{"id":4045,"date":"2023-07-21T21:00:25","date_gmt":"2023-07-21T19:00:25","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4045"},"modified":"2023-07-21T21:00:25","modified_gmt":"2023-07-21T19:00:25","slug":"%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%82%d1%83%d0%bf%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-6","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/07\/21\/%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%82%d1%83%d0%bf%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-6\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning \u00abMarkaziy Osiyo &#8211; Ko\u2018rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi\u00bb davlat rahbarlari birinchi sammitidagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<div><strong style=\"text-align: justify;\">Bismillahir rahmonir rahim!<\/strong><\/div>\n<div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Muhtaram delegatsiyalar rahbarlari!<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Hurmatli Bosh kotib janoblari!<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Barchangizni bugun \u201cKo\u2018rfaz arab davlatlari \u2013 Markaziy Osiyo\u201d oliy darajadagi birinchi sammitida ko\u2018rib turganimdan g\u2018oyat mamnunman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mo\u2018tabar bo\u2018lgan Makkaning ramziy darvozasi \u2013 go\u2018zal va betakror Jidda shahridagi tarixiy uchrashuvimizni anchadan beri kutayotgan edik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu nufuzli anjumanimizni o\u2018tkazish tashabbusi bilan chiqqani hamda tadbir yuksak saviyada tashkil etilgani uchun Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon Bin Abdulaziz Ol Saud A\u2019lo Hazratlari hamda Valiahd, Vazirlar Mahkamasi raisi, birodarimiz Muhammad Bin Salmon Ol Saud Hazrati Oliylari nomlariga bildirilayotgan minnatdorlik so\u2018zlariga qo\u2018shilaman.<\/p>\n<\/div>\n<div class=\"description-img text-center\" style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1689829615.5856.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Hurmatli sammit ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Markaziy Osiyo va Ko\u2018rfaz mintaqasi xalqlarini azaldan yaqin savdo aloqalari, mushtarak qadriyat va urf-odatlar, eng muhimi, muqaddas islom dinimiz chambarchas bog\u2018lab turadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Movarounnahr va Arabiston diyorlari o\u2018rtasidagi tarixiy aloqalarni rivojlantirishda buyuk mutafakkir va alloma bobolarimizning beqiyos xizmatlari borligini faxr bilan eslaymiz. \u201cBarcha muhaddislarning peshvosi\u201d \u2013 ulug\u2018 alloma Imom Buxoriy ana shunday siymolardan biridir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Musulmon dunyosidagi oltita buyuk muhaddisning ikki nafari mintaqamizda tug\u2018ilib kamol topgani, qadimiy Buxoro esa \u201cQubbatul Islom\u201d nomi bilan shuhrat qozonganidan g\u2018ururlanamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ma\u2019lumki, to\u2018qqizinchi asr boshida Abbosiylar davlati poytaxtidagi \u201cDonishmandlar uyi\u201d deb nom olgan akademiyada Markaziy Osiyolik 200 dan ortiq allomalar ilmiy faoliyat olib borganlar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Muso al-Xorazmiy, Ahmad Farg\u2018oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi ulug\u2018 allomalarimiz esa bebaho ilmiy asarlarini aynan go\u2018zal va mukammal arab tilida yaratib, butun dunyoda shon-shuhrat qozonganlar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hozirda poytaxtimizda saqlanayotgan muqaddas Mus&#8217;hafi sharif \u2013 Usmon Qur\u2019oni o\u2018lkamiz va arab diyorlari o\u2018rtasidagi aloqalar qadimiy va teran ildizlarga ega ekanidan dalolat beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu kabi ibratli misollarni yana ko\u2018plab keltirish mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz bunday buyuk umumiy tariximiz va merosimiz zamonaviy munosabatlarimizga mustahkam poydevor bo\u2018lib xizmat qilishi uchun barcha kuchimizni safarbar etishga tayyormiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Atrofdagi xavf-xatarlarga qaramay, mintaqalarimiz tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot makoni bo\u2018lib kelmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ulkan iqtisodiy, tabiiy va intellektual resurslarga ega bo\u2018lgan Ko\u2018rfaz davlatlarining global barqarorlik va energetik xavfsizlikni ta\u2019minlashdagi o\u2018rni beqiyosdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ayni paytda Markaziy Osiyo va Ko\u2018rfaz davlatlari bir-birlariga ishonchli va uzoq muddatli hamkor sifatida qaramoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ayniqsa, so\u2018nggi