{"id":3801,"date":"2023-03-30T14:34:37","date_gmt":"2023-03-30T12:34:37","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3801"},"modified":"2023-04-03T14:37:03","modified_gmt":"2023-04-03T12:37:03","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b2-%d1%8d%d1%82%d0%be%d0%bc-%d0%b3%d0%be%d0%b4%d1%83-%d0%bc%d1%8b-%d0%b2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/03\/30\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b2-%d1%8d%d1%82%d0%be%d0%bc-%d0%b3%d0%be%d0%b4%d1%83-%d0%bc%d1%8b-%d0%b2\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning borishi bilan tanishish uchun Qoraqalpog\u2018istonga keldi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHKENT, 30 mart. \/\u201cDunyo\u201d\/.<\/strong>\u00a0Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Nukus shahridagi Altin jag\u2018is mahallasida bo\u2018lib, aholi hayoti bilan yaqindan tanishdi, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\" style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1680200072.0753.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u02bclumotiga ko\u2018ra, bu yerda 4 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Mahallalardagi manzilli ishlar Altin jag\u2018isda ham o\u2018z natijasini bermoqda. Yaqin-yaqingacha bu manzil transportlar borishi qiyin, kommunikatsiya tarmoqlari kamchil joy edi. O\u2018tgan yili bu yer \u201cObod mahalla\u201d dasturiga kiritilib, keng ko\u2018lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Yo\u2018l, elektr energiyasi, ichimlik suvi hamda gaz tarmoqlari yangilandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mahalla binosi yangidan qurilib, uning atrofida bolalar maydonchalari, tibbiyot punkti, tadbirkorlikka ko\u2018maklashuvchi markaz, savdo shoxobchasi tashkil etildi. Zamonaviy sport majmuasi qurib bitkazilmoqda. Bunday yaxlit majmua aholiga qulaylik yaratadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari mahalladagi o\u2018zgarishlarni ko\u2018zdan kechirdi, aholi bilan suhbatlashdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Mahallangiz obod bo\u2018lganini, odamlar yuzidagi rozilikni ko\u2018rib xursandman. Buni hamma joyda davom ettiramiz. Qoraqalpog\u2018iston mahallalarini obod qilish, suv, yo\u2018l, elektr ta\u02bcminotini yaxshilash, maktab, bog\u2018cha va tibbiyot punktlarini qurish va ta\u02bcmirlash uchun bu yil 1,5 trillion so\u2018m berayapmiz. Bundan tashqari, Qoraqalpog\u2018istondagi 452 ta mahallaning har biriga to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri 500 million so\u2018mdan qo\u2018shimcha mablag\u2018 ajratiladi. Muammoni mahallaning o\u2018zi ko\u2018tarsin, o\u2018ziga pul beraylik, o\u2018zi nazorat qilsin. Shunda sifat va manfaat bo\u2018ladi. Odamlar rozi bo\u2018ladi, \u2013 dedi Prezident.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu yerda ham tadbirkorlikni qo\u2018llab-quvvatlab, yangi ish o\u2018rinlari yaratishga e\u02bctibor qaratilmoqda. Mahallaning yeri unumdor emas. Aholi asosan xizmat ko\u2018rsatish orqali daromad oladi. Mahallada maishiy xizmat shoxobchalari, tikuvchilik korxonalari, novvoyxona, mebelsozlik va texnik xizmat ustaxonalari bor. Kelgusida quyonchilik va baliqchilikni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mahalla bilan tanishish uzoq davom etdi. Davlat rahbari shu yerlik Quo\u2018anshbay Seytnazarov xonadonida iftorlik qildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yurtimizni Navro\u2018z shukuhi hali tark etmagan. Prezidentimiz mahalla ahlining sumalak saylida ham ishtirok etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shavkat Mirziyoyev shu yerda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ham suhbatlashdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Telegram: O\u2018zbekiston Prezidenti: Biz bu yil Qoraqalpog\u2018iston mahallalarini obod qilish uchun 1,5 trillion so\u2018m ajratayapmiz<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u200b<strong>Davlatimiz rahbari Nukus shahridagi Altin jag\u2018is mahallasida mehmon bo\u2018ldi<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3801","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3801","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3801"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3801\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3802,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3801\/revisions\/3802"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3801"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3801"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3801"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}