{"id":3910,"date":"2023-05-12T10:03:31","date_gmt":"2023-05-12T08:03:31","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3910"},"modified":"2023-05-12T10:03:31","modified_gmt":"2023-05-12T08:03:31","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%b2%d0%b5%d0%bb-%d1%81%d0%be%d0%b2%d0%b5%d1%89%d0%b0-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/05\/12\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%b2%d0%b5%d0%bb-%d1%81%d0%be%d0%b2%d0%b5%d1%89%d0%b0-2\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston Prezidenti energiya ta\u2019minotini yaxshilash choralarini belgilash bo&#8217;yicha yig&#8217;ilish o&#8217;tkazdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHKENT, 10 may. \/\u201cDunyo\u201d AA\/.\u00a0<\/strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun hududlarda energiya ta\u02bcminoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish masalalari muhokamasi bo\u2018yicha videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\" style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1683821836.6703.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u02bclumotiga ko\u2018ra, mamlakatimizda energiya manbalarini ko\u2018paytirish va ulardan tejab foydalanish davlat siyosati darajasiga ko\u2018tarilgan. Oxirgi olti yilda 5 ming megavattdan ziyod yangi elektr quvvatlari yaratilgan. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida qo\u2018shimcha 726 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, bu yil 3 milliard 400 million kilovatt soat elektr tanqis bo\u2018lishi, yozning issiq kunlarida unga kunlik talab hozirgi 195 million kilovatt soatdan 255\u00a0million kilovatt soatga yetishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig\u2018ilishda ushbu talabni qoplash, elektr tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta\u02bcminlash choralari muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mutasaddilar joriy yilda 2 ming megavatt quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish, korxona, xonadon va ijtimoiy obyektlarda 1 ming 200 megavattli quyosh panellari o\u2018rnatish yuzasidan axborot berdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari bu ishlardagi qoloqliklarni tahlillar asosida ko\u2018rsatib o\u2018tdi. Masalaning ichiga kirmagan, sustkashlikka yo\u2018l qo\u2018ygan ayrim tuman va shahar hokimlariga \u201chayfsan\u201d berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu sohaga rag\u2018bat berish maqsadida Prezidentning \u201cYashil energiya\u201d sertifikatlari tizimini joriy etishga oid qarori imzolangani e\u02bclon qilindi. Bunda 1 iyuldan gidro elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun \u201cyashil\u201d sertifikat beriladi. Ushbu tizim 1-oktyabrdan boshlab, barcha qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olingan \u00a0elektr uchun joriy qilinadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tadbirkorlikni qo\u2018llab-quvvatlash jamg\u2018armasi tomonidan barcha savdo va servis korxonalariga quyosh panellari uchun kredit to\u2018lovlarining 4 foizi qoplab beriladi. Xalqaro moliya tashkilotlaridan 100 million dollar jalb qilinib, aholi va tadbirkorlarga maqbul shartlarda ajratiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mutasaddilarga ushbu tizimni joriy qilib, aholi va tadbirkorlarni rag\u2018batlantirish, ijtimoiy soha va davlat idoralarida kichik quyosh panellari o\u2018rnatish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig\u2018ilishda elektr tarmoqlarini ta\u02bcmirlash masalalariga alohida e\u02bctibor qaratildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu borada Toshkent shahrida dastur qabul qilinib, ishlar boshlangan. Hozirga qadar 667 kilometr elektr tarmog\u2018i va 175 ta transformator yangilangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Viloyat hokimlariga elektr uskunalari va materiallar zaxirasini yaratish, bu yilga rejalashtirilgan ta\u02bcmirlash ishlarini 1-avgustgacha yakunlash vazifasi qo\u2018yildi. Buning uchun qo\u2018shimcha brigadalar tashkil etilib, malakali mutaxassislar jalb qilinadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Elektr ta\u02bcminotida uzilishlarning oldini olish uchun 1 iyundan boshlab, issiqlik elektr stansiyalariga bugungi kunga nisbatan 6 million kub metr ko\u2018p gaz yetkazib berilishi belgilandi. Sirdaryo viloyatida \u201cACWA Power\u201d kompaniyasi tomonidan qurilayotgan elektr stansiyasining birinchi 500 megavatti ham yozda ishga tushiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu yil 13 fevralda O\u2018zbekiston Prezidentining \u201cYoqilg\u2018i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201d qarori qabul qilingan edi. Bu borada qonunchilikka rioya etilishiga mas\u02bcul Bosh prokuror o\u2018rinbosari lavozimi joriy qilinib, yaxlit nazorat tizimi yaratildi. Bugungi kunga qadar 250 milliard so\u2018mlik energiya resurslar noqonuniy ishlatilgani aniqlanib, zarar undirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari bu ishlarni davom ettirib, noqonuniy iste\u02bcmolga barham berishi shartligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Energiyani tejash, ko\u2018mir qazib chiqarishni ko\u2018paytirish masalalariga ham to\u2018xtalib o\u2018tildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sohadagi yana bir muhim masala \u2013 benzin va dizel yoqilg\u2018isi ta\u02bcminoti. Yurtimizga bu mahsulotlarni olib kelishga cheklovlar olib tashlangan. Joylarda 1 million tonna yoqilg\u2018ini saqlash sig\u2018imlari mavjud. Bundan foydalanib, har bir hudud benzin va dizel zaxirasini shakllantirishi kerakligi qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u2018nggi paytlarda elektromobillar ommalashmoqda. Mamlakatimizga shu yilning o\u2018zida 5 mingga yaqin transport olib kelindi. Bunga sharoit yaratish uchun berilgan imtiyozlarni qo\u2018llab, joylarda quvvatlash qurilmalarini ko\u2018paytirish zarurligi aytib o\u2018tildi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3910","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3910","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3910"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3910\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3911,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3910\/revisions\/3911"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3910"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3910"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3910"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}