{"id":4039,"date":"2023-07-11T16:46:28","date_gmt":"2023-07-11T14:46:28","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4039"},"modified":"2023-07-11T16:46:28","modified_gmt":"2023-07-11T14:46:28","slug":"%d0%b8%d1%81%d0%ba%d1%80%d0%b5%d0%bd%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d0%be%d0%b7%d0%b4%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d1%8f-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d1%83-%d1%83","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/07\/11\/%d0%b8%d1%81%d0%ba%d1%80%d0%b5%d0%bd%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d0%be%d0%b7%d0%b4%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d1%8f-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d1%83-%d1%83\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidentiga saylovdagi g\u2018alabasi munosabati bilan samimiy qutlovlar"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHKENT, 11-iyul. \/\u201cDunyo\u201d AA\/.<\/strong>\u00a0Mamlakatimizda 9-iyul kuni bo\u2018lib o\u2018tgan O\u2018zbekiston Prezidenti saylovida Shavkat Mirziyoyev g\u2018alaba qozongani munosabati bilan uning nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan qutlovlar kelmoqda, deb xabar\u00a0 bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1689050852.4705.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u02bclumotiga ko\u2018ra, tabriknomalarda davlatimiz rahbariga baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, O\u2018zbekistonning ko\u2018p millatli xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><em>Hurmatli Shavkat Miromonovich!<\/em><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga qayta saylanganingiz bilan chin dildan qutlayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Saylovdagi ishonchli g\u2018alabangiz yuksak siyosiy obro\u2018yingizni tasdiqladi, mamlakatni yana-da jadal sur\u02bcatda rivojlantirish, uning xalqaro nufuzini mustahkamlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan keng ko\u2018lamli islohotlaringiz xalq tomonidan keng qo\u2018llab-quvvatlanayotganini ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sizning Rossiya bilan O\u2018zbekiston o\u2018rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash borasidagi qat\u02bciy intilishingizni yuksak qadrlaymiz. Ishonchim komil, birgalikdagi sa\u02bcy-harakatlarimiz bilan ikki tomonlama aloqalarning barcha yo\u2018nalishlarida o\u2018zaro manfaatli hamkorlik izchil kengayib boraveradi hamda mintaqaviy va xalqaro masalalarda o\u2018zaro muvofiqlashuv ta\u02bcminlanadi. Bu, hech shubhasiz, Rossiya va O\u2018zbekiston xalqlarining orzu-umidlariga mosdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sizga, hurmatli Shavkat Miromonovich, mustahkam sog\u2018lik, baxt-saodat, davlat rahbari sifatidagi g\u2018oyat mas\u02bculiyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>Hurmat bilan,<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Vladimir Putin,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Rossiya Federatsiyasi Prezidenti<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>***<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><em>Hurmatli Prezident janoblari!<\/em><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qozongan navbatdagi g\u2018alabangiz munosabati bilan Sizni Xitoy hukumati va xalqi nomidan hamda shaxsan o\u2018z nomimdan samimiy qutlashga ijozat bergaysiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu prezidentlik saylovi natijalari Siz hamda amalga oshirayotgan ichki va tashqi siyosatingiz O\u2018zbekiston xalqi tomonidan to\u2018liq qo\u2018llab-quvvatlanayotganini ko\u2018rsatdi. Dono rahbarligingiz ostida milliy taraqqiyot va tiklanish dasturi, hech shubhasiz, ulkan muvaffaqiyatlarga olib kelishiga ishonaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Keyingi yillarda birgalikdagi sa\u02bcy-harakatlarimiz tufayli Xitoy-O\u2018zbekiston munosabatlari misli ko\u2018rilmagan darajada rivojlandi, ikki tomonlama hamkorlik barcha sohalarda mustahkamlanib bormoqda. O\u2018rtamizda qaror topgan namunali amaliy munosabatlar va yaqin do\u2018stlikni yuksak qadrlayman. Siz bilan Xitoy-O\u2018zbekiston har tomonlama strategik sherikligini izchil rivojlantirish hamda mamlakatlarimiz o\u2018rtasida umumiy taqdir hamjamiyatini barpo etishga yangi sur\u02bcat bag\u2018ishlashga tayyorman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sizga mustahkam sog\u2018lik va boshlagan barcha ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman. Do\u2018st O\u2018zbekistonga ravnaq va kuch-qudrat, uning xalqiga esa baxt-saodat va farovonlik tilayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Si Szinpin,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Xitoy Xalq Respublikasi Raisi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>***<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>Quyidagilar ham o\u2018z tabriklarini yo\u2018llagan:<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qozog\u2018iston Respublikasi Prezidenti\u00a0<strong>Qasim-Jomart Toqayev,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qirg\u2018iz Respublikasi Prezidenti\u00a0<strong>Sadir Japarov,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tojikiston Respublikasi Prezidenti\u00a0<strong>Emomali Rahmon,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi\u00a0<strong>Kubanichbek Omuraliyev.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>Qutlovlar kelishi davom etmoqda.<\/em><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-4039","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4039","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4039"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4039\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4040,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4039\/revisions\/4040"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4039"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4039"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4039"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}