{"id":4073,"date":"2023-08-18T16:28:32","date_gmt":"2023-08-18T14:28:32","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4073"},"modified":"2023-08-18T16:28:32","modified_gmt":"2023-08-18T14:28:32","slug":"%d0%b8%d1%82%d0%be%d0%b3%d0%b8-%d0%bf%d0%be%d0%bb%d1%83%d0%b3%d0%be%d0%b4%d0%b8%d1%8f-2023-%d1%80%d0%b5%d0%b7%d1%83%d0%bb%d1%8c%d1%82%d0%b0%d1%82%d1%8b-it-park","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/08\/18\/%d0%b8%d1%82%d0%be%d0%b3%d0%b8-%d0%bf%d0%be%d0%bb%d1%83%d0%b3%d0%be%d0%b4%d0%b8%d1%8f-2023-%d1%80%d0%b5%d0%b7%d1%83%d0%bb%d1%8c%d1%82%d0%b0%d1%82%d1%8b-it-park\/","title":{"rendered":"2023-YILNING BIRINCHI YARIM YILLIK NATIJALARI:  IT-PARK KO\u2018RSATKICHLARI"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston IT sohasi jadal rivojlanib, yangi marralarga erishmoqda. Mamlakat salohiyati muvaffaqiyatli ishga solinib, xorijiy kompaniyalarni jalb etish uchun tobora ko\u2018proq imkoniyatlar yaratilmoqda. IT Park Uzbekistan ushbu soha rivojiga o\u2018zining munosib hissasini qo\u2018shmoqda. 2023-yilning birinchi yarmidagi ma\u02bclumotlar IT yo\u2018nalishida ijobiy dinamika kuzatilayotganidan dalolat beradi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-4074\" src=\"https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/08\/108555ad-8231-a4cf-acc0-69ad1ea351bc-1024x683.jpg\" alt=\"\" width=\"640\" height=\"427\" srcset=\"https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/08\/108555ad-8231-a4cf-acc0-69ad1ea351bc-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/08\/108555ad-8231-a4cf-acc0-69ad1ea351bc-600x400.jpg 600w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/08\/108555ad-8231-a4cf-acc0-69ad1ea351bc-300x200.jpg 300w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/08\/108555ad-8231-a4cf-acc0-69ad1ea351bc-768x512.jpg 768w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/08\/108555ad-8231-a4cf-acc0-69ad1ea351bc-1536x1024.jpg 1536w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2023\/08\/108555ad-8231-a4cf-acc0-69ad1ea351bc-2048x1366.jpg 2048w\" sizes=\"auto, (max-width: 640px) 100vw, 640px\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><u>XIZMATLAR EKSPORTI<\/u><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2023-yil 1-yarim yilligidagi eksport 2022-yilning yillik eksportidan oshib ketdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">IT Park rezidentlari eksporti hajmi o\u02bbtgan yilning 1-yarim yilligiga nisbatan 2,7 baravarga o\u2018sib, 145,3 million AQSH dollarini tashkil etdi. Ta\u02bckidlash joizki, 1-yarim yil yakunlari bo\u02bbyicha eksport hajmi 2022-yildagi 140.9 million dollarni tashkil etgan yillik eksportdan oshib ketdi. 2023-yilning 1-yarim yilligidagi eksport ulushining 45% AQShga, 14% Buyuk Britaniyaga, 8% Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga, 33% Singapur, BAA, Shvetsiya, Kanada, Koreya kabi davlatlarga to\u02bbg\u02bbri keladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yo\u2018nalishlar bo\u2018yicha IT-xizmatlar eksporti tuzilmasini tahlil qilganda, rezidentlarning BPO xizmatlarining daromadlari 2022-yilning 1-yarim yilligi bilan solishtirganda yuqori qo\u2018shimcha qiymatga ega xizmatlarga, xususan, dasturiy ta\u2019minot va o\u2018yin ishlab chiqish xizmatlariga o\u2018zgarganligi kuzatilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">BPO xizmatlari jami eksportdagi ulushining 2022-yilda 63% dan 2023-yilda 20% gacha kamayganini ko\u2018rish mumkin, ammo o\u2018yin ishlab chiqarish kabi yo\u2018nalishlarda eksportning sezilarli o\u2018sishini hisobga olgan holda, 15,2 million AQSH dollarini tashkil etdi (ushbu ko\u2018rsatkich 0,9 million AQSH dollaridan 16,7 baravarga o\u2018sdi). Dasturiy mahsulotlar eksporti 60 million AQSH dollarini (15,7 million dollardan 3,8 baravarga o\u2018sdi), texnik qo\u2018llab-quvvatlash xizmatlari esa 10,8 million AQSH dollarini (1,8 million dollardan 6 baravarga o\u2018sish) tashkil etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Joriy yilning 1-yarim yilligi natijalariga binoan, 2023-yilning yakunigacha IT eksportning umumiy hajmi 300 million AQSH dollarini tashkil etishi kutilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><u>XIZMATLAR HAJMI<\/u><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Rezidentlar tomonidan ko\u2018rsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi 5,4 trillion so\u2018mni tashkil etdi. 2022-yilning 1-yarim yilligida xizmatlar hajmi 2,2 trln. so\u2018mni tashkil etib, 2,4 barobarga o\u2018sish kuzatildi. Eslatib o\u2018tamiz, 