{"id":4092,"date":"2023-08-30T19:32:43","date_gmt":"2023-08-30T17:32:43","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4092"},"modified":"2023-08-30T19:32:43","modified_gmt":"2023-08-30T17:32:43","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bd%d0%b0%d1%88%d0%b0-%d1%86%d0%b5%d0%bb%d1%8c-%d0%be%d0%b4%d0%bd%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/08\/30\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bd%d0%b0%d1%88%d0%b0-%d1%86%d0%b5%d0%bb%d1%8c-%d0%be%d0%b4%d0%bd%d0%b0\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti: Bizning maqsadimiz bitta: u ham bo\u2018lsa, Yangi O\u2018zbekistonda xalqimiz yayrab ishlaydigan, hayotdan rozi bo\u2018lib, yayrab yashaydigan davlat qurishdan iborat"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHK\u0415NT, 30-avguvst. \/\u00abDunyo\u00bb AA\/.<\/strong>\u00a0Bugun \u00abKo\u2018ksaroy\u00bb qarorgohida davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo\u2018lib o\u2018tdi, deb\u00a0 xabar bermoqda\u00a0 \u00abDunyo\u00bb AA muxbiri.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1693401043.5462.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati yozganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, O\u2018zbekiston mustaqilligining o\u2018ttiz ikki yilligi munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan, chet ellik investorlar \u00abDo\u2018stlik\u00bb ordeni bilan mukofotlangan edi.<br \/>\nO\u2018zbekiston yetakchisi marosim ishtirokchilarini avvalo Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, ezgu tilaklarini izhor etdi. Bu davrda mamlakatimiz katta taraqqiyot yo\u2018lini bosib o\u2018tgani, barcha sohalarda o\u2018zgarishlar bo\u2018layotgani ta\u2019kidlandi.<br \/>\n\u2013 Xalq manfaatini ta\u2019minlash, inson qadrini ulug\u2018lashga qaratilgan harakatlarni davom ettirish maqsadida \u00abO\u2018zbekiston \u2013 2030\u00bb strategiyasini ishlab chiqdik. Uning loyihasini muhokamaga qo\u2018yganimizda 1 milliondan ko\u2018p takliflar kelib tushdi. Bu nimadan dalolat? Xalqimiz befarq emas. Yo\u2018nalishlarimizni, kamchiliklarimizni ko\u2018rsatib beryapti. Bu biz uchun \u00abyo\u2018l xaritasi\u00bb. Davlatga eng katta hakam \u2013 xalq, \u2013 dedi Prezident.<br \/>\nBu muhim hujjatda Vatanimiz mustaqilligini va tinchligini asrash, kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, xalqimiz hayotini obod va farovon qilish, farzandlarimizni barkamol etib tarbiyalash vazifalari belgilangan.<br \/>\n\u2013 Sodda qilib aytganda, bizning maqsadimiz bitta: u ham bo\u2018lsa, Yangi O\u2018zbekistonda xalqimiz yayrab ishlaydigan, hayotdan rozi bo\u2018lib, yayrab yashaydigan davlat qurishdan iborat, \u2013 dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.<br \/>\nBuning zamini, avvalo, tinchlik, barqarorlik. Xalqimiz buning qadriga yetib, intilish, mehnat ruhida yashamoqda. Yangi-yangi zamonaviy sanoat korxonalari ishga tushirilmoqda. Ilm-fan, texnologiyalar, xizmat ko\u2018rsatish borasida muhim natijalar qo\u2018lga kiritilmoqda. 2022 yil yakunlariga ko\u2018ra, mamlakatimizning iqtisodiy o\u2018sish ko\u2018rsatkichi 5,7 foizni tashkil etdi.<br \/>\nBugungi kunda yurtimizning barcha hududlarida shinam uy-joylar, yo\u2018l va ko\u2018priklar, shifoxonalar, bog\u2018cha, maktab, madaniyat va sport markazlari bunyod etilmoqda. Tabiat qiyinchiliklariga qaramasdan, qishloq xo\u2018jaligi ekinlaridan mo\u2018l hosil olinib, oziq-ovqat xavfsizligini, xalqimiz dasturxoni to\u2018kinligini ta\u2019minlashga erishilmoqda.<br \/>\nShular haqida gapirar ekan, Prezidentimiz ulug\u2018 mutafakkir Alisher Navoiy bobomizning \u00abBu dunyoda insonlarning dardu tashvishlarini o\u2018ylab yashash \u2013 odamiylikning eng oliy mezonidir\u00bb, degan so\u2018zlarini keltirdi.