{"id":4057,"date":"2023-07-28T18:43:30","date_gmt":"2023-07-28T16:43:30","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4057"},"modified":"2023-07-28T18:43:30","modified_gmt":"2023-07-28T16:43:30","slug":"%d0%be%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d0%b5%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%b4%d0%be%d0%bf%d0%be%d0%bb%d0%bd%d0%b8%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d0%bd%d1%8b%d0%b5-%d0%bc%d0%b5%d1%80%d1%8b-%d0%bf%d0%be-%d1%80%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/07\/28\/%d0%be%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d0%b5%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%b4%d0%be%d0%bf%d0%be%d0%bb%d0%bd%d0%b8%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d0%bd%d1%8b%d0%b5-%d0%bc%d0%b5%d1%80%d1%8b-%d0%bf%d0%be-%d1%80%d0%b0\/","title":{"rendered":"Farg\u2018onada sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish bo\u2018yicha qo\u2018shimcha choralar belgilandi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHK\u0415NT, 28 iyul. \/Dunyo AA\/.\u00a0<\/strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg\u2018ona viloyatiga tashrifi doirasida kecha \u00abQo\u2018qon\u00bb erkin iqtisodiy zonasida yaqinda ochilgan \u00abBNBM Building Materials Central Asia\u00bb korxonasini ko\u2018zdan kechirdi, deb\u00a0 xabar bermoqda\u00a0 \u00abDunyo\u00bb AA muxbiri.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\" style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1690520154.5439.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\nDavlatimiz rahbari matbuot xizmati\u00a0 ma\u2019lumotiga ko\u2018ra, korxonaga 30 million dollar to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri xorij investitsiyasi yo\u2018naltirilib, yiliga 30 million kvadrat metr gipsokarton va 4 million kvadrat metr dekorativ gipsokarton ishlab chiqarish quvvati yaratildi. 200 ta yangi ish o\u2018rni yaratilgan.<br \/>\nShu yerda Farg\u2018ona viloyatidagi yangi majmualarni ishga tushirish marosimi bo\u2018ldi. Bular &#8211; Beshariq tumanidagi \u00abFarg\u2018ona Yasin qurilish mollari\u00bb, Uchko\u2018prik tumanidagi \u00abMollis\u00bb va \u00abProker\u00bb,\u00a0 Rishton tumanidagi \u00abChinor plyus \u2013 2020\u00bb, Toshloq tumanidagi \u00abEkspo kollor prin teks\u00bb, Farg\u2018ona tumanidagi \u00abBahodir Log\u2018on tekstil\u00bb, O\u2018zbekiston tumanidagi \u00abSement xomashyo savdosi\u00bb, Qo\u2018shtepa tumanidagi \u00abGlobal Tekstayl Infiniti\u00bb korxonalari, shuningdek, shoshilinch tibbiy yordam hamda\u00a0 kardiologiya ilmiy-amaliy markazlari filiallaridir.<br \/>\nShundan so\u2018ng, Prezident raisligida investitsiyalarni jalb etish, sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo\u2018yicha yig\u2018ilish bo\u2018lib o\u2018tdi. Videoaloqa orqali uni Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi rahbariyati, barcha viloyat va tumanlar hokimlari ham kuzatib bordi.<br \/>\nSaylovoldi uchrashuvida aholi turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, viloyat iqtisodiyotiga faol investitsiyalar jalb qilib, aholi daromadlarini oshirish bo\u2018yicha katta marralar olingani qayd etildi.<br \/>\n&#8211; Oldimizda hali yetti yil bor, bu ishlarni ertaga yoki keyingi yildan boshlaymiz, degan vazir yoki hokim qattiq adashadi. Chunki odamlarimiz saylovoldi dasturlarida ko\u2018tarilgan har bir tashabbus bo\u2018yicha aniq natijalarni bugundan kutayapti. Agar eng yuqoridan tortib, mahallagacha ish uslubi o\u2018zgarmasa, barcha darajadagi rahbarlar \u00abhar bir yangi kun \u2013 yangi imkoniyat\u00bb deb ishlashga o\u2018rganmasa, vaqtni boy berib qo\u2018yamiz, &#8211; dedi Shavkat Mirziyoyev.<br \/>\nPrezident to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri xorijiy investitsiya jalb qilish bo\u2018yicha Farg\u2018ona viloyatidagi ayrim tuman va shaharlarning ko\u2018rsatkichlari qoniqarsizligini ko\u2018rsatib o\u2018tdi.<br \/>\nMisol uchun, Farg\u2018ona shahrida o\u2018tgan yilning olti oyida bor-yo\u2018g\u2018i 25 million dollar investitsiya kiritilgan bo\u2018lsa, joriy yilda ushbu raqam atigi 12 million dollarni tashkil qilmoqda. Marg\u2018ilon shahrida, O\u2018zbekiston, Bog\u2018dod, Toshloq tumanlarida to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri xorijiy investitsiyalar hajmi o\u2018tgan yilgi ko\u2018rsatkichning yarmiga ham yetmaydi.<br \/>\nBir paytlar sanoat bo\u2018yicha peshqadamlardan biri bo\u2018lgan Farg\u2018ona hozir respublikada 12-o\u2018ringa tushib qolgani ko\u2018rsatib o\u2018tildi. Sanoat salohiyati yetarlicha ishga solinmayapti. Misol uchun, birinchi yarim yillikda sanoat hajmi Toshloqda 17, Qo\u2018qonda\u00a0 3 foizga, Oltiariqda 1,3 foizga va Quvada 1,2 foizga kamaygan.