{"id":385,"date":"2018-01-17T14:57:29","date_gmt":"2018-01-17T12:57:29","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=385"},"modified":"2018-01-17T14:57:29","modified_gmt":"2018-01-17T12:57:29","slug":"%d0%b2%d1%81%d1%82%d1%80%d0%b5%d1%87%d0%b0-%d0%b4%d0%b5%d0%bb%d0%be%d0%b2%d1%8b%d1%85-%d0%ba%d1%80%d1%83%d0%b3%d0%be%d0%b2-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2018\/01\/17\/%d0%b2%d1%81%d1%82%d1%80%d0%b5%d1%87%d0%b0-%d0%b4%d0%b5%d0%bb%d0%be%d0%b2%d1%8b%d1%85-%d0%ba%d1%80%d1%83%d0%b3%d0%be%d0%b2-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b8\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston \u2013 Turkiya ishbilarmon doiralarining davra suhbati"},"content":{"rendered":"<p>Poytaxtimizda 16-yanvar kuni Turkiyaning \u201cZiraat Bankasi A.S.\u201d banki boshqaruvi raisi Huseyn Aydin boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida O\u2018zbekiston \u2013 Turkiya ishbilarmon doiralari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.\u00a0<!--more--><br \/>\nO\u2018zbekiston Investitsiyalar bo\u2018yicha davlat qo\u2018mitasi tomonidan Farmatsevtika tarmog\u2018ini rivojlantirish agentligi, &#8220;O\u2018zqurilishmateriallari&#8221; aksiyadorlik jamiyati, &#8220;O\u2018zto\u2018qimachiliksanoat&#8221; uyushmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda rasmiy delegatsiya a\u2019zolari, shuningdek, ikki mamlakatning qurilish, energetika, mashinasozlik, geologiya, oziq-ovqat, kimyo sanoati, farmatsevtika, sayyohlik kabi sohalari uchun mas\u2019ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi. Unda mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning joriy holati, investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, transport-kommunikatsiya, turizm, qurilish va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizning qulay geografik joylashuvi tufayli mintaqa bozorlariga chiqish imkoniyatining mavjudligi, tobora erkinlashayotgan iqtisodiyoti, qulay investitsiyaviy muhiti ko\u2018plab xorijiy sarmoyadorlar qatori turkiyalik ishbilarmonlarni ham o\u2018ziga jalb qilmoqda. Ushbu mamlakatning rivojlangan sanoati, transport kommunikatsiyalari, dengiz yo\u2018llari, qishloq xo\u2018jaligi va turizm salohiyati borasidagi imkoniyatlari ham, o\u2018z navbatida, mamlakatimiz uchun manfaatli.<\/p>\n<p>Tadbirda O\u2018zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo\u2018yicha davlat qo\u2018mitasi raisi A.Ahmadxo\u2018jayev, Turkiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Bashar va boshqalar bugun O\u2018zbekiston va Turkiya o\u2018rtasidagi ko\u2018p qirrali hamkorlik tenglik, o\u2018zaro ishonch ruhida rivojlanayotganini ta\u2019kidladi. Ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlari, vazirlik va idoralar delegatsiyalarining tashriflari, qator qo\u2018shma tadbirlar tufayli manfaatli sheriklik aloqalari tobora kengaymoqda.<\/p>\n<p>Birgina misol. 2017-yil Turkiya Respublikasi Bosh vaziri o\u2018rinbosari, tashqi ishlar vaziri, milliy mudofaa vaziri boshchiligidagi delegatsiyalar O\u2018zbekistonda, mamlakatimiz Bosh vaziri o\u2018rinbosarlari, mudofaa vaziri rahbarligidagi delegatsiyalar Turkiyada bo\u2018ldi. Turli tadbir va forumlar o\u2018tkazildi. 25 may kuni poytaxtimizda bo\u2018lib o\u2018tgan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo\u2018yicha O\u2018zbekiston \u2013 Turkiya hukumatlararo komissiyasining majlisi, 30 sentabr kuni Toshkentda va 6 oktabr kuni Istanbulda o\u2018tgan biznes-forumlarda hamkorlikning ko\u2018plab istiqbolli yo\u2018nalishlari belgilab olindi.<\/p>\n<p>Davra suhbatida o\u2018zaro hamkorlikda hali foydalanilmagan imkoniyatlar ko\u2018pligi, ushbu tashrif ikki mamlakat vazirlik va idoralari, ishbilarmon doiralari o\u2018rtasidagi aloqalar rivojiga yangi sur\u2019at baxsh etishi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Tadbirda mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, iqtisodiyotni liberallashtirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish maqsadida xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan soliq va bojxona imtiyozlari haqida so\u2018zlab berildi.<\/p>\n<p>Tadbirda mamlakatimizda keyingi yillarda jadal rivojlanayotgan farmatsevtika sanoati bilan bog\u2018liq masalalar ham muhokamalar markazida bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Ta\u2019kidlash joizki, bugungi kunda O\u2018zbekistonda farmatsevtika faoliyati bilan shug\u2018ullanish uchun 151 ta litsenziya berilgan. Ulardan 94 tasi dori, 3 tasi tashxis qo\u2018yish vositalari, 54 tasi tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarishga yo\u2018naltirilgan. Davlatimiz rahbarining farmatsevtika sanoatini rivojlantirishga qaratayotgan alohida e\u2019tibori sabab dori va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish yo\u2018nalishida yana 167 tadbirkorlik subyekti faoliyat boshladi.<\/p>\n<p>Forumda mamlakatimizning farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish uchun ulkan salohiyat va imkoniyatlar mavjudligi alohida qayd etildi. Mamlakatimizda 577 xildagi dorivor o\u2018simliklar o\u2018sishi qayd etilgan va bugungi kunda ularning atigi 17 foizidan dori vositalari ishlab chiqarishda foydalanilmoqda. Tadbirda turkiyalik ishbilarmonlarga ushbu sohada faoliyat yuritish, taqdim etiladigan imtiyoz va qulayliklar haqida batafsil ma\u2019lumot berildi.<\/p>\n<p>\u2013 O\u2018zbekistonda iqtisodiy sektorni erkinlashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash borasidagi islohotlar izchillik bilan amalga oshirilayotgani mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qilmoqda, \u2013 deydi tadbirkor Halil To\u2018ra (Turkiya). \u2013 Biz ham bu imkoniyatlardan unumli foydalanib, sarmoya kiritish istagidamiz. Kompaniyamiz geologiya, energetika, logistika, turizm, xizmat ko\u2018rsatish va servis kabi qator sohalarda faoliyat yuritadi. Bugungi tadbirda logistika markazlari, turizm, energetika yo\u2018nalishida ish yuritish va xizmatlarni tashkil etish masalalarini muhokama qildik.<\/p>\n<p>Muzokaralarda qo\u2018shma loyihalar va dasturlarni amalga oshirish yuzasidan o\u2018zaro fikr almashildi.<\/p>\n<div><\/div>\n<div class=\"news-props\">Ulug\u2018bek Shonazarov, O\u2018zA<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":386,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[],"tags":[],"class_list":["post-385","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/385","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=385"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/385\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":387,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/385\/revisions\/387"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/386"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=385"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=385"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=385"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}