{"id":3897,"date":"2023-04-26T09:43:36","date_gmt":"2023-04-26T07:43:36","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3897"},"modified":"2023-04-26T09:43:36","modified_gmt":"2023-04-26T07:43:36","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bd%d0%b0-%d0%b2%d1%81%d1%82%d1%80%d0%b5%d1%87%d0%b5-%d1%81-%d0%b7%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/04\/26\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bd%d0%b0-%d0%b2%d1%81%d1%82%d1%80%d0%b5%d1%87%d0%b5-%d1%81-%d0%b7%d0%b0\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti Rossiya Hukumati Raisining o\u2018rinbosari bilan uchrashuvda qo\u2018shma investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish muhimligini qayd etdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHKENT, 25 aprel. \/\u201cDunyo\u201d AA\/.<\/strong>\u00a0Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun shu kunlarda Toshkent shahrida o\u2018tayotgan \u00abInnoprom. Markaziy Osiyo\u00bb xalqaro sanoat ko\u2018rgazmasida Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Hukumat Raisining o\u2018rinbosari, sanoat va savdo vaziri Denis Manturovni qabul qildi, deb\u00a0 xabar\u00a0 bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1682431213.2568.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0Davlatimiz\u00a0 rahbari matbuot\u00a0 xizmati ma\u02bclumotiga ko\u2018ra, uchrashuvda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston yetakchisi 35 mamlakat biznesining 5 ming nafardan ziyod vakillari ishtirokidagi \u201cInnoprom\u201d forumi muvaffaqiyatli tashkil etilgani va o\u2018tkazilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tovar ayirboshlash sur\u02bcatini saqlash va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirishga alohida e\u02bctibor qaratildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikki mamlakat hududlarining amaliy sherikligini yana-da rivojlantirish va hamkorlikni aniq loyihalar bilan boyitish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi ta\u02bckidlandi. Misol tariqasida joriy haftada Jizzax viloyatida texnologik park ishga tushirilgani qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Loyiha ofisi faoliyati doirasida, shu jumladan energetika, mashinasozlik, qishloq xo\u2018jaligi, to\u2018qimachilik, farmatsevtika kabi yo\u2018nalishlarda va boshqa tarmoqlarda investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish muhim ekani ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sanoat ishlab chiqarishini qo\u2018llab-quvvatlashda Rossiya tajribasini joriy etishga qiziqish bildirildi hamda qo\u2018shma loyihalarni ilgari surishning institutsional mexanizmlarini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3897","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3897","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3897"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3897\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3898,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3897\/revisions\/3898"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3897"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3897"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3897"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}