yillarda O\u2018zbekistonning Ko\u2018rfaz mamlakatlari bilan aloqalari yangi bosqichga ko\u2018tarilganini mamnuniyat bilan ta\u2019kidlayman. Bugungi kunda yurtimizda yetakchi kompaniya va banklaringiz bilan amalga oshirilayetgan umumiy loyihalar portfeli 20 milliard dollardan ortdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ijobiy tajribalarimizdan kelib chiqib, mintaqalarimiz o\u2018rtasidagi amaliy hamkorlikni quyidagi yo\u2018nalishlarda kengaytirishni taklif etamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birinchidan. Biz siyosiy sohada keng qamrovli aloqalarni turli formatlarda rivojlantirish tarafdorimiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birodar davlatlarimiz va xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish maqsadida kelgusida ko\u2018p tomonlama Do\u2018stlik, mintaqalararo bog\u2018liqlik va hamkorlik bitimini ishlab chiqish masalasini birgalikda o\u2018rgansak, ma\u2019qul bo\u2018lar edi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikkinchi yo\u2018nalish \u2013 yuqori texnologiyalar va investitsiyalar sohasidagi hamkorlikdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz innovatsiyalar, \u201csun\u2019iy\u201d intellekt, \u201cyashil iqtisodiyot\u201d, raqamlashtirish, \u201caqlli qishloq xo\u2018jaligi\u201d, nano va biotexnologiyalar sohalaridagi hamkorlik platformalari va ishchi mexanizmlarini yaratishimiz kerak.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu munosabat bilan, mamlakatlarimiz biznes vakillari ishtirokida Qo\u2018shma investorlar kengashini ta\u2019sis etishni va uning dastlabki yig\u2018ilishini Samarqandda o\u2018tkazishni taklif etaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mintaqamizda Ko\u2018rfazdagi hamkorlarimiz bilan tuzilgan investitsiya fondlari salohiyatidan unumli foydalanish va yetakchi banklaringiz faoliyatini kengaytirish istagidamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, \u201cyashil energetika\u201d loyihalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida alohida \u201cYo\u2018l xaritasi\u201d ni qabul qilish muhim, deb hisoblayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda mamlakatimizda ACWA Power, Masdar, Mubadala, TACA, Nebras Power kabi yetakchi kompaniyalar bilan umumiy quvvati 15 gigavattdan ortiq quyosh va shamol stansiyalarini barpo etish hamda energiyani saqlash loyihalarini amalga oshirmoqdamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kelgusi oyda Saudiya Arabistoni bilan \u201cyashil\u201d vodorodni ishlab chiqarish bo\u2018yicha yirik loyihaga tamal toshini qo\u2018yamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchinchi yo\u2018nalish \u2013 savdo va transport bog\u2018liqligini kuchaytirish.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ko\u2018rfaz davlatlari bilan erkin savdo rejimini joriy etish, texnik reglamentlarni uyg\u2018unlashtirish va elektron tijoratni rivojlantirish dolzarbdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu borada ko\u2018p tomonlama Savdo bitimini qabul qilish masalasini ekspertlarimiz ishlab chiqishi lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oziq-ovqat xavfsizligini ta\u2019minlash uchun Ko\u2018rfaz davlatlariga organik qishloq xo\u2018jaligi mahsulotlarini yetkazib berish mexanizmlarini tatbiq etishga tayyormiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Transport va tranzit sohasida O\u2018rta transport koridorida eng maqbul tariflarni qo\u2018llash, mavjud multimodal yo\u2018laklardan keng foydalanish va to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri aviaqatnovlarni maqsadli subsidiyalash yordamida ko\u2018paytirishni taklif etaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ko\u2018rfaz davlatlarini eng yaqin va qulay yo\u2018l orqali mintaqamiz bilan bog\u2018laydigan Transafg\u2018on temir yo\u2018lini qurish strategik loyihasida sizlarni faol ishtirok etishga chorlab qolaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu yo\u2018l transport xarajatlari va yuklarni yetkazib berish muddatlarini ikki barobarga qisqartirish imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu yo\u2018nalishlarda aniq takliflar ishlab chiqib, amalga oshirish maqsadida savdo va transport vazirlarimizning muntazam muloqotini yo\u2018lga qo\u2018yish umumiy manfaatlarimizga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Keyingi muhim yo\u2018nalish \u2013 ekologiya va iqlim o\u2018zgarishlari masalasi. Global Iqlim sammiti bu yil Dubayda bo\u2018lib o\u2018tishi Ko\u2018rfaz davlatlarining mazkur yo\u2018nalishda erishayotgan yutuqlari xalqaro e\u2019tirofidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, Saudiya Arabistonining \u201cYaqin Sharq yashil tashabbusi\u201d mintaqa