2022-yilning butun davrida ko\u2018rsatilgan xizmatlar hajmi 5,8 trln. so\u2018mni tashkil etgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><u>REZIDENTLAR SONI<\/u><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2023-yilning birinchi yarim yillik yakuniga ko&#8217;ra, IT Park rezidentlarining umumiy soni 1424 ta kompaniya bo\u02bblib, ulardan 986 tasi Toshkent shahrida, 438 tasi esa respublika hududlarida ro\u02bbyxatga olingan. Ulardan 296 tasi ta\u02bclim kompaniyalari hisoblanadi, 213 tasi xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalarga to\u02bbg\u02bbri keladi. Birinchi yarim yillikda eksportyor IT-Park rezident kompaniyalari soni 442 taga yetdi, bu o\u2018tgan yilga nisbatan 2,2 barobar ko\u2018pdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yilning birinchi yarmida 408 ta kompaniya IT Park rezidenti maqomini olgan bo\u2018lsa, 200 ta kompaniya ushbu maqomdan, 144 ta kompaniya rezident maqomini olishdan mahrum etilgan. IT-Park rezidentlari maqomidan mahrum etilishiga o\u2018z majburiyatlarini bajarmaganligi sabab bo\u2018lgan, xususan, 84 ta kompaniya 2022-yil uchun auditorlik xulosasini taqdim etmagan, qolgan 116 nafar IT-park rezidentlari esa 2023-yil uchun choraklik hisobotini taqdim etmagan. Shu bilan birga, IT-Park rezidentlarga nisbatan imtiyozlar qo\u2018llashni bekor qilish, ularni davlat byudjetiga to\u2018lash majburiyatlari tiklangan holda chora-tadbirlar ko\u2018rish maqsadida soliq organlariga ularning ro\u2018yxati bilan bildirishnoma yuborildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><u>TA\u2019LIM KOMPANIYALAR SONI:<\/u><\/strong><strong> 296<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><u>XORIJIY KAPITAL ISHTIROKIDAGI KOMPANIYALAR SONI:<\/u><\/strong><strong> 213<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><u>ISH O&#8217;RINLARI SONI:<\/u><\/strong><strong> 22 140<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, taqdim etilayotgan imtiyozlar tufayli IT Park rezidentlari tomonidan joriy yilning birinchi yarmida 4100 dan ortiq ish o\u2018rni yaratildi. Ish bilan ta\u2019minlanganlarning umumiy soni 22 ming 140 nafardan ortiq mutaxassisni tashkil etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><u>KOMPANIYALAR UCHUN IMKONIYATLAR<\/u><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>KORPORATIV SOLIQ \u2013 0%<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>IJTIMOIY SOLIQ \u2013 0%<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>DAROMAD SOLIG\u2019I \u2013 7,5%<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>XIZMATLAR BO\u2018YICHA QQS \u2013 YO\u2018Q<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2023-yilda O\u2018zbekistonga yangi IT-kompaniyalarni jalb qilish va mavjud IT Park rezidentlarini yangi bozorlarga chiqishda qo\u2018llab-quvvatlash maqsadida \u201cZero Risk\u201d, \u201cLocal2Global\u201d, \u201cGlobal Excellence\u201d kabi yangi dasturlar ishga tushirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Dasturlar dastlabki risklarni kamaytirish, xalqaro IT-autsorsing va BPO kompaniyalarini O\u2018zbekiston bozoriga jalb qilish uchun global maslahatchilar va \u201csiteselector\u201dlar bilan hamkorlik qilish, shuningdek, mamlakatni yangi autsorsing bozori sifatida tanitish hamda mamlakat brendini yuksaltirish imkonini beradi. Mavjud rezident kompaniyalarga eksport bo\u2018yicha konsultatsiya xizmatlari uchun kompensatsiya, kompaniya mijozlari uchun O\u2018zbekistonga to\u2018liq moliyalashtirilgan sayohat, eksport bo\u2018yicha murabbiylik dasturi taqdim etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, rezident kompaniyalarga o\u2018z salohiyatini va xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatini kengaytirish maqsadida Yaponiyadagi \u201cJAPAN IT WEEK\u201d, AQSHda \u201cPlug and Play Silicon Valley Summit\u201d, Hindistonda \u201cINDIASOFT 2023\u201d, Buyuk Britaniyada \u201cBETT\u201d, Shotlandiyadagi \u201cCX Outsourcers Forum\u201d, Irlandiyada \u201cDublin Tech Summit\u201d, Germaniyada O\u2018zbekiston-Germaniya Biznes Forumi, BAAda \u201cSTEP Conference\u201d, Qirg\u2018izistonda \u201cCentral Asia Game Show\u201d (CAGS), Qozog\u2018istondagi \u201cDigital Almaty\u201d va boshqa ko\u2018plab tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, O\u2018zbekistonda IT sohasini rivojlantirish bo\u2018yicha \u201cAmazon Web Services EMEA SARL\u201d (Germaniya), \u201cGoogle\u201d (AQSh), \u201cACIR\u201d (Ispaniya), \u201cEnterprise Singapore\u201d (Singapur), \u201cSingapore Business Federation\u201d (Singapur), \u201cGemx Technologies\u201d (Singapur), \u201cASPA\u201d (Koreya), \u201cDaegu Technopark\u201d (Koreya, \u201cScience Park of Mongolia\u201d (Mo\u2018g\u2018uliston), \u201cBandung Technopark\u201d(Indoneziya) hamda \u201cGlobal 500\u201d (Gruziya, AQSH) va \u201cITC Iran TVTO\u201d (Eron) kabi kompaniya va tashkilotlar bilan hamkorlik yo\u2018lga qo\u2018yilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>IT-Viza.