{"id":4178,"date":"2023-10-02T09:57:49","date_gmt":"2023-10-02T07:57:49","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4178"},"modified":"2023-10-02T09:57:49","modified_gmt":"2023-10-02T07:57:49","slug":"%d0%bf%d0%be%d0%b7%d0%b4%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/10\/02\/%d0%bf%d0%be%d0%b7%d0%b4%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston Prezidentining umumxalq bayrami \u2013 O&#8217;qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tabrigi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Muhtaram ustoz va murabbiylar!<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Avvalo, sizlarni, ta&#8217;lim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlari va faxriylarini umumxalq bayrami \u2013 O&#8217;qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.<img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-4179\" src=\"https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/1696060335375_imagepng.webp\" alt=\"\" width=\"974\" height=\"537\" srcset=\"https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/1696060335375_imagepng.webp 974w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/1696060335375_imagepng-600x331.webp 600w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/1696060335375_imagepng-300x165.webp 300w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/1696060335375_imagepng-768x423.webp 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 974px) 100vw, 974px\" \/><!--more--><\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Bugun biz mamlakatimizda millati, tili, dinidan qat&#8217;i nazar, har bir inson o&#8217;z qobiliyati va iste&#8217;dodini, bilim va tajribasini ro&#8217;yobga chiqara oladigan ijtimoiy davlat barpo etmoqdamiz. Shu maqsadda barcha kuch va imkoniyatlarimizni yoshlarimizning intellektual va jismoniy kamoloti, ularning sifatli ta&#8217;lim olib, hayotda munosib o&#8217;rin egallashlari uchun safarbar etmoqdamiz.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Yaqinda Birlashgan Millatlar Tashkiloti\u00a0Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida ta&#8217;lim sohasidagi islohotlarimiz ushbu nufuzli tashkilotning &#8220;Barqaror rivojlanish maqsadlari&#8221;ga uyg&#8217;un va hamohang ekani e&#8217;tirof etilgani barchamizni albatta xursand qiladi.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Bu yil yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ilk bor o&#8217;qituvchi maqomi alohida belgilanib, ta&#8217;lim tizimini rivojlantirish davlatning bosh vazifalari qatoriga kiritilgani bejiz emas. Chunki,<strong>\u00a0jamiyat hayotida o&#8217;qituvchining o&#8217;rni va ta&#8217;siri oshsa \u2013 maktabning obro&#8217;yi oshadi, ilm-fan, ta&#8217;lim va tarbiya sohasining qadri ko&#8217;tariladi. Muallimning obro&#8217;-e&#8217;tibori esa bu millatning, butun xalqning obro&#8217;-e&#8217;tiboridir.<\/strong><\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">So&#8217;nggi yillarda birgalikdagi sa&#8217;y-harakatlarimiz tufayli mamlakatimizda ko&#8217;plab yangi bog&#8217;chalar, maktab va oliygohlar barpo etilmoqda. Ta&#8217;lim-tarbiya va ilm-fan muassasalarining moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati mustahkamlanmoqda. Darslik va o&#8217;quv qo&#8217;llanmalarining yangi avlodi yaratilmoqda.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Soha xodimlarining mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash va rag&#8217;batlantirish doimiy e&#8217;tiborimiz markazida bo&#8217;lib kelmoqda. Oxirgi yetti yilda maktabgacha ta&#8217;lim bo&#8217;yicha qamrov darajasini\u00a027 foizdan 72 foizga, oliy ta&#8217;limda esa 9 foizdan 42 foizga, oliygohlarimiz sonini 77 tadan 212 taga yetkazishga erishganimiz, hech shubhasiz, eng muhim yutug&#8217;imizdir.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Ta&#8217;lim-tarbiya sohasida qabul qilgan dasturlarimiz asosida keyingi vaqtda 261 ta yangi o&#8217;rta ta&#8217;lim muassasasini qurish,\u00a02,5 mingta maktabni kengaytirish hisobidan qo&#8217;shimcha 700 mingta o&#8217;quvchi o&#8217;rni yaratilganini ta&#8217;kidlash lozim.