{"id":388,"date":"2018-01-17T15:04:21","date_gmt":"2018-01-17T13:04:21","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=388"},"modified":"2018-01-17T15:04:21","modified_gmt":"2018-01-17T13:04:21","slug":"%d0%bf%d0%b0%d0%bc%d0%b5%d0%bb%d0%b0-%d1%81%d0%bf%d1%80%d0%b0%d1%82%d0%bb%d0%b5%d0%bd-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%88%d0%b0%d0%b2%d0%ba%d0%b0%d1%82-%d0%bc%d0%b8%d1%80","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2018\/01\/17\/%d0%bf%d0%b0%d0%bc%d0%b5%d0%bb%d0%b0-%d1%81%d0%bf%d1%80%d0%b0%d1%82%d0%bb%d0%b5%d0%bd-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%88%d0%b0%d0%b2%d0%ba%d0%b0%d1%82-%d0%bc%d0%b8%d1%80\/","title":{"rendered":"AQSH Markaziy Osiyoga e\u2019tibor qaratmoqda"},"content":{"rendered":"<p>Amerika Qo\u2018shma Shtatlari Markaziy Osiyoda \u201cS5+1\u201d formatida uchrashuv o\u2018tkazishni rejalashtirmoqda.<br \/>\n<!--more--><br \/>\n\u201cS5+1\u201d Markaziy Osiyoning besh davlati va AQSH tashqi siyosat mahkamalari rahbarlarining muloqotini anglatadi. O\u2018zbekiston, Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston, Tojikiston, Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari va AQSH Davlat kotibining ushbu formatdagi ilk uchrashuvi 2015-yil 1-noyabrda Samarqandda bo\u2018lib o\u2018tgan.<\/p>\n<p>Xorijiy ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan xabarlarga ko\u2018ra, AQSH Davlat kotibi yordamchisining birinchi o\u2018rinbosari Elis Uells \u201cS5+1\u201d formatidagi sheriklikni amaliy va samarali deb atagan.<\/p>\n<p>A vvalgi ma\u2019muriyat tomonidan yo\u2018lga qo\u2018yilgan bu format AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan ham to\u2018la qo\u2018llab-quvvatlanmoqda, degan Elis Uells. Davlat kotibimiz Reks Tillerson Nyu-Yorkda o\u2018z hamkasblari bilan bu doirada uchrashgandi. Kelgusida Markaziy Osiyoda shunday uchrashuv o\u2018tkaziladi. Bu loyihani mustahkamlash uchun AQSH Kongressi 15 million dollar mablag\u2018 ajratgan.<\/p>\n<p>Uning so\u2018zlariga ko\u2018ra, Amerika Qo\u2018shma Shtatlari Markaziy Osiyo birlashayotgani va mintaqaning umumiy muammolarini hal qilayotganidan xursand.<\/p>\n<p>Ishonch bilan aytish mumkinki, bunday natijaga O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi va sa\u2019y-harakatlari tufayli erishildi.<\/p>\n<p>Shavkat Mirziyoyev o\u2018zining saylovoldi dasturida, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish marosimidagi nutqida O\u2018zbekiston barcha davlatlar, birinchi navbatda, qo\u2018shni mamlakatlar bilan o\u2018zaro manfaatli hamkorlik qilishini ta\u2019kidlagan edi.<\/p>\n<p>Bu maqsadlar 2017-2021-yillarda O\u2018zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo\u2018nalishi bo\u2018yicha Harakatlar strategiyasida o\u2018z ifodasini topdi. Chuqur o\u2018ylangan, o\u2018zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat yuritish, O\u2018zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qo\u2018shnichilik muhitini mustahkamlash, davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilishni hal etish kabi masalalar ustuvor yo\u2018nalishlar etib belgilandi.<\/p>\n<p>O\u2018tgan qisqa vaqtda bu borada tarixiy qadamlar qo\u2018yildi. Prezidentimiz ilk davlat tashriflarini qo\u2018shni mamlakatlarga amalga oshirdi. Qozog\u2018iston va Qirg\u2018iziston Prezidentlari davlat tashrifi bilan Toshkentda bo\u2018ldi. Bu O\u2018zbekiston tashqi siyosatda yaxshi qo\u2018shnichilik munosabatlariga alohida ahamiyat qaratayotganini yaqqol tasdiqladi.<\/p>\n<p>Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi va siyosiy irodasi tufayli mintaqada ishonch darajasi sezilarli oshdi. Davlat chegaralari, suvdan foydalanish muammolari, transport yo\u2018laklari, savdo aloqalari, hududlar hamkorligi kabi ko\u2018plab masalalar bo\u2018yicha o\u2018zaro manfaatli yechimlar topishga erishildi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so\u2018zlagan nutqida O\u2018zbekiston bugungi kunda o\u2018zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasiga ustuvor ahamiyat qaratayotganini ta\u2019kidladi. \u201cMarkaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan O\u2018zbekiston ushbu mintaqa barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo\u2018shnichilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdordir. Tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo \u2013 biz intiladigan eng muhim maqsad va asosiy vazifadir. O\u2018zbekiston o\u2018zaro muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qo\u2018shnichilikni mustahkamlashning qat\u2019iy tarafdoridir. Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hech istisnosiz barcha masalalar bo\u2018yicha oqilona murosa asosida hamkorlik qilishga tayyormiz\u201d, degan edi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2017-yil 10-11-noyabr kunlari \u201cMarkaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo\u2018lidagi hamkorlik\u201d mavzusida yirik xalqaro konferensiya o\u2018tkazildi. Konferensiyada Prezidentimiz nutq so\u2018zlab, Markaziy Osiyoni barqaror va iqtisodiy rivojlangan mintaqaga aylantirish, ulkan hududda tinchlik va yaxshi qo\u2018shnichilik munosabatlarini mustahkamlash bo\u2018yicha dolzarb tashabbuslarni ilgari surdi. Qo\u2018shni davlatlar vakillari ularni qo\u2018llab-quvvatlab, mintaqa oldidagi dolzarb masalalarni muhokama qildi, umumiy yondashuvlar va istiqboldagi vazifalarni belgilab oldi.<\/p>\n<p>Mintaqamizdagi bunday ijobiy o\u2018zgarishlarni Amerika Qo\u2018shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp ham e\u2019tirof etdi. 2017-yil 19-dekabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqotda AQSH Prezidenti O\u2018zbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan yaxshi qo\u2018shnilik munosabatlarini rivojlantirish va kooperatsiyani faollashtirishga qaratilgan, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan ochiq va konstruktiv tashqi siyosati va faol sa\u2019y-harakatlarini qo\u2018llab-quvvatlashini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p>\u201cS5+1\u201d formatida o\u2018tkaziladigan navbatdagi uchrashuv Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.<\/p>\n<div><\/div>\n<div class=\"news-props\">Anvar Samadov, O\u2018zA<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":389,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[],"tags":[],"class_list":["post-388","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/388","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=388"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/388\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":390,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/388\/revisions\/390"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/389"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=388"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=388"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=388"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}