{"id":4126,"date":"2023-09-13T10:31:03","date_gmt":"2023-09-13T08:31:03","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4126"},"modified":"2023-09-13T10:31:03","modified_gmt":"2023-09-13T08:31:03","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bd%d0%b5%d0%be%d0%b1%d1%85%d0%be%d0%b4%d0%b8%d0%bc%d0%be-%d0%b2%d0%bd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/09\/13\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bd%d0%b5%d0%be%d0%b1%d1%85%d0%be%d0%b4%d0%b8%d0%bc%d0%be-%d0%b2%d0%bd\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti: Yo\u2018l qurilishiga yangicha yondashuvlarni joriy qilib, sifatni oshirish, sohani raqamlashtirish va xususiy sektorni keng jalb qilish kerak"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun yo\u2018l xo\u2018jaligi tizimini isloh qilish masalalari bo\u2018yicha yig\u2018ilish o\u2018tkazdi, deb\u00a0 xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1694551020.8164.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati\u00a0 ma\u02bclumotiga ko\u2018ra, so\u2018nggi 6 yilda mamlakatimizda yo\u2018llar qurish va ta\u02bcmirlashga ajratilayotgan mablag\u2018lar 3 karra oshgan. Avtomobil yo\u2018llari qo\u2018mitasi tarkibidagi korxonalarga 2 mingdan ziyod maxsus texnika xarid qilingan. Bular orqali 65 ming kilometr yo\u2018llar qurilgan va ta\u02bcmirlangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018tgan yildan \u201cMening yo\u2018lim\u201d loyihasi ham boshlanib, ichki ko\u2018chalar aholi takliflari asosida qurilib ta\u02bcmirlanadigan tizim joriy qilindi. Shu yilning o\u2018zida 470 ta mahalladagi ichki yo\u2018llar uchun 410 milliard so\u2018m yo\u2018naltirildi. Natijada 3\u00a0million 600\u00a0ming aholining mushkuli oson bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Umuman, 3 mingga yaqin mahalla yo\u2018llariga ilk bor asfalt yotqizildi, yana 2 mingta mahalladagi tuproq yo\u2018llar shag\u2018al qoplamaga o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Lekin sohada bir qator tizimli muammolar ham bor. Asosiy kamchiliklardan biri \u2013 qurilayotgan yo\u2018llarning sifatsizligi. Yangi yo\u2018llar ko\u2018p o\u2018tmay yaroqsiz ahvolga kelayotgani uchun yana ta\u02bcmirlanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yo\u2018llarni loyihalash me\u02bcyorlari eskirgan. Ularning katta-kichikligi yoki hududlarning iqlim sharoitiga qaramay, bir xil andoza qo\u2018llanmoqda. Loyihalarda yo\u2018l bo\u2018yi infratuzilmasi nazarda tutilmagani bois, aksariyat savdo va servis shoxobchalari tartibsiz joylashgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sifat pastligining yana bir sababi \u2013 yo\u2018l nazoratining sustligi. Bu boradagi hozirgi talablar shundayki, texnik nazoratchilar asosiy vaqtini yo\u2018lning sifatini tekshirishga emas, pudratchining hujjatlarini o\u2018rganishga sarflaydi. Yo\u2018l qurilishida zamonaviy texnikalarni boshqara oladigan malakali kadrlar yetishmaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yo\u2018llarni monitoring qilishning avtomatlashgan tizimi yo\u2018qligi sababli qaysi yo\u2018ldan qanday hajmda yuk o\u2018tayotgani ma\u02bclum emas. Yo\u2018llarda uning yuk ko\u2018tarish imkoniyatidan og\u2018ir bo\u2018lgan transportlar ham harakatlanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig\u2018ilishda shu kabi muammolar tahlil qilinib, yangi chora va takliflar ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013\u00a0Sifatli yo\u2018l odamlarning kayfiyati va iqtisodiyotimiz \u201carteriyasi\u201d hisoblanadi. Shu bois yo\u2018l qurilishiga yangicha yondashuvlarni joriy qilib, sifatni oshirish, sohani raqamlashtirish va xususiy sektorni keng jalb qilish kerak, \u2013 dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig\u2018ilishda avtomobil yo\u2018llarini loyihalash, qurish, ta\u02bcmirlash va saqlash bo\u2018yicha vazifalar belgilandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Avvalo, loyihalashni kompleks yondashuv asosida takomillashtirish zarurligi ta\u02bckidlandi. Ya\u02bcni, bugungi kun talabidan kelib chiqib, avtomobillar to\u2018xtash joyi, yoqilg\u2018i quyish shoxobchasi, ovqatlanish, savdo va texnik xizmat ko\u2018rsatish obyektlari qayerda joylashishi, qayerda daraxt ekilishi loyihaning o\u2018zida mujassam bo\u2018lishi kerak.