{"id":419,"date":"2018-02-15T15:33:01","date_gmt":"2018-02-15T13:33:01","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=419"},"modified":"2018-02-15T15:33:20","modified_gmt":"2018-02-15T13:33:20","slug":"%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d1%81%d0%ba%d0%be-%d0%ba%d0%be%d1%80%d0%b5%d0%b9%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b9-%d0%b1%d0%b8%d0%b7%d0%bd%d0%b5%d1%81-%d0%b4%d0%b8%d0%b0%d0%bb%d0%be%d0%b3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2018\/02\/15\/%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d1%81%d0%ba%d0%be-%d0%ba%d0%be%d1%80%d0%b5%d0%b9%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b9-%d0%b1%d0%b8%d0%b7%d0%bd%d0%b5%d1%81-%d0%b4%d0%b8%d0%b0%d0%bb%d0%be%d0%b3\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston \u2013 Janubiy Koreya biznes muloqoti"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<div>\n<div>Toshkentda 12 fevral kuni Koreya Respublikasi Bosh vaziri o\u2018rinbosari, strategiya va moliya vaziri Kim Dong Yon boshchiligidagi delegatsiya a\u2019zolari bilan biznes-muloqot bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/div>\n<div><!--more--><\/div>\n<div>Unda Janubiy Koreyaning Tashqi ishlar, Savdo, sanoat va energetika vazirliklari, ishbilarmon doiralarining 60 dan ziyod vakillari, O\u2018zbekistondan tashqi savdo, sarmoya, energetika, avtomobilsozlik, qurilish, kimyo, yengil sanoat, tibbiyot, ta\u2019lim, transport va transport kommunikatsiyalari, axborot texnologiyalari hamda sayyohlik sohalari uchun mas\u2019ul vazirlik va idoralar, kompaniya va konsernlar rahbarlari ishtirok etdi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o\u2018rinbosari S.Xolmurodov, Koreya Respublikasi Bosh vaziri o\u2018rinbosari, strategiya va moliya vaziri Kim Dong Yon va boshqalar O\u2018zbekiston \u2013 Janubiy Koreya hamkorligi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy sohalarda tobora rivojlanib borayotganini ta\u2019kidladi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil noyabr oyida Janubiy Koreyaga davlat tashrifidan so\u2018ng bu munosabatlar yangi sifat bosqichiga ko\u2018tarildi. Koreya Respublikasi delegatsiyasining mazkur tashrifidan ko\u2018zlangan maqsad ikki mamlakat rahbarlari uchrashuvi chog\u2018ida erishilgan kelishuvlarni ro\u2018yobga chiqarish hamda Koreyaning yirik sarmoyaviy kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirishdan iborat.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Janubiy Koreya kompaniyalari O\u2018zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. So\u2018nggi yillarda hamkorlik uchun yangi ufqlar ochildi, energetika, neft-gaz, ta\u2019lim, axborot texnologiyalari, mashinasozlik, kimyo sanoati va boshqa sohalarda qator qo\u2018shma loyihalar amalga oshirilmoqda.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Forumda O\u2018zbekistonning sarmoyaviy salohiyati haqida videorolik namoyish etildi. Investitsiyalar bo\u2018yicha davlat qo\u2018mitasi raisi A.Ahmadxo\u2018jayev mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo\u2018nalishlari va investitsiya muhitini yaxshilash bo\u2018yicha chora-tadbirlar dasturi taqdimotini o\u2018tkazdi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Muloqot chog\u2018ida tomonlar mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi o\u2018zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Janubiy Koreyaning yetakchi korporatsiyalari rahbarlari O\u2018zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar katta qiziqish uyg\u2018otayotgani, mamlakatimiz bilan aloqalarni kengaytirishdan har tomonlama manfaatdor ekanini qayd etdilar.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Janubiy Koreya delegatsiyasi, shuningdek, Toshkentdagi Inha universitetiga tashrif buyurdi. Bu yerda Koreya Respublikasi Bosh vaziri o\u2018rinbosari, strategiya va moliya vaziri Kim Dong Yon xalqlarimiz o\u2018rtasidagi do\u2018stlik munosabatlarining tarixi, axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlik haqida ma\u2019ruza qildi.<\/div>\n<\/div>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<div class=\"news-props\">Matnazar Elmurodov, O\u2018zA<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":420,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[],"tags":[],"class_list":["post-419","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/419","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=419"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/419\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":422,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/419\/revisions\/422"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/420"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=419"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=419"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=419"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}