{"id":3925,"date":"2023-05-19T10:26:49","date_gmt":"2023-05-19T08:26:49","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3925"},"modified":"2023-05-19T10:26:49","modified_gmt":"2023-05-19T08:26:49","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%b2%d0%b5%d1%82%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/05\/19\/%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%b2%d0%b5%d1%82%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0\/","title":{"rendered":"Kambag\u2018allikni qisqartirishga bag\u2018ishlangan II xalqaro forum ishtirokchilariga tabrik"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Hurmatli forum ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Xonimlar va janoblar!<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston zaminida ikkinchi bor o\u2018tkazilayotgan kambag\u2018allikni qisqartirish bo\u2018yicha xalqaro forumda ishtirok etayotgan Siz, aziz mehmonlarni samimiy qutlab, barchangizga o\u2018zimning chuqur hurmat va ehtiromimni izhor qilaman.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1684435154.318.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hozirgi tahlikali dunyoda kambag\u2018allikni qisqartirish masalasi oldimizdagi eng muhim vazifalardan biri ekanini barchamiz yaxshi anglab turibmiz. Bu muammoga ilg\u2018or tajriba va yangi yondashuvlar asosida birgalikda yechim topish hamda ularni hayotga izchil tatbiq etish bugun har qachongidan ham dolzarbdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida O\u2018zbekiston tomonidan ilgari surilgan tashabbus doirasida o\u2018tkazilayotgan mazkur anjuman kambag\u2018allikni qisqartirishga qaratilgan yangi g\u2018oyalar va amaliy choralar ishlab chiqish bo\u2018yicha foydali xalqaro muloqot maydoniga aylandi, deb aytishga barcha asoslar bor.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu platforma mamlakatimizda kambag\u2018allikni qisqartirish maqsadida boshlagan ulkan islohotlarimizni yana-da boyitib, katta ijobiy o\u2018zgarishlarga munosib hissa qo\u2018shib kelmoqda. Buning yaqqol misoli sifatida o\u2018tgan bir yilda mamlakatimizda kambag\u2018allik darajasi 17\u00a0foizdan 14\u00a0foizga pasayib, 1\u00a0million fuqaro kambag\u2018allikdan chiqarilganini alohida ta\u02bckidlash lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunday natijalarga erishishimizda aholini zamonaviy kasb-hunarlarga o\u2018qitish, ularga munosib ish o\u2018rinlarini yaratish, tadbirkorlikni har tomonlama qo\u2018llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli<br \/>\nva uzoqni ko\u2018zlagan siyosatimiz hal qiluvchi omil bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mahallalarda ijtimoiy xizmatlar ko\u2018lamini kengaytirish orqali mamlakatimizdagi 2 million 300 mingdan ziyod muhtoj oilalar, xotin-qizlar, yolg\u2018iz keksalar va nogironligi bo\u2018lgan shaxslar ijtimoiy himoya bilan to\u2018liq qamrab olindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tariximizda birinchi marta umumxalq referendumi orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyada O\u2018zbekiston ijtimoiy davlat, deb e\u02bclon qilinib, inson qadrini yana-da ulug\u2018lash va aholini ijtimoiy himoya qilish bo\u2018yicha davlatning konstitutsion majburiyatlari alohida muhrlab qo\u2018yildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bois, kambag\u2018allikni qisqartirish borasida boshlagan keng ko\u2018lamli ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqib, bundan buyon ham barcha yo\u2018nalishlarda \u201cinson\u00a0\u2013\u00a0jamiyat\u00a0\u2013\u00a0davlat\u201d tamoyili asosida islohotlarni qat\u02bciy davom ettiramiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Eng avvalo, yangi ish o\u2018rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishning \u201cdrayveri\u201d bo\u2018lgan xususiy sektor va tadbirkorlik uchun eng qulay sharoitlarni yaratib berish, ularni izchil qo\u2018llab-quvvatlash doimiy e\u02bctiborimiz markazida bo\u2018ladi. Xususan, ishsiz fuqarolarni o\u2018qitish va ishga joylash tashabbusini bildirgan faol tadbirkorlarga \u201cijtimoiy kontrakt\u201d tizimi asosida qo\u2018shimcha imtiyozlar paketi taqdim etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikkinchidan, \u201cijtimoiy reyestr\u201d tizimi doirasida kambag\u2018al oilalarni individual yondashuv asosida manzilli qo\u2018llab-quvvatlash dasturlarini jadal davom ettiramiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchinchidan, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini to\u2018liq amalga oshirish maqsadida nogironligi bo\u2018lgan shaxslar, xotin-qizlar, nuroniylar, alohida e\u02bctiborga muhtoj aholi qatlamlariga mahallaning o\u2018zida yuzdan ortiq ijtimoiy xizmatlarni ko\u2018rsatish yo\u2018lga qo\u2018yiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">To\u2018rtinchidan, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida aholi o\u2018zi tanlagan loyihalarga \u201cochiq byudjet\u201d tizimi orqali ajratilayotgan mablag\u2018lar hajmi keskin ko\u2018paytiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Beshinchidan, inson kapitalini rivojlantirish uchun har bir shaxsning sifatli ta\u02bclim va tibbiyot xizmatlaridan foydalanish huquqlarini ro\u2018yobga chiqarishga qaratilgan ishlarimizni tobora kengaytiramiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Hurmatli anjuman ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi forumga nufuzli xalqaro tashkilotlar va hamkor davlatlardan 100\u00a0dan ortiq taniqli ekspertlar tashrif buyurgani ushbu masalaga qiziqish va e\u02bctibor nechog\u2018liq katta ekanini yaqqol ko\u2018rsatib turibdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Albatta, O\u2018zbekiston kambag\u2018allikni qisqartirish bo\u2018yicha o\u2018z oldiga qo\u2018ygan yuksak marralarni amalga oshirishda jahon hamjamiyati bilan olib borayotgan yaqin hamkorligini davom ettirishdan manfaatdordir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Forum doirasida ishlab chiqilgan yangi yondashuvlar va ta\u02bcsirchan yechimlar kelgusida amaliy hayotga samarali tatbiq etiladi, deb ishonaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog\u2018liq, sharafli va mas\u02bculiyatli faoliyatingizda omadlar, anjuman ishiga esa katta muvaffaqiyatlar tilayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Shavkat Mirziyoyev,<br \/>\nO\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3925","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3925","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3925"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3925\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3927,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3925\/revisions\/3927"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3925"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3925"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3925"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}