{"id":3719,"date":"2023-03-14T13:14:06","date_gmt":"2023-03-14T11:14:06","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3719"},"modified":"2023-03-14T13:14:06","modified_gmt":"2023-03-14T11:14:06","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bd%d0%b8%d0%ba%d0%b0%d0%ba%d0%b0%d1%8f-%d1%81%d0%b8%d0%bb%d0%b0-%d0%bd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/03\/14\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bd%d0%b8%d0%ba%d0%b0%d0%ba%d0%b0%d1%8f-%d1%81%d0%b8%d0%bb%d0%b0-%d0%bd\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti: Ezgu maqsad yo\u2018lida birlashgan xalq va davlatni hech qanday kuch yengolmaydi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHKENT, 14-mart. \/\u201cDunyo\u201d AA\/.<\/strong>\u00a0Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahridagi \u201cYosh chegarachilar\u201d harbiy-akademik litseyini borib ko\u2018rdi, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\" style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1678761819.3287.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u02bclumotiga ko\u2018ra, o\u2018tgan yili litsey uchun yangi bino barpo etilgan. Bu yerda ijtimoiy va aniq fanlar yo\u2018nalishlarida 200 dan ortiq o\u2018quvchi ta\u02bclim-tarbiya olmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari shu yerda Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo\u2018lida halok bo\u2018lgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning oila a\u02bczolari bilan uchrashdi. Videoaloqa orqali tadbirga Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi va viloyatlar vakillari ham bog\u2018landi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ma\u02bclumki, mustaqillikka erishish, tinchlikni saqlash o\u2018z-o\u2018zidan bo\u2018lmaydi. Xalqimiz ham ko\u2018p sinovli kunlarni boshidan kechirdi. Osoyishta hayotimizni izdan chiqarishga urinishlar, terrorchilik xurujlari bo\u2018ldi. Botir harbiylarimiz jasorat ko\u2018rsatib, g\u2018arazli kuchlarga qaqshatqich zarba bergan. Ming afsuski, bu kurashda yuzlab mard harbiylarimiz, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari halok bo\u2018lgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchrashuvda davlatimiz rahbari ularni nomma-nom yodga oldi