{"id":3855,"date":"2023-04-12T12:03:19","date_gmt":"2023-04-12T10:03:19","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3855"},"modified":"2023-04-12T12:03:19","modified_gmt":"2023-04-12T10:03:19","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%bd%d1%8f%d0%bb-%d0%b2%d0%b5%d1%80%d0%b8%d1%82%d0%b5","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/04\/12\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%bd%d1%8f%d0%bb-%d0%b2%d0%b5%d1%80%d0%b8%d1%82%d0%b5\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti Falastin, Yaponiya, Qatar, Slovakiya va Pokiston elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qildi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHK\u0415NT,\u00a0 12 aprel. \/\u00abDunyo\u00bb AA\/.<\/strong>\u00a0Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun bo\u2018lib o\u2018tgan tantanali marosimda favqulodda va muxtor elchilar &#8211; Falastindan Javad Avvad, Yaponiyadan Xatori Takashi, Qatardan Hasan Hamza Hoshim, Slovakiyadan Viktor Boretski va Pokistondan Ahmad Farukning ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi, deb\u00a0 xabar\u00a0 bermoqda \u00abDunyo\u00bb AA muxbiri.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1681293661.9722.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\nPrezident matbuot xizmati ma\u2019lumotiga ko\u2018ra, davlatimiz rahbari mamlakatimizga yangi tayinlangan diplomatik missiyalar rahbarlarini samimiy qutlab, O\u2018zbekistondagi faoliyatini boshlagani bilan tabrikladi.<br \/>\nPrezidentimiz o\u2018z nutqida ochiq va pragmatik tashqi siyosatni amalga oshirayotgan Yangi O\u2018zbekiston xalqaro maydonda yangi marralarga erishayotgani, do\u2018stlar va ishonchli hamkorlar safini kengaytirayotganini ta\u2019kidladi. Mamlakatimizda yangi elchixonalar ochilmoqda, O\u2018zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari geografiyasi ham kengaymoqda. Yaqinda yurtimizning Shvetsiya va Vengriyada elchixonalari ochildi, Toshkentda Qatar Davlatining diplomatik missiyasi o\u2018z ishini boshladi.<br \/>\nMamlakatimizdagi yangilanishlar jarayoni to\u2018g\u2018risida so\u2018z yuritar ekan, O\u2018zbekiston yetakchisi keyingi yillarda \u00abinson \u2013 jamiyat \u2013 davlat\u00bb tamoyili asosida huquqiy demokratik davlatni barpo etish, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va maqsadlariga alohida to\u2018xtaldi.<br \/>\nBunday keng ko\u2018lamli o\u2018zgarishlar mamlakatni tubdan isloh qilishni, kompleks siyosiy, iqtisodiy va ma\u2019muriy yangilanishlarni izchil olib borishni talab etadi. Konstitutsiyamizni Yangi O\u2018zbekiston voqeligiga mos ravishda yangilash jarayoni bu yo\u2018ldagi katta qadamdir.<br \/>\nPrezident Shavkat Mirziyoyev Asosiy qonunning yangi tahririni tayyorlash doirasida keng jamoatchilik muhokamasi o\u2018tkazilgani, tajribali mutaxassis va olimlar, xorijiy hamkorlar, ixtisoslashgan xalqaro institutlar va tahliliy markazlarning takliflari hisobga olinganini qayd etdi.<br \/>\nO\u2018zbekiston yetakchisi ziddiyatlar va mojarolar keskinlashib borayotgan murakkab xalqaro vaziyat sharoitida barcha mamlakatlar bilan o\u2018zaro ishonch va hurmatga asoslangan tashqi siyosatni amalga oshirishning ahamiyati tobora ortib borayotganini alohida ta\u2019kidladi.<br \/>\nQayd etilganidek, mamlakatimiz yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, global moliyaviy institutlar bilan sheriklikni mustahkamlamoqda, Turkiy davlatlar tashkilotida samarali raislikni amalga oshirmoqda va joriy yilda ilk bor Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitini qabul qilmoqda. O\u2018ndan ziyod yirik xalqaro tadbirlar o\u2018tkazilishi rejalashtirilgan.<br \/>\n&#8211; Xalqaro hamjamiyat uchun yanada ochiq va samimiy hamkor bo\u2018lishga astoydil intilamiz. Buning uchun bizda siyosiy iroda, qat\u2019iyat, eng muhimi, imkoniyat va yetarli salohiyat bor, &#8211; dedi Prezident.<br \/>\nMarosim davomida davlatimiz rahbari yangi elchilar vakillik qilayotgan mamlakatlar bilan ko\u2018p qirrali va o\u2018zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo\u2018nalishlariga alohida to\u2018xtalib o\u2018tdi.<br \/>\nFalastin \u2013 O\u2018zbekistonning Yaqin Sharqdagi an\u2019anaviy hamkorlaridan biri. Xalqlarimizni ko\u2018p asrlik do\u2018stlik rishtalari, mushtarak diniy va madaniy qadriyatlar o\u2018zaro bog\u2018lab turadi.<br \/>\nQishloq xo\u2018jaligi, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, farmatsevtika va to\u2018qimachilik sohalarida hamkorlik uchun katta salohiyat borligi ta\u2019kidlandi.<br \/>\nO\u2018zaro manfaatli almashinuvlarni rivojlantirish uchun Falastin davlat tashkilotlari va xususiy biznes vakillarining mamlakatimizga tashriflarini tashkil etish taklif qilindi.<br \/>\nYaponiya elchisiga murojaat qilar ekan, davlatimiz rahbari Tokio O\u2018zbekistonning vaqt bilan sinalgan strategik sherigi ekanini, ushbu mamlakat bilan munosabatlar o\u2018zaro ishonch ruhida rivojlanib borayotganini qayd etdi.