{"id":3945,"date":"2023-05-25T16:07:34","date_gmt":"2023-05-25T14:07:34","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3945"},"modified":"2023-05-25T16:07:34","modified_gmt":"2023-05-25T14:07:34","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d0%be%d0%b7%d0%b4%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%b8%d0%bb-%d0%b2%d1%8b%d0%bf-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/05\/25\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d0%be%d0%b7%d0%b4%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%b8%d0%bb-%d0%b2%d1%8b%d0%bf-2\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti umumiy o\u2018rta ta\u02bclim maktablarining bitiruvchi yoshlarini tabrikladi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1684941538.0397.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qadrli farzandlarim!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Avvalo, mana shu quvonchli ayyomda yetuklik shahodatnomasini qo\u2018lga olib, mustaqil hayotga qadam qo\u2018yayotganingiz bilan barchangizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sizlar orziqib kutgan 25-may sanasida mamlakatimizdagi 10\u00a0mingdan ziyod maktablarda \u201cso\u2018nggi qo\u2018ng\u2018iroq\u201dlar yangrab, qariyb 392\u00a0ming nafar yoshlarimiz qadrdon maktablari, mehribon ustozlari bilan xayrlashmoqda. Ayniqsa, 12\u00a0mingdan ortiq bitiruvchilarimiz o\u2018qishni oltin, 2\u00a0mingdan ziyodi kumush medal bilan yakunlayotgani bayram shukuhini yana-da oshirmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Albatta, bularning barchasi nafaqat siz, aziz farzandlarimiz, balki biz \u2013 ota-onalar, ustoz-murabbiylar uchun ham g\u2018oyat quvonchli va hayajonli voqealardir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sizlarni zamonaviy ta\u02bclim olib, kasb-hunar o\u2018rganib, jamiyatimizda munosib o\u2018rin egallashingiz uchun yangilangan Konstitutsiyamizda belgilangan beqiyos imkoniyatlar kutmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hech shubhasiz, o\u2018z bilim va iste\u02bcdodini Vatanimizga munosib farzand bo\u2018lishdek maqsadlarga sarflashga bel bog\u2018lagan siz kabi yoshlar \u2013 yangi O\u2018zbekistonning oltin fondi, bebaho xazinasidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Aziz o\u2018g\u2018il-qizlarim!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda jonajon Vatanimiz taraqqiyotida milliy yuksalish davri boshlanmoqda. Ayniqsa, ta\u02bclim tizimini rivojlantirishga alohida e\u02bctibor berayotganimiz sizlarga yaxshi ma\u02bclum. Xususan, Insonga e\u02bctibor va sifatli ta\u02bclim yili deb nom olgan 2023-yilda maxsus davlat dasturini qabul qilib, soha rivojini yangi bosqichga ko\u2018tarish, o\u2018qituvchi va murabbiylarning jamiyatdagi o\u2018rni va obro\u2018-e\u02bctiborini oshirish bo\u2018yicha ko\u2018plab chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hozirgi vaqtda yurtimizda 10\u00a0mingdan ziyod davlat umumta\u02bclim maktablari, Prezident, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari bilan birga ko\u2018plab nodavlat, davlat-xususiy sheriklik shaklidagi maktablar faoliyat yuritmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birgina o\u2018tgan yili 3,2\u00a0trillion so\u2018m mablag\u2018 hisobidan 807\u00a0ta maktabda qurilish va ta\u02bcmirlash ishlari amalga oshirildi. Bu yil esa o\u2018rta ta\u02bclim maskanlariga 40\u00a0ming dona zamonaviy kompyuterlar, 442\u00a0ta komplekt robototexnika jihozlari va boshqa zarur ashyolar yetkazib berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u201cBarkamol avlod\u201d bolalar maktablari, bolalar va o\u2018smirlar sport maktablarida keng ko\u2018lamli ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda, yoshlarimiz o\u2018rtasida kitobxonlikni kuchaytirish, ularni adabiyot, san\u02bcat va sport to\u2018garaklariga faol jalb etish bo\u2018yicha izchil ish olib borilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ana shunday ishlarimizning samarasi sifatida yurtimiz o\u2018quvchilari joriy yilda mintaqaviy va xalqaro fan olimpiadalarda 2\u00a0ta oltin, 15\u00a0ta kumush, 27\u00a0ta bronza medallarini qo\u2018lga kiritgani, 6\u00a0nafar iste\u02bcdodli qizimiz Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo\u2018lgani barchamizni xursand qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, o\u2018quvchilarni maktab davridayoq kasbga ega bo\u2018lishlari uchun 11-sinfni hayotga yo\u2018llanma beruvchi sinf deb belgilab, yoshlarga kamida ikkita chet tili hamda tadbirkorlarni jalb qilgan holda bitta zamonaviy kasb o\u2018rgatish tizimi joriy qilinmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli bitiruvchilar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Keyingi paytda O\u2018zbekiston unib-o\u2018sib kelayotgan sizdek azmu shijoatli yoshlarimiz uchun ulkan imkoniyatlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Yurtimizdagi 210\u00a0ta oliygoh, 330\u00a0ta kasb-hunar maktabi, qariyb 400\u00a0ga yaqin kollej va texnikumlar sizlarga o\u2018zingiz tanlagan sohalar bo\u2018yicha yetuk kadr va malakali mutaxassis bo\u2018lish uchun imkoniyat maydoni bo\u2018lib xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Talabalarning ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o\u2018qib, oliy ma\u02bclumot olishini ta\u02bcminlash maqsadida 154\u00a0ta oliygohda sirtqi, 15\u00a0ta oliygohda esa masofaviy ta\u02bclim shakli faoliyat ko\u2018rsatmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, davr talabidan kelib chiqib, yoshlarni zamonaviy kasblarga o\u2018rgatadigan monomarkazlar, Ay-Ti va texnoparklar bunyod etilishi ularning o\u2018z bizneslari bilan shug\u2018ullanishiga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sizlarning jamiyatda munosib o\u2018rningizni egallashingiz uchun joylardagi hokimliklar, sektor rahbarlari, mahalla jamoatchiligi ham yaqin ko\u2018makchi va maslahatchi bo\u2018ladi. Bunday ezgu maqsad yo\u2018lida ularning eshiklari doimo sizlar uchun ochiqdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ishonchim komilki, sizlar yaratilgan ushbu imkoniyatlardan foydalangan holda, kelgusida yurtimizdagi zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari, katta-katta firma va kompaniyalar, davlat va nodavlat tashkilotlarida mehnat qilib, o\u2018z bilim va malakangiz bilan mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo\u2018shasiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugun maktabni tugatib chiqayotgan yigit-qizlarimizning har biri el-yurtimizning mehri va e\u02bctiborida bo\u2018lishini yana bir bor ta\u02bckidlab aytmoqchiman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Siz, aziz farzandlarimizni kelajakda yana-da ulkan va mas\u02bculiyatli marralar kutmoqda. Har biringiz hayotda munosib o\u2018rningizni topishingiz uchun biz bundan keyin ham bor kuch va imkoniyatlarni to\u2018liq ishga solamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Men siz, aziz farzandlarimdan bir narsani so\u2018rayman: tinimsiz o\u2018qib, izlanib, zamonaviy bilimlarni egallashdan aslo to\u2018xtamang! Doimo vaqtning qadriga yetib, muntazam bilim va tajribangizni oshirib borsangiz, qat\u02bciy belgilab olgan reja va maqsadlaringiz sari dadil harakat qilsangiz, albatta kelgusida katta muvaffaqiyatlarga erishasiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sizlarning doimo marrani baland olib, yagona kuch bo\u2018lib harakat qilishingizga ishonaman. Sizlar bunga albatta qodirsiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ana shunday sharafli va mas\u02bculiyatli yo\u2018lda barchangizga ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar, shaxsiy hayotingizda baxt va omad tilayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sizlarni maktab ta\u02bclimini muvaffaqiyatli tamomlaganingiz bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mustaqil hayotdagi qadamlaringiz qutlug\u2018 va barakali bo\u2018lsin, aziz o\u2018g\u2018il-qizlarim!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Shavkat Mirziyoyev,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3945","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3945","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3945"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3945\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3946,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3945\/revisions\/3946"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3945"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3945"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3945"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}