{"id":4031,"date":"2023-07-05T10:22:00","date_gmt":"2023-07-05T08:22:00","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=4031"},"modified":"2023-07-05T10:22:00","modified_gmt":"2023-07-05T08:22:00","slug":"%d0%b3%d0%bb%d0%b0%d0%b2%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d0%b0%d0%bc%d0%bc%d0%b8%d1%82%d0%b5-%d1%88%d0%be%d1%81-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/07\/05\/%d0%b3%d0%bb%d0%b0%d0%b2%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d0%b0%d0%bc%d0%bc%d0%b8%d1%82%d0%b5-%d1%88%d0%be%d1%81-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston rahbari SHHT sammitida Yangi iqtisodiy muloqot dasturini qabul qilishni taklif etdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHKENT, 4-iyul. \/\u201cDunyo\u201d AA\/.<\/strong>\u00a0Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan bugun SHHTga a\u02bczo davlatlar rahbarlari kengashining videoanjuman shaklidagi navbatdagi majlisida ishtirok etdi, deb\u00a0 xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\" style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1688475378.7234.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u02bclumotiga ko\u2018ra, Hindiston tomonining raisligida o\u2018tgan tadbirda Qozog\u2018iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Xitoy Raisi Si Szinpin, Qirg\u2018iziston Prezidenti Sadir Japarov, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon hamda Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Min va SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo\u2018mitasi direktori Ruslan Mirzayev ham qatnashdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kuzatuvchi mamlakatlar rahbarlari va faxriy mehmonlar sifatida sammitda Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Mo\u2018g\u2018uliston Prezidenti Xurelsux Uxnaagiyn, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov hamda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kun tartibiga muvofiq, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, ko\u2018p qirrali va o\u2018zaro manfaatli hamkorlikni yana-da kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston rahbari o\u2018z nutqida xalqaro munosabatlar tizimida ro\u2018y berayotgan tub o\u2018zgarishlar \u2013 geosiyosiy keskinlik kuchayib, ziddiyatlar avj olayotgani, global barqarorlik va izchil taraqqiyotga xavf solayotgan yangi xatar va tahdidlar paydo bo\u2018layotgani, ekologiya, oziq-ovqat va energetika xavfsizligi sohasidagi xavflar ortib borayotganini qayd etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013\u00a0Shu munosabat bilan konstruktiv va ishonchga asoslangan muloqotni yo\u2018lga qo\u2018yishga kuchli ehtiyoj borligi yaqqol ko\u2018rinib turibdi, \u2013 dedi mamlakatimiz yetakchisi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston nizo va ziddiyatlarni hal qilish, tinchlik va barqarorlikni ta\u02bcminlashga qaratilgan yechimlarni izlash va murosali qarorlarni qabul qilishda Birlashgan Millatlar Tashkilotining markaziy o\u2018rniga nisbatan prinsipial pozitsiyaga rioya qilishi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">SHHT faoliyati to\u2018g\u2018risida so\u2018z yuritar ekan, O\u2018zbekiston Prezidenti ushbu tashkilot muvaffaqiyati uning asosiy tamoyillariga qat\u02bciy rioya etishga asoslanganligiga e\u02bctibor qaratdi. Bular &#8211; tashkilotning blokdan tashqari maqomi, ochiqlikka qatiy sodiqlik, tenglik va konsensus asosida qaror qabul qilish tamoyillaridir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Eng muhimi, bizning hamkorligimiz turli manfaatlar, yondashuvlar, qarashlar va madaniy tafovutlarni o\u2018zaro hurmat qilish va konstruktiv idrok etishga suyanadi, \u2013 dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">SHHTning mintaqaviy kun tartibidagi eng dolzarb masalalarni hal qilishda samarali xalqaro tuzilma sifatidagi yetakchi rolini saqlab qolish maqsadida qabul qilingan kelishuvlar\u00a0va qarorlarni inventarizatsiyadan o\u2018tkazish, shakllantirilgan institutlar va hamkorlik mexanizmlarining faoliyatini audit qilish, tashkilotni modernizatsiyalash\u00a0bo\u2018yicha kelishuvlarning bajarilishini\u00a0jadallashtirish taklifi ilgari surildi. Ekspertlar forumi doirasida SHHT istiqbollari bo\u2018yicha qo\u2018shma tadqiqot loyihasini amalga oshirish zarurligi ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sammitning kun tartibidan kelib chiqib, O\u2018zbekiston Prezidenti tashkilot doirasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo\u2018yicha aniq takliflarni bayon qildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xususan, davlatimiz rahbari ko\u2018p tomonlama siyosiy hujjat &#8211; SHHTning yaxshi qo\u2018shnichilik, ishonch va transchegaraviy sheriklik kodeksini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013\u00a0Uning qabul qilinishi ustuvor vazifalarni aniqlash, yangi sharoitlarda ko\u2018p tomonlama hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish bo\u2018yicha umumiy yondashuvlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi, &#8211; dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston rahbari SHHT davlatlari sanoat va innovatsion taraqqiyot ko\u2018rsatkichlari bo\u2018yicha yetakchilik qilgani holda ulkan intellektual salohiyatga, eng boy energiya va agrar resurslarga ega ekanini qayd etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013\u00a0Bugungi kunda ichki-mintaqaviy savdo va sanoat-texnologik hamkorlikni rivojlantirish uchun umumiy makonni shakllantirish tashabbusi har qachongidan ham dolzarbdir, &#8211; dedi O\u2018zbekiston yetakchisi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu\u00a0 ma\u02bcnoda, Prezidentimiz innovatsion taraqqiyot, raqamlashtirish va robotlashtirish, sun\u02bciy intellekt,\u00a0biotexnologiya, farmatsevtika va kelajak sanoatining boshqa tarmoqlarini qamrab