<\/strong> Eslatib o\u2018tamiz, 2022-yil 1-apreldan boshlab IT-Park rezidentlari qo\u2018shimcha imtiyoz va preferensiyalarga ega bo\u2018ldilar. Mutaxassislar va investorlar, shuningdek, IT Park rezidentlarining xorijiy ta\u2019sischilariga 3 yillik IT-Vizasini olish imkoniyati beriladi:<\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li>IT-Parkning xorijiy ta\u2019sischilarining dividendlaridan olinadigan daromad solig\u2018i stavkasi 10 foizdan 5 foizgacha pasaytirildi;<\/li>\n<li>Xorijlik mutaxassislarni O\u2018zbekiston hududida ishlash huquqi uchun ruxsatnoma olmasdan jalb qilish;<\/li>\n<li>IT-Park rezidentlari ish\/xizmatlarni eksport qilishdan tushgan tushumning bir qismi sifatida o\u2018zlarining xorijiy ta\u2019sischilari va mutaxassislariga dividendlar va ish haqini debet kartalari bo\u2018yicha xorijiy valyutada to\u2018lash huquqiga ega bo\u2018ldilar;<\/li>\n<li>IT Park rezidentlari virtual ofis xizmatidan foydalanishlari mumkin, bu esa xodimlarga masofadan turib ishlash imkonini beradi va kompaniyani ofis maydonini ijaraga olishdan ozod qiladi. Bundan tashqari, virtual ofisdan foydalanish kompaniyani yuqori soliq xavfi sifatida tasniflash uchun asos bo\u2018lmaydi.<\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Kreditlar.<\/strong> Sifatli IT- ta\u02bclimning asosini yaratish va soha qiziquvchilarga, shuningdek, IT Park rezidenti bo\u02bblgan ta\u02bclim muassasalari bitiruvchilariga uskunalar xarid qilish uchun kreditlar berish imkoniyati taqdim etildi. Qarz mablag\u02bblari 2 yil muddatga taqdim etilib, uning foizi Yoshlar ishlari Agentligi budjeti hisobidan qoplanadi. Asosiy qarzni qarz oluvchining o\u02bbzi to\u02bblaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kreditlarni \u201cOne Million Uzbek Coders\u201d platformasidagi kurslarni maksimum ikki oy oldin tamomlaganlik sertifikatiga ega bo\u02bblganlar yoki oxirgi 6 oy davomida IT Park rezidenti hisoblangan tashkilotlarning IT sohadagi o\u02bbquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganlik haqidagi sertifikatga ega bo\u02bblganlar olishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Ta\u02bclim.<\/strong> Kompleks chora-tadbirlarning amaldagi isboti o\u02bblaroq, Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig\u2018i hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 297-sonli (\u201cIT-Park University\u201d raqamli universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi) qaroriga muvofiq mamlakatimizda IT Park University ilk onlayn oliy ta\u2019lim muassasasi tashkil etildi. Yangicha formatdagi oliygoh asoschilari IT Park va \u201cEPAM Systems\u201d kompaniyasi hisoblanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, 2022-yilda O\u02bbzbekistonda \u201cPlug and Play\u201d global innovatsion platformasining texnik markazi ochilgani O\u02bbzbekiston startap ekotizimlari uchun ajoyib voqea bo\u02bbldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><u>REJALAR<\/u><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yaqin orada, IT Park rezidentlari uchun faoliyat turlarining kengaytirilishi rejalashtirilmoqda, ular qatoriga kreativ iqtisodiyot, kibersport, akseleratorlar kabi yo\u2018nalishlarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar kiradi. Shuningdek, tashkilot Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ham vakolatxonalar ochishni rejalashtirmoqda. Qolaversa, IT Park eng yirik korporatsiyalarning mintaqaviy shtab-kvartiralarini O\u2018zbekistonga jalb etishni ham reja qilmoqda.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-4073","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4073","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4073"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4073\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4075,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4073\/revisions\/4075"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4073"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4073"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4073"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}