&#8217;yicha mutasaddilarning hisobotini tingladi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHK\u0415NT, 14-oktyabr. \/\u00abDunyo\u00bb AA\/.\u00a0<\/strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ishga tushirilgan kogeneratsiya inshootini ko&#8217;zdan kechirdi, deb xabar bermoqda \u00abDunyo\u00bb AA muxbiri.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1697301611108_1000000144jpg.webp\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u2019lumotiga ko&#8217;ra, o&#8217;tgan qishdagi anomal sovuqda issiqlik ta\u2019minotida uzilishlar ro&#8217;y berdi. Chilonzor tumanining Oqtepa va Bog&#8217;zor mahallalari vaziyat murakkab bo&#8217;lgan hududlardan edi. Bu yerda 50 ta ko&#8217;p qavatli uy, 7 ta ijtimoiy muassasa va o&#8217;nlab tadbirkorlik shoxobchalari bor.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu holatning takrorlanishiga yo&#8217;l qo&#8217;ymaslik uchun bu yerda bir vaqtning o&#8217;zida issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaradigan kogeneratsion qurilmalar ishga tushirildi. Ular soatiga 4,6 MVt elektr energiyasi hamda 29 gigakaloriyadan ortiq issiqlik ishlab chiqarish quvvatiga ega.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turkiyaning \u00abIltekno\u00bb kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilgan loyihaga Germaniyadan gaz-porshenlar hamda &#8220;Bosch&#8221; qozonlari keltirib o&#8217;rnatildi. Shuningdek, qozonxonadan iste\u2019molchilargacha bo&#8217;lgan barcha issiqlik ta\u2019minoti infratuzilmasi rekonstruksiya qilindi. Issiqlik magistrali almashtirildi, har bir turar joy binosi va ijtimoiy obyektlarda alohida issiqlik taqsimlash punktlari o&#8217;rnatildi. Jami 13 ming metr uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarini yangi, izolyatsiyali quvurlarga almashtirish hisobiga to&#8217;liq yopiq tizimga o&#8217;tkazildi va yo&#8217;qotishlardan himoya qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Loyihaning yana bir samarali jihati &#8211; issiqlik taqsimlash punktlari maxsus datchiklar bilan jihozlangan. Havo sovib yoki isib ketishiga qarab, uy ichidagi harorat mo&#8217;tadil saqlab turiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Majmua ishga tushirilishi natijasida yiliga 5,3 million metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinadi. Atmosferaga chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar 67 foiz kamayadi, oqova suv tashlanmalari esa umuman bo&#8217;lmaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bog&#8217;zor va Oqtepa mahallalaridagi transformatorlar almashtirildi, elektr uzatish tarmoqlari yangidan tortildi. Bunga qo&#8217;shimcha, ko&#8217;p qavatli uylar tepasiga quyosh panellari o&#8217;rnatilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu yerda Toshkent shahri va tegishli sohalar mutasaddilari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo&#8217;yicha axborot berdi. Davlatimiz rahbari energetika, kommunal, qurilish va servis kompaniyalari kabi barcha vositalarni safarbar qilib, ta\u2019mirlash ishlarini yakuniga yetkazish, energiya va issiqlik ta\u2019minoti barqaror qilish, bu borada xalq nazoratini yo&#8217;lga qo&#8217;yish zarurligini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4229","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4229","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4229"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4229\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4230,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4229\/revisions\/4230"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4229"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4229"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4229"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}