<br \/>\nBuning ifodasini aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga, jumladan, keksa avlod vakillari, ayollar va yoshlarga g\u2018amxo\u2018rlikda yaqqol ko\u2018rish mumkin. Kam ta\u2019minlangan oilalarni qo\u2018llab-quvvatlash, sifatli ta\u2019lim berish, zamonaviy kasb-hunarlarga o\u2018rgatish, infratuzilmani yaxshilash hisobidan respublikamizda kambag\u2018allik darajasi sezilarli pasaymoqda.<br \/>\nDavlatimiz rahbari mahallalardagi ishlarni, odamlarning faolligini qayd etdi.<br \/>\n\u2013 Biz birinchi kundan xalq ichiga kirib boryapmiz. Ko\u2018p tizimlarni mahallaga tushiryapmiz. Nimaga? Mahalla \u2013 davlatchiligimizning zamini. Agar 9 ming 400 ta mahalla tinch bo\u2018lsa, yurtimiz tinch bo\u2018ladi. Investitsiya ham, ta\u2019lim-tarbiya, qurilish, obodonlashtirish ham mahallada bo\u2018lsa, qanday o\u2018zgarish bo\u2018ladi?! Mana, \u00abOchiq budjet\u00bb orqali odamlar o\u2018z muammosini olib chiqib, ovoz berib, o\u2018zi nazorat qilyapti. Shuning uchun mahalla tizimini rivojlantirish bo\u2018yicha ishlarimizni qat\u2019iy davom ettiramiz, \u2013 dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.<br \/>\nPrezident marosimga yig\u2018ilganlarni nomma-nom tilga olib, davlat mukofotlari bilan tabrikladi. Ularni Yangi O\u2018zbekistonning chinakam bunyodkorlari sifatida qadrlashini ta\u2019kidlab, fidokorona mehnati, yosh avlodga ibrati uchun minnatdorlik bildirdi.<br \/>\n\u2013 Baxt nima o\u2018zi? Farzandlar bag\u2018rida sog\u2018-salomat yurish, oilada, el-yurtda aziz bo\u2018lish, halol qilgan mehnatingning qadrini ko\u2018rish. Butun xalqimiz sizlar bilan faxrlanadi, sizlarga havas bilan qaraydi. Ilohim, mana shunday obro\u2018, mana shunday hurmat-e\u2019tibor sizlarni hech qachon tark etmasin, \u2013 dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.<br \/>\nShundan so\u2018ng, mukofotlanganlarga faxriy unvon, orden va medallar tantanali ravishda topshirildi.<br \/>\nMa\u2019lumki, milliy o\u2018zligimizni anglash nuqtai nazaridan, Prezidentimiz tashabbusi bilan \u201cImom Buxoriy\u201d ordeni ta\u2019sis etilgan. Yurtimiz va mintaqamizda muqaddas islom dinini asrash, ilmiy merosni o\u2018rganish va musulmonlarga yetkazish yo\u2018lida ma\u2019naviy jasorat ko\u2018rsatib yashagan ikki buyuk vatandoshimiz, marhum muftiylar \u2013 shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon hamda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari \u00abOliy Darajali Imom Buxoriy\u00bb ordeni bilan mukofotlangan edi. Tadbirda ularning farzandlariga ushbu tabarruk nishon topshirildi.<br \/>\nEl-yurtimizda hurmatga sazovor nuroniylar, davlat xizmatchilari, olim va pedagoglar, tadbirkorlar, sanoatchilar, ijodkor va san\u2019atkorlar, harbiylar, sportchi va murabbiylar mukofotlarni qabul qilib oldi.<br \/>\nPrezidentimiz ularni tabriklab, samimiy dil so\u2018zlari va tilaklarini aytdi.<br \/>\n\u2013 Bugun men sizlarning ochiq chehrangiz, baxtiyor ko\u2018zlaringizni, sizlardagi baland ruhni ko\u2018rib, ochig\u2018ini aytsam, go\u2018yoki o\u2018zim ham mukofot olgandek xursand bo\u2018lib turibman. Niyatim: ko\u2018ksingizga yarashib turgan mana shu yuksak unvon va nishonlar sizlarga yangi-yangi kuch-g\u2018ayrat baxsh etsin, \u2013 dedi Prezident.<br \/>\nMukofotlanganlar yuksak e\u2019tibor uchun minnatdorlik bildirib, xalqimizga ezgu tilaklar bildirdi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-4092","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4092","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4092"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4092\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4093,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4092\/revisions\/4093"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4092"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4092"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4092"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}