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari yo\u2018l qurilishida \u201cresurs\u201d usulidan \u201chajm\u201d usuliga o\u2018tish taklifini qo\u2018llab-quvvatladi. Bu borada Xalqaro konsultant muhandislar federatsiyasi standartlari qo\u2018l keladi. Unga ko\u2018ra, maxsus sertifikatga ega muhandislar yo\u2018l qurilishidagi barcha jarayonlarni nazorat qiladi va yakuniy sifatga javob beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ichki yo\u2018llarni qurish va ta\u02bcmirlash uchun byudjet mablag\u2018lari faqat \u201cMening yo\u2018lim\u201d dasturi orqali ajratilishi aytildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013\u00a0Endi qayerda ichki yo\u2018l qurish, qaysini ta\u02bcmirlashni odamlarimizning o\u2018zi hal qiladi. Shunday qilsak, loyihani tanlab olishda va sifatni ta\u02bcminlashda ochiqlik bo\u2018ladi, to\u2018liq jamoatchilik nazorati o\u2018rnatiladi, \u2013 dedi Prezident.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kelgusi yil mazkur dastur uchun kamida 800 milliard so\u2018m ajratilishi belgilandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ma\u02bclumki, rivojlangan mamlakatlarda ham yo\u2018llarni qurish yoki ta\u02bcmirlash to\u2018liq davlat hisobidan amalga oshirilmaydi. Yurtimizda xususiy sheriklik bo\u2018yicha qonuniy asoslar yaratilgan bo\u2018lsa-da, yo\u2018l sohasida bu jarayon sust ketmoqda. Shu bois investorlarga qo\u2018yiladigan shartlar va davlatning majburiyatlarini aniq belgilab, yo\u2018l loyihalariga xususiy sheriklarni faol jalb qilish zarurligi qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuncha mablag\u2018 va mehnat bilan qurilayotgan yo\u2018llarni sifatli saqlash ham zarur. Masalan, chet ellarda yo\u2018llarda yuk transportlari vaznini o\u2018lchaydigan nazorat tarozilari o\u2018rnatiladi. Bunday tarozilarni mamlakatimizda ham xususiy sheriklik asosida o\u2018rnatish taklifi bildirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shaharlardagi yo\u2018llarni saqlash va atrofini ko\u2018kalamzorlashtirish uchun obodonlashtirish boshqarmalari maxsus texnikalar bilan ta\u02bcminlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda yo\u2018llarda huquqbuzarliklarni qayd etuvchi 2 ming 500 dan ziyod kamera va radarlar o\u2018rnatilgan. Aholi yashash joylarida cheklangan tezlik 60 kilometr-soatga tushirilgan. Natijada yo\u2018l-transport hodisalari 30 foizga kamaygan. Haydovchilarga qulaylik yaratish uchun \u201caqlli chorraha\u201d va \u201caqlli svetofor\u201d boshqaruv tizimlarini kengroq joriy qilish zarurligi aytildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tumanlarda yo\u2018l va ko\u2018priklar qurish va ta\u02bcmirlash bo\u2018yicha uch yillik dastur qabul qilish, yo\u2018l korxonalarini moliyaviy sog\u2018lomlashtirish va moddiy-texnik bazasini yaxshilash yuzasidan topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Umuman, yig\u2018ilishda qayd etilgan barcha choralarni inobatga olgan holda, avtomobil yo\u2018llari sohasini rivojlantirish bo\u2018yicha qaror loyihasi ishlab chiqish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Soha mutasaddilari va viloyat hokimlari kun tartibidagi masalalar bo\u2018yicha axborot berdi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-4126","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4126","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4126"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4126\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4127,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4126\/revisions\/4127"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4126"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4126"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4126"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}