<br \/>\nAholini arzon uy-joylar bilan ta\u2019minlash bo\u2018yicha ham ahvol yaxshi emas. Joriy yilda viloyatda qurilishi rejalashtirilgan 212 ta uy-joydan bugungi kungacha 42 tasi foydalanishga topshirilgan, xolos.<br \/>\nViloyatda xizmatlar sohasi rivoji ham qoniqarli emas.<br \/>\nUmuman, viloyatda 2022 yilning olti oyida faoliyatini to\u2018xtatgan korxonalar soni 2,5 mingtani tashkil qilgan bo\u2018lsa, bugungi kunda ushbu ko\u2018rsatkich 14,5 mingtaga yetgan.<br \/>\nYil boshida respublika bo\u2018yicha 60 ta tuman to\u2018rtinchi va beshinchi toifalarga kiritilib, ularni iqtisodiy rivojlantirish bo\u2018yicha alohida dastur boshlandi. Farg\u2018onada ushbu toifalarga kirgan Furqat, Yozyovon va So\u2018xdagi tadbirkorlar o\u2018tgan olti oyda 30 milliard so\u2018mlik soliq imtiyozlaridan foydalangan. Lekin mazkur tumanlarda natija ko\u2018rinmayapti. Ahvol yaxshilanishi o\u2018rniga, ulardagi tadbirkorlar tushumi o\u2018tgan yilga nisbatan kamayib ketgan.<br \/>\nSanoat zonalarida katta maydonlar bo\u2018sh turganligi, viloyatdagi 19 ta tuman va shahar hokimlari ularni tadbirkorlarga taklif qilib, mavjud imkoniyatlardan foydalanmayotgani tanqid qilindi.<br \/>\n&#8211; Shuncha bo\u2018sh joylar turib, hokimlar sanoat zonalari uchun qishloq yerlari toifasini o\u2018zgartirish bo\u2018yicha murojaat qilishdan charchamayapti. Eng achinarlisi, viloyatda ishlab chiqarish bo\u2018lgan davlat obyektlarini xususiylashtirib, ular o\u2018rnida yakka tartibdagi uy-joylar qurib yuborish holatlari bor, &#8211; dedi davlatimiz rahbari<br \/>\nBosh prokuratura, Kadastr agentligiga bunday holatlarni tekshirib, qonun ustuvorligini ta\u2019minlash topshirildi. Bundan buyon, sanoat maqsadlari uchun mo\u2018ljallangan yerlar toifasini o\u2018zgartirish bo\u2018yicha qarorlar faqat Hukumat komissiyasi roziligi bilan amalga oshirilishi belgilandi.<br \/>\nDehqonlarga ekin yerlarini ijaraga berish ishlari ham nomiga tashkil qilingani, yashash joyidan yoki suvdan uzoq yerlar ajratilayotgani ko\u2018rsatib o\u2018tildi. O\u2018tkazilgan so\u2018rovlar natijasiga ko\u2018ra, 32 foiz yer egalariga tuman hokimligi tomonidan hech qanday yordam ko\u2018rsatilmagan. Inflyatsiyani jilovlash, bozorlarda narxlar barqarorligini ta\u2019minlash bo\u2018yicha ko\u2018rilayotgan choralar ham qoniqarsiz ekani qayd etildi.<br \/>\nFaoliyatidagi jiddiy kamchiliklari, ishlarni lozim darajada tashkil etmagani uchun viloyat, shahar va tumanlar darajasidagi bir qator rahbarlar lavozimidan ozod qilindi.<br \/>\nViloyatning ishga solinmagan imkoniyatlarini aniqlash va ularni ro\u2018yobga chiqarish bo\u2018yicha har bir tuman va shaharga respublikadan mas\u2019ullar biriktirilgan. Ular tomonidan 2 milliard dollarlik qo\u2018shimcha zaxiralar aniqlangan va tadbirkorlar bilan uchrashib, loyihalar shakllantirilgan.<br \/>\n&#8211; Agar hokimlar vaqt ajratib, tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning dardiga quloq solsa, tashabbuslarini tinglasa, viloyatdagi tumanlarning barchasi yil yakuniga qadar bemalol kamida 100 million dollardan investitsiya jalb qilishi mumkin, &#8211; dedi davlatimiz rahbari.<br \/>\nDavlatimiz rahbari Quva va Beshariq tumanlari misolida ushbu imkoniyatlarni ko\u2018rsatib o\u2018tdi.<br \/>\nPrezident Farg\u2018onada boshlangan ushbu tajribani barcha hududlarda yo\u2018lga qo\u2018yish uchun yil yakuniga qadar safarbarlik e\u2019lon qildi. Har bir tuman uchun yil yakunigacha kamida 100 million dollardan investitsiya jalb qilish vazifasi qo\u2018yildi.<br \/>\nMinimal iste\u2019mol xarajatlari miqdori 500 ming so\u2018mdan 570 ming so\u2018mga oshirilgani sababli Farg\u2018onada yana 9 ming oila kambag\u2018al toifasiga qo\u2018shildi. Shu bois mutasaddilarga ushbu oilalarning har biriga hokim yordamchilarini biriktirib, ularning daromadini oshirish choralarini ko\u2018rish topshirildi.<br \/>\nFarg\u2018onada aholiga dehqonchilik uchun auksionga chiqarilib, talabgor aniqlanmagan 1 ming 157 gektar ekin yerlarini aholi uchun qulay hududlarga almashtirish, bu yerlarda kamida 15 ming ish o\u2018rni yaratishga ko\u2018rsatma berildi.<br \/>\nYig\u2018ilish yakunida hudud va sohalar rahbarlari hisobot berdi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-4057","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4057","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4057"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4057\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4058,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4057\/revisions\/4058"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4057"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4057"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4057"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}