{"id":3994,"date":"2023-06-21T08:21:49","date_gmt":"2023-06-21T06:21:49","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3994"},"modified":"2023-06-21T08:21:49","modified_gmt":"2023-06-21T06:21:49","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bd%d0%b0%d0%bf%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%b8%d0%bb-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%b2-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/06\/21\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bd%d0%b0%d0%bf%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%b8%d0%bb-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%b2-2\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti TURKSOY tashkilotining 30 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda o\u2018tkazilayotgan Madaniyat kunlari ishtirokchilariga tabrik yo\u2018lladi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<div>\n<p style=\"text-align: justify;\">Assalomu alaykum, qadrli do\u2018stlar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli mehmonlar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Avvalo, siz, azizlarni Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti \u2013 TURKSOY tashkil topganining 30 yilligi bilan samimiy tabriklayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turkiy dunyoning atoqli madaniyat va san\u02bcat namoyandalarini, shoir va rassomlari, kinoijodkorlarini, iste\u02bcdodli yoshlarni Toshkentda bo\u2018lib o\u2018tayotgan xalqaro madaniyat anjumanida ko\u2018rib turganimizdan benihoya mamnunmiz.<\/p>\n<\/div>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1687237315.1305.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston zaminiga xush kelibsiz!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz azaldan tarixi, tili va dini, urf-odat va an\u02bcanalari, bugungi orzu-intilishlari mushtarak bo\u2018lgan xalqlarimiz o\u2018rtasida do\u2018stlik\u00a0va hamjihatlik munosabatlarini mustahkamlashda TURKSOYning ulkan o\u2018rni hamda ahamiyati borligini minnatdorlik bilan e\u02bctirof etamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hozirgi kunda global olamda shiddat bilan kechayotgan jarayonlar barchamizdan siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy hamkorlik bilan birga,\u00a0ilm-fan, ta\u02bclim-tarbiya, madaniyat va san\u02bcat, adabiyot, sog\u2018liqni saqlash, turizm, sport singari muhim sohalarni rivojlantirish borasida birgalikda harakat qilishni talab etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turkiy millatlarning ma\u02bcnaviy birligini ta\u02bcminlash, mushtarak qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, umumiy boyligimiz bo\u2018lmish noyob tarixiy merosimizni o\u2018rganish va targ\u2018ib etish, buyuk ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish borasida keng ko\u2018lamli madaniy-gumanitar dasturlar amalga oshirib kelinmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">TURKSOY tomonidan o\u2018tkazib kelinayotgan yirik anjumanlar madaniyat va san\u02bcat sohasini qo\u2018llab-quvvatlash va rivojlantirish bilan bir qatorda, xalqlarimiz o\u2018rtasidagi qardoshlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilayotgani e\u02bctiborga molikdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jumladan, o\u2018tgan davr mobaynida Ostona, Turkiston, Eskishahar, Kastamonu, Bursa, Qozon, Mari, Sheki, O\u2018sh va Xivaning Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti deb e\u02bclon qilingani ushbu qadimiy va go\u2018zal shaharlarimizning shon-shuhratini yana-da oshirdi, desak, ayni haqiqat bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Turkiy davlatlar tashkilotiga to\u2018laqonli a\u02bczo bo\u2018lib kirganidan so\u2018ng barcha sohalar singari TURKSOY faoliyati doirasidagi hamkorlik aloqalari ham yangi bosqichga ko\u2018tarildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xususan, a\u02bczo davlatlarda, shu jumladan, O\u2018zbekistonda turkiy mamlakatlar madaniyati va san\u02bcati kunlari, yoshlar va teatr festivallari, ijodiy forumlar uyushqoqlik bilan o\u2018tkazilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tashkilot doirasidagi ilmiy-ma\u02bcrifiy anjumanlar, turkiy tillar va adabiyotlari rivojiga bag\u2018ishlangan xalqaro konferensiyalarda mamlakatimiz olim va ijodkorlari faol qatnashmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ana shu hamkorlikning amaliy samarasi sifatida yurtimizda \u201cTurkiy adabiyot durdonalari\u201d deb nomlangan 100 jildlik kitoblar turkumi nashr etilgani, unga O\u2018zbekiston, Turkiya, Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston, Ozarbayjon, Turkmaniston va Vengriya davlatlaridan jami 450 dan ziyod mumtoz va zamonaviy shoir, adib va mutafakkirlarning asarlari kiritilganini ta\u02bckidlash joiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turkiy dunyoning siyosat, ilm-fan, tibbiyot, adabiyot va san\u02bcat sohalarida ulkan yutuqlarga erishgan namoyandalarini rag\u2018batlantirish maqsadida buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot ta\u02bcsis etilgani madaniy hayotimizda muhim voqea bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu yil go\u2018zal Navoiy shahrida bo\u2018lib o\u2018tgan TURKSOY yozarlar birligining birinchi yig\u2018ilishi hamda \u201cMumtoz she\u02bcriyat\u201d deb nomlangan xalqaro festival turkiy adabiyot olamida katta aks sado berdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, tashkilot bilan hamkorlikda Guliston shahrida\u00a0III Xalqaro baxshichilik san\u02bcati festivali, Toshkent shahrida Turk dunyosi talabalar xalqaro teatr festivali hamda Marg\u2018ilon shahrida \u201cBuyuk ipak yo\u2018li\u201d xalqaro folklor festivali yuqori saviyada o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2023 yilda buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning 1050 yillik, Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yillik tavallud sanalarini ham, nasib etsa, birgalikda nishonlaymiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">TURKSOYning 30 yillik qutlug\u2018 sanasiga bag\u2018ishlangan madaniyat kunlarining a\u02bczo davlatlar poytaxtlari hamda BMT, YUNESKO kabi nufuzli xalqaro tashkilotlarning rasmiy qarorgohlarida keng nishonlanishi \u2013 bu avvalo jahon hamjamiyatining turkiy xalqlar madaniyati, urf-odat va qadriyatlariga yuksak hurmat-ehtiromi ramzidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Zero, turkiy dunyomizning havas qilsa arziydigan buyuk tarixi, ulug\u2018 ajdodlari, madaniyati va san\u02bcati bor. Eng muhimi, mana shunday bebaho ma\u02bcnaviy boylikning munosib vorislari bor.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turkiy davlatlar tashkilotiga raislik qilayotgan O\u2018zbekistonda bugun o\u2018z ishini boshlayotgan madaniyat bayrami faoliyatiga muvaffaqiyat\u00a0va barchangizga sermahsullik tilab, yana bir bor o\u2018zimning samimiy va ezgu tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmat bilan,<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Shavkat MIRZIYOYEV,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3994","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3994","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3994"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3994\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3995,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3994\/revisions\/3995"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3994"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3994"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3994"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}