<br \/>\nYaponiya yurtimiz iqtisodiyoti, sanoati va infratuzilmasini texnologik modernizatsiya qilishda faol ishtirok etayotgani mamnuniyat bilan ta\u2019kidlandi. 2019 yil dekabr oyida o\u2018tgan va uzoq muddatli hamkorlik uchun mustahkam zamin yaratgan O\u2018zbekiston-Yaponiya sammiti tarixiy voqea bo\u2018lgani qayd etildi.<br \/>\nOliy darajadagi va vazirliklar o\u2018rtasidagi muntazam muloqotlar tomonlarning amaliy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorligi yuqori ekanini ko\u2018rsatmoqda. Rejalashtirilgan ko\u2018p tomonlama tadbirlar, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, shuningdek, \u00abMarkaziy Osiyo \u2013 Yaponiya\u00bb muloqoti ikki mamlakat o\u2018rtasidagi sheriklikni izchil davom ettirishda muhim ahamiyatga ega.<br \/>\nQatar Davlati biz uchun yaqin do\u2018st, nafaqat arab-musulmon olamida, balki butun dunyoda katta nufuz va ta\u2019sirga ega\u00a0 mamlakat.<br \/>\nPrezidentimiz Qatar Amir Shayx Tamim bin Hamad Ol Taniy rahbarligida erishayotgan katta muvaffaqiyatlarni yuksak baholadi, futbol bo\u2018yicha jahon chempionati va Doxada BMTning eng kam rivojlangan mamlakatlar bo\u2018yicha konferensiyasi muvaffaqiyatli o\u2018tkazilgani bilan tabrikladi.<br \/>\nHamkorlik istiqbollarini baholar ekan, davlatimiz rahbari bu borada katta imkoniyatlar mavjudligini ta\u2019kidladi.<br \/>\nBo\u2018lajak O\u2018zbekiston-Qatar sammiti ikki mamlakat munosabatlarini sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqish sari tarixiy qadam bo\u2018lishiga ishonch bildirildi.<br \/>\nTa\u2019kidlanganidek, energetika, qazib chiqarish, kimyo sanoati, qishloq xo\u2018jaligi, qurilish, ekologik turizm va farmatsevtika sohalaridagi yirik qo\u2018shma loyihalar savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo\u2018ladi.<br \/>\nO\u2018zbekiston Slovakiyani Yevropa Ittifoqida salmoqli iqtisodiy salohiyatga ega istiqbolli hamkorlaridan biri sifatida qabul qiladi.<br \/>\nPrezidentimiz do\u2018stlik va o\u2018zaro hurmat tamoyillariga asoslangan O\u2018zbekiston-Slovakiya munosabatlari yangi loyihalar va aniq dasturlar bilan boyib, izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.<br \/>\nKeyingi yillarda o\u2018zaro savdo hajmi va qo\u2018shma korxonalar soni 2 baravar ko\u2018paygani bundan dalolat beradi.<br \/>\nO\u2018zbekiston investitsiya sohasida, shu jumladan tibbiyot, farmatsevtika va kimyo tarmoqlarining yetakchi kompaniyalari bilan birgalikda aniq loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor.<br \/>\nSiyosiy, iqtisodiy va harbiy salohiyati muttasil oshib borayotgan Pokiston bilan munosabatlar ikki mamlakat yetakchilarining muntazam muloqotlari tufayli strategik sheriklik darajasiga ko\u2018tarildi.<br \/>\nTransport, qishloq xo\u2018jaligi, yengil sanoat, farmatsevtika va boshqa tarmoqlardagi hamkorlik jadal rivojlanib bormoqda. O\u2018zaro savdo hajmini yaqin istiqbolda 1 milliard dollarga yetkazish bo\u2018yicha yo\u2018l xaritasi qabul qilingan.<br \/>\nAfg\u2018onistonda iqtisodiy tiklanishga ko\u2018maklashish borasidagi qo\u2018shma sa\u2019y-harakatlar, shu jumladan Transafg\u2018on temir yo\u2018lini qurish loyihasini tezda boshlash Janubiy va Markaziy Osiyoning o\u2018zaro bog\u2018liqligini mustahkamlashga xizmat qilishi ta\u2019kidlandi.<br \/>\nDavlatimiz rahbari Pokiston tomoniga BMT shafeligida Afg\u2018oniston bo\u2018yicha xalqaro muzokara guruhini tashkil etish tashabbusini qo\u2018llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.<br \/>\nSo\u2018zining yakunida O\u2018zbekiston Prezidenti yangi tayinlangan xorijiy diplomatik missiyalar rahbarlariga mas\u2019uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.<br \/>\nTadbir doirasida har bir elchi bilan qisqa suhbat bo\u2018lib o\u2018tdi. Chet ellik diplomatlar ular vakillik qilayotgan mamlakatlar yetakchilarining O\u2018zbekiston rahbari va xalqiga samimiy salomi va ehtiromini yetkazdi. Yurtimizda ularning diplomatik\u00a0 faoliyatiga yaratilgan sharoitlar hamda bugungi tadbirda ko\u2018rsatilgan iliq qabul va alohida e\u2019tibor uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.<br \/>\nElchilar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan aniq taklif va tashabbuslar o\u2018zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishda ulkan amaliy ahamiyatga ega ekanini hamda O\u2018zbekiston bilan keng ko\u2018lamli hamkorlik va samarali sheriklikni yanada rivojlantirishga bor kuch-g\u2018ayrati va tajribasini ishga solishga tayyorligini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3855","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3855","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3855"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3855\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3856,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3855\/revisions\/3856"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3855"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3855"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3855"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}