{"id":4166,"date":"2023-09-26T10:21:00","date_gmt":"2023-09-26T08:21:00","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4166"},"modified":"2023-09-26T10:23:04","modified_gmt":"2023-09-26T08:23:04","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%be%d1%82%d1%80%d0%b5%d0%bb-%d0%bf%d1%80-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/09\/26\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%be%d1%82%d1%80%d0%b5%d0%bb-%d0%bf%d1%80-3\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston rahbari Italiya sobiq Prezidenti, yirik davlat va jamoat arbobi, senator Jorjo Napolitano vafot etgani munosabati bilan ta&#8217;ziya yo&#8217;lladi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHKENT, 25 sentyabr. \/&#8221;Dunyo&#8221; AA\/.<\/strong>\u00a0Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun temir yo&#8217;l sohasini isloh qilish bo&#8217;yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yig&#8217;ilish o&#8217;tkazdi,\u00a0deb\u00a0xabar bermoqda &#8220;Dunyo&#8221; AA muxbiri.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/api.dunyo.info\/files\/poster\/1695666193527_1png.webp\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma&#8217;lumotiga ko&#8217;ra, so&#8217;nggi yetti yilda mamlakatimizda sanoat korxonalari ko&#8217;payib, 110 mingtaga yetdi. 2 mingdan ziyod yangi mahsulot ishlab chiqarish yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. Eksport hajmi 1,6 barobar oshib, o&#8217;tgan yili 19 milliard dollarga yetdi. Bularning natijasida mamlakatimizda yuk aylanmasi 30 foizga oshgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ma&#8217;lumki, O&#8217;zbekiston kabi dunyo okeanlariga to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri chiqish imkoni yo&#8217;q mamlakatlar uchun eng qulay va arzon transport bu \u2013 temir yo&#8217;l hisoblanadi. Lekin hozir ichki bozorda mahsulotning atigi 5 foizi, eksportda esa 45 foizi poyezdda tashilayapti. Ya&#8217;ni, &#8220;O&#8217;zbekiston temir yo&#8217;llari&#8221; aksiyadorlik jamiyati avtomobilda yuk tashishga raqobat qila olmayapti.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Chunki soha uzoq yillar isloh qilinmadi, zamonaviy boshqaruv tizimi joriy etilmadi. Shu bilan birga, halqaro maydondagi vaziyat hisobiga transport-logistika xarajatlari ham oshgan. Oqibatda jamiyatning daromadi ham, xizmatlar sifati ham past bo&#8217;lib qolmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jumladan, vagonlar yetishmovchiligi va ularni ko&#8217;plari eskirganligi aytib o&#8217;tildi. Hozirgi tariflar va boshqaruv tizimi bilan sohaga xususiy sektor kirishi qiyin. Aksariyat stansiyalarning daromadi o&#8217;z xarajatini qoplamaydi. Raqamlashtirish darajasi pastligicha qolayapti. Vokzallarda savdo va servis lozim darajada yo&#8217;lga qo&#8217;yilmagan. Xavfsizlik vaji bilan markaziy vokzallarga kirib-chiqish imkoniyati cheklangan. Avtoturargohlar uzoq joylashgani, chipta sotishdagi korrupsiya, vagonlardagi sharoit va xizmatdan aholi norozi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shular qayd etilar ekan, yig&#8217;ilishda sohani isloh qilish bo&#8217;yicha takliflar muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Unga ko&#8217;ra, &#8220;O&#8217;zbekiston temir yo&#8217;llari&#8221; aksiyadorlik jamiyatini xoldingga aylantirib, zamonaviy boshqaruvni joriy qilish, infratuzilma, yuk vagonlari va logistika, yo&#8217;lovchi tashish xizmatlari hamda vokzallar boshqaruvini bir-biridan ajratib, alohida korxonalar tashkil qilish mo&#8217;ljallanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari bu takliflarni ma&#8217;qullab, sohadagi samaradorlikni oshirish bo&#8217;yicha qo&#8217;shimcha ko&#8217;rsatmalar berdi. Buxgalteriyani shaffof qilib, korxonalarga davlat kafolatisiz investitsiyalar va xorijiy ekspertlarni jalb etish zarurligi ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sohada xususiy sektor uchun jozibador tariflar shakllantirilishi, tadbirkorlarning vagon sotib olishi uchun kreditlar ajratilishi belgilandi. Shuningdek, markaziy vokzallar atrofida zamonaviy savdo majmualari qurish mumkin bo&#8217;ladi, vokzallardagi joylar ijara uchun auksionga chiqariladi. Temir yo&#8217;l stansiyalari atrofida bo&#8217;sh joylar aniqlanib, logistika xizmatlari va ishlab chiqarish loyihalari joylashtiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda &#8220;yagona darcha&#8221; tamoyili orqali yuk hujjatlarini elektron rasmiylashtirish, vagonlarga GPS o&#8217;rnatish va onlayn ombor axborot tizimini ishga tushirish vazifasi qo&#8217;yildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8220;O&#8217;zbekiston temir yo&#8217;llari&#8221;ning nosohaviy aktivlarini qayta ko&#8217;rib chiqish, ularni sotishdan tushgan mablag&#8217;lar temir yo&#8217;l infratuzilmasini yaxshilashga yo&#8217;naltirish muhimligi ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Poyezdlarning katta qismi poytaxt va viloyat markazlariga kirib kelishi oqibatida stansiyalarda tirbandlik yuqori bo&#8217;layotgani ko&#8217;rsatib o&#8217;tildi. Shu bois yuk stansiyalarini shaharlardan tashqariga ko&#8217;chirish imkoniyatini o&#8217;rganish zarurligi qayd etildi. Bu shaharlarda yuk mashinalari harakati kamayishiga, tumanlarga qo&#8217;shimcha investitsiya kirishiga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Transport prokuroriga barcha temir yo&#8217;l kesishmalarini tartibga olib, fuqarolar va harakat xavfsizligini ta&#8217;minlash bo&#8217;yicha ko&#8217;rsatma berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xodimlar malakasi, xizmatlar sifati masalalariga ham to&#8217;xtalib o&#8217;tildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari sohadagi islohotlar orqali aholi va tadbirkorlarni rozi qiladigan tizim yaratish zarurligini ta&#8217;kidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mutasaddilar yig&#8217;ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan axborot berdi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-4166","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-shavkat-mirziyoyev"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4166","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4166"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4166\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4167,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4166\/revisions\/4167"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4166"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4166"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4166"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}