{"id":4064,"date":"2023-08-13T23:46:29","date_gmt":"2023-08-13T21:46:29","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4064"},"modified":"2023-08-13T23:46:29","modified_gmt":"2023-08-13T21:46:29","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d1%82%d1%80%d0%be%d0%b8%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d1%81%d1%82%d0%b2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/08\/13\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d1%82%d1%80%d0%be%d0%b8%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d1%81%d1%82%d0%b2\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti: Xalq manfaatini o\u2018ylab mustahkam va ko\u2018rkam imoratlar qurish, ravon yo\u2018l va ko\u2018priklar bunyod etish dunyodagi eng savobli va xayrli ishlardan biridir"},"content":{"rendered":"<p>Qadrli quruvchi bunyodkorlar!<\/p>\n<p>Avvalo, siz, azizlarni qutlug\u2018 kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga samimiy hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.<\/p>\n<p>El-yurtimiz sizlar kabi ming-minglab mohir quruvchi va muhandislar, usta va me\u02bcmorlarni, loyihachi va pudratchi tashkilotlar vakillarini Yangi O\u2018zbekiston ravnaqiga munosib hissa qo\u2018shayotgan fidoyi insonlar deb biladi.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1691936172.7789.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sizlarning olijanob mehnatingiz bilan barpo etilayotgan yangi-yangi turar-joylar, ishlab chiqarish obyektlari, yo\u2018l va kommunikatsiya tarmoqlari, ta\u02bclim, sog\u2018liqni saqlash, madaniyat va sport maskanlari mamlakatimiz qiyofasini tubdan o\u2018zgartirib, hayotimizning yana-da obod va farovon, fayzli bo\u2018lishiga xizmat qilmoqda. Darhaqiqat, xalq manfaatini o\u2018ylab mustahkam va ko\u2018rkam imoratlar qurish, ravon yo\u2018l va ko\u2018priklar bunyod etish dunyodagi eng savobli va xayrli ishlardan biridir.<\/p>\n<p>Bugungi quvonchli ayyomda mana shunday ezgu faoliyatingiz uchun sizlarga har qancha tashakkur aytsak, arziydi, albatta.<\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p>Aziz yurtdoshlar!<\/p>\n<p>Hozirgi kunda mamlakatimiz tom ma\u02bcnoda ulkan qurilish maydoniga aylanganiga barchamiz guvohmiz. Boshqa jabhalar qatorida qurilish tarmog\u2018i ham jadal rivojlanmoqda, sohaga yangi texnologiya va innovatsiyalar, eng zamonaviy me\u02bcmoriy yechimlar faol kirib kelmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018tgan yetti yil davomida yurtimizda qurilish ishlari hajmi bir necha barobar ortib, 2016 yildagi 30 trillion so\u2018m o\u2018rniga 2022 yilda 131 trillion so\u2018mga, joriy yilning birinchi yarmida esa 68 trillion so\u2018mga yetgani mamlakatimiz bunyodkorlari qisqa davrda qanday katta yo\u2018lni bosib o\u2018tganidan dalolat beradi.<\/p>\n<p>Bu haqda so\u2018z yuritganda, so\u2018nggi yillarda \u201cObod qishloq\u201d va \u201cObod mahalla\u201d dasturlari doirasida 1 ming 500 dan ortiq qishloq va mahallalarda yo\u2018l va transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlarida ulkan qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilganini ta\u02bckidlash lozim.<\/p>\n<p>Aholimizning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ushbu yo\u2018nalishdagi ishlarimiz izchil davom ettirilmoqda. Shu yilning o\u2018zida \u201cYangi O\u2018zbekiston\u201d massivlari va uy-joyga talab yuqori bo\u2018lgan hududlarda 90 ming kvartiraga ega uy-joylar barpo etilayotgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda mamlakatimiz qurilish sohasida ham yangi davr boshlandi, desak, to\u2018g\u2018ri bo\u2018ladi. Avvalo, sohaning huquqiy va moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, respublikamizning barcha hududlarida ilg\u2018or texnologiya va yondashuvlar asosida faoliyat yuritadigan yangi-yangi qurilish tashkilotlari paydo bo\u2018layotgani, qurilish materiallari industriyasi yuqori sur\u02bcatlar bilan rivojlanayotgani, malakali yetuk kadrlar tayyorlash tizimi yo\u2018lga qo\u2018yilgani shunday deb aytishga asos beradi.<\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p>Hurmatli do\u2018stlar!<\/p>\n<p>Yangi O\u2018zbekiston taraqqiyot strategiyasi oldimizga qo\u2018yayotgan muhim va dolzarb vazifalardan kelib chiqqan holda, sizlar bilan birgalikda sohada islohotlarni yana-da chuqurlashtirish, bosh reja va shaharsozlik hujjatlari loyihalarini yangicha mezonlar asosida yaratish uchun katta harakatlarni boshladik. Jumladan, urbanizatsiya bo\u2018yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish hamda 2023\u20132027 yillarda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturlari shakllantirilmoqda.<\/p>\n<p>Qurilish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali qurilish jarayonlarining barcha bosqichlarida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, sifat va samaradorlikni oshirish, zahmatkash quruvchilarning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, ularni har tomonlama rag\u2018batlantirish masalalari bundan buyon ham doimiy e\u02bctiborimiz markazida bo\u2018lib qoladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Hurmatli bayram ishtirokchilari!<\/p>\n<p>Siz, azizlarni, mamlakatimiz qurilish sohasini taraqqiy ettirishga munosib hissa qo\u2018shib kelayotgan barcha yurtdoshlarimizni bugungi kasb bayramingiz bilan yana bir bor chin yurakdan muborakbod etaman.<\/p>\n<p>Sizlarga mustahkam sog\u2018lik, sharafli va mas\u02bculiyatli faoliyatingizda yangi-yangi yutuqlar, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik, fayzu baraka tilayman.<\/p>\n<p>Jonajon O\u2018zbekistonimiz, shahar va qishloqlarimizning obodligi, xalqimiz farovonligi yo\u2018lida qilayotgan mehnatlaringizning rohatini ko\u2018ring!<\/p>\n<p>Qo\u2018lingiz aslo dard ko\u2018rmasin, aziz do\u2018stlar!<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Shavkat Mirziyoyev,<\/strong><\/p>\n<p><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-4064","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4064","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4064"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4064\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4065,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4064\/revisions\/4065"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4064"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4064"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4064"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}