oladigan SHHTning yangi iqtisodiy muloqoti dasturini qabul qilishni taklif etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu yo\u2018nalishlardagi loyihalarni ilgari surish maqsadida davlatimiz rahbari O\u2018zbekistonda SHHTga a\u02bczo davlatlar hududlarining innovatsion sherikligi haftaligini hamda yuqori tehnologiyalar qo\u2018shma ko\u2018rgazmasini o\u2018tkazish taklifini bildirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Transport-kommunikatsiya masalalariga to\u2018xtalib, O\u2018zbekiston Prezidenti SHHT davlatlarining transport o\u2018zaro bog\u2018liqligining yagona xaritasini ishlab chiqish tashabbusini bildirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013\u00a0Bu \u201cto\u2018siqlar\u201d va \u201cbo\u2018shliqlar\u201dni aniqlash, umumiy, integratsiyalashgan transport-tranzit tizimini shakllantirish uchun ustuvor chora-tadbirlar va loyihalarni belgilash imkonini beradi, &#8211; dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kelgusi yilni SHHT makonida Ekologiya yili deb e\u02bclon qilinishini qo\u2018llab-quvvatlab, mamlakatimiz yetakchisi \u00abYashil kamar\u00bb dasturi doirasida Mintaqaviy ekologik loyihalarni qo\u2018llab-quvvatlash va \u201cyashil\u201d texnologiyalarni joriy etish bo\u2018yicha qo\u2018shma harakatlar rejasini tayyorlashni taklif qildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013\u00a0SHHT maydonida iqlim o\u2018zgarishiga moslashish, dekarbonizatsiya va \u201ctoza\u201d texnologiyalarni joriy etish, \u201caqlli\u201d qishloq xo\u2018jaligi va suv tejamkorligini rivojlantirish bo\u2018yicha yaqinroq muvofiqlashtirish va amaliy hamkorlik zarur, &#8211; dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Prezidenti Samarqanddagi \u00abIpak yo\u2018li\u00bb xalqaro universiteti negizida shu yilning oktyabr oyida Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh assambleyasining yubiley sessiyasi doirasida SHHT turizm industriyasini rivojlantirish bo\u2018yicha qo\u2018shma ilmiy-amaliy konferensiya o\u2018tkazishga tayyorligini bildirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari SHHTning boy madaniy-gumanitar salohiyatini to\u2018liq ro\u2018yobga chiqarish maqsadida o\u2018zaro muvofiqlashgan siyosatni amalga oshirishning dolzarb ahamiyatiga alohida to\u2018xtaldi. Shu munosabat bilan intensiv madaniy almashinuvning yillik taqvimini shakllantirishni amaliyotga joriy etish hamda \u00abSHHT &#8211; kelajakning ijodiy g\u2018oyalari va tashabbuslari makoni\u00bb yoshlar almashinuvini kengaytirish bo\u2018yicha Tadbirlar dasturini tayyorlash taklif qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">SHHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi faoliyatini faollashtirish borasidagi sa\u02bcy-harakatlarni qayd etib, mamlakatimiz yetakchisi tuzilma kengashining sayyor yig\u2018ilishlari amaliyotini davom ettirishni qo\u2018llab-quvvatladi, bu tuzilmaning zamonaviy tahdidlarga tezkor javob berish masalalarida vakolatlarini oshirishga imkon berishini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yana bir muhim masala &#8211; Afg\u2018onistonda saqlanib qolayotgan murakkab vaziyatga to\u2018xtalib o\u2018tildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentimiz Afg\u2018onistonning bevosita qo\u2018shnilari bo\u2018lgan Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari uzoq muddatli siyosiy yechimni topishdan barchadan ko\u2018ra manfaatdor ekanini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu munosabat bilan \u00abSHHT \u2013 Afg\u2018oniston\u00bb aloqa guruhi formatida qo\u2018shma faoliyatni va maslahatlashuvlarni qayta tiklash taklif qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tadbir yakunida SHHTga a\u02bczo davlatlar rahbarlari quyidagi hujjatlarni imzoladilar:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211;\u00a0SHHTga a\u02bczo davlatlar rahbarlari kengashining Nyu-Dehli deklaratsiyasi;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211;\u00a02030 yilga qadar SHHT mintaqasida iqtisodiy rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to\u2018g\u2018risida qaror;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211;\u00a0Eron Islom Respublikasini SHHT a\u02bczoligiga qabul qilish tartibotini yakunlash va unga SHHTga a\u02bczo davlat maqomini berish to\u2018g\u2018risida qaror;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211;\u00a0 Belarus Respublikasining SHHTga a\u02bczo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari to\u2018g\u2018risidagi memorandumni imzolash haqida qaror.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, iqtisodiy hamkorlik va raqamli transformatsiyani yana-da rivojlantirish, mintaqaviy xavfsizlikni ta\u02bcminlash va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga qaratilgan 10 ta hujjat qabul qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">SHHTga raislik Qozog\u2018iston Respublikasiga o\u2018tdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston rahbari SHHT sammitida Yangi iqtisodiy muloqot dasturini qabul qilishni taklif etdi<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezident Shavkat Mirziyoyev SHHTga a\u02bczo davlatlar rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi va\u00a0 nutq so\u2018zladi<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-4031","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4031","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4031"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4031\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4032,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4031\/revisions\/4032"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4031"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4031"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4031"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}