ekologik tizimini tubdan yaxshilashga salmoqli hissa qo\u2018shayotgani tahsinga sazovordir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yurtimizda ochilayotgan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o\u2018zgarishini o\u2018rganish universiteti negizida birgalikda xalqaro tadqiqotlar dasturini tayyorlash g\u2018oyamizni ma\u2019qullaysizlar, deb ishonaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">E\u2019tiboringizni beshinchi yo\u2018nalish \u2013 turizm sohasiga qaratmoqchiman. Ko\u2018rfazdan sayyohlar sonini ko\u2018paytirish maqsadida biz bu davlatlar aholisiga vizasiz tartibni joriy etganmiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u201cKo\u2018rfaz \u2013 Markaziy Osiyo\u201d yagona vizasiz sayyohlik makonini va turistlar uchun mo\u2018ljallangan zamonaviy klasterlarni yaratish, qo\u2018shma turistik mahsulotlarni ko\u2018paytirish ayni muddao bo\u2018lar edi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, mintaqalarimiz yetakchi sayyohlik operatorlari forumini 2024 yilda Islom dunyosi turizm poytaxti, deb e\u2019lon qilingan Xiva shahrida o\u2018tkazishni taklif etaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Gumanitar yo\u2018nalishda davlatlarimizda milliy madaniyat haftaliklari, madaniy meros ko\u2018rgazmalarini tashkil etish orqali birodar xalqlarimizni yanada yaqinlashtirgan bo\u2018lar edik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hozir O\u2018zbekistonda yuz mingdan ziyod nodir qo\u2018lyozmalar saqlanmoqda. Bu borada O\u2018mon Sultonligi ko\u2018magida poytaxtimizda yirik loyiha amalga oshirilganini biz minnatdorlik bilan ta\u2019kidlaymiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Hurmatli anjuman qatnashchilari!<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz dunyoda kuzatilayotgan islomofobiya holatlari bilan birgalikda kurashishimiz va bu borada Islom hamkorlik tashkiloti doirasida amaliy qadamlar qo\u2018yishimiz kerak.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Umuman olganda ushbu tashkilotning mas\u2019uliyati va vazifalarini qayta ko\u2018rib chiqish vaqti keldi, deb hisoblayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Terrorizm, ekstremizm, radikalizm va narkotrafikka qarshi kurashish, yoshlarimizni bu kabi xavf-xatarlar Internet va boshqa vositalar orqali tarqalishidan asrash borasida aloqalarimizni kuchaytirishni davrning o\u2018zi talab qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Diqqatingizni Afg\u2018oniston muammosiga qaratishni istar edim. Bu yurtda tinchlik o\u2018rnatmasdan, nafaqat mintaqamiz, balki global xavfsizlikni ham ta\u2019minlash mumkin emas.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu ma\u2019noda, Qatar hukumati va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi tashabbusi bilan may oyida Dohada o\u2018tkazilgan maxsus vakillar ilk uchrashuvlari natijalarini ijobiy baholaymiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Umuman olganda, bizning mintaqalarimiz tashabbuskor bo\u2018lib, katta-katta minbarlardan Afg\u2018oniston muammolariga butun dunyo e\u2019tiborini jalb etishimiz, afg\u2018on xalqi hayotini yengil qilishga munosib hissa qo\u2018shishimiz kerak.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Muhtaram sammit ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi muloqotimiz, bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar aloqalarimizning katta salohiyatini ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mintaqalarimiz endi uchrashmoqda va katta hamkorlik eshigini ochmoqda. Buning uchun birodarimiz Valiahd Muhammad Ol Saud Hazrati Oliylariga yana bir bor alohida tashakkur aytaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu kabi ochiq va samarali uchrashuvlarni izchil davom ettirish uchun navbatdagi sammitimizni O\u2018zbekistonda o\u2018tkazishni taklif qilaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hech shubhasiz, bugungi tarixiy sammitimiz natijalari Ko\u2018rfaz va Markaziy Osiyo mintaqalari o\u2018rtasidagi ko\u2018p qirrali aloqalarni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">E\u2019tiboringiz uchun rahmat.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-4045","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4045","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4045"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4045\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4046,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4045\/revisions\/4046"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4045"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4045"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4045"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}