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Bu yil xorijdan taklif etilgan 500 nafar chet tili mutaxassisi maktablarimizda ish boshladi. Kelgusi yillarda ularning sonini 3 barobar oshiramiz, 10-11-sinflarda bir qator fanlarni o&#8217;quvchilarning tanlovi asosida chuqurlashtirib o&#8217;qitishni yo&#8217;lga qo&#8217;yamiz.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Ta&#8217;lim sohasi xodimlarining o&#8217;rtacha ish haqi 2 barobar ko&#8217;paytiriladi. Ming nafar tarbiyachi va o&#8217;qituvchilar xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladi. O&#8217;qituvchilarni ishga qabul qilish, ularning malakasini oshirish va toifa berish tizimi ham takomillashtiriladi. Biz farzandlarimizni milliy g&#8217;urur, Vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratamiz.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Qadrli do&#8217;stlar!<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda mamlakatimizda maktab ta&#8217;limini qo&#8217;llab-quvvatlash va rivojlantirish umummilliy harakatga aylanib bormoqda. Xususan, navoiylik Abdukarim Saksonov,\u00a0samarqandlik Quyosh Haqberdiyev, Ilhom Rustamov, buxorolik\u00a0Oybek Namozov, qashqadaryolik Nurbek Ergashev kabi o&#8217;nlab tadbirkorlarimiz o&#8217;z hududlarida yangi maktablar qurgani, ta&#8217;lim dargohlarini kapital rekonstruksiya qilib, zamonaviy asosda jihozlab bergani, ohangaronlik oqsoqol shoirimiz Barot ota Isroilov esa hovlisida kutubxona ochib, uni o&#8217;z hisobidan\u00a010 mingta kitob bilan ta&#8217;minlab, bu ma&#8217;rifat maskanini qishloq o&#8217;quvchilariga sovg&#8217;a qilgani har qancha tahsinga sazovor.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Saflari tobora ko&#8217;payib borayotgan mana shunday insonlar siymosida biz jadid bobolarimizning munosib davomchilarini, ularning ushalayotgan orzu va intilishlarini, Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini ko&#8217;ramiz.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Imkoniyatdan foydalanib, bunday fidoyi, saxovatli yurtdoshlarimizga samimiy minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Muhtaram yurtdoshlar!<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Taraqqiyotimiz dasturi bo&#8217;lmish\u00a0<strong>&#8220;O&#8217;zbekiston \u2013 2030&#8221;<\/strong>\u00a0strategiyasida sizlar bilan birga ta&#8217;lim tizimini yana-da rivojlantirish bo&#8217;yicha yangi maqsad va rejalarni belgilab oldik.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Ana shu ustuvor vazifalarni amalga oshirish, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas&#8217;uliyatni zimmasiga olishga qodir yangi avlodni tarbiyalash barchamizdan katta kuch-g&#8217;ayrat, azmu shijoat bilan mehnat qilishni talab etadi.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Mana shunday sharafli vazifani ado etishda men siz, muhtaram ustoz va murabbiylarga har tomonlama yordam va ko&#8217;mak berishga tayyor ekanimni yana bir bor izhor etib, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, olijanob faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">Hamisha sog&#8217;-omon bo&#8217;ling, muhtaram ustozlar!<\/p>\n<p class=\"ql-align-justify\" style=\"text-align: justify;\">\n<p class=\"ql-align-right\" style=\"text-align: justify;\"><strong>Shavkat MIRZIYOYEV,<\/strong><\/p>\n<p class=\"ql-align-right\" style=\"text-align: justify;\"><strong>O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4178","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4178","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4178"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4178\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4180,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4178\/revisions\/4180"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4178"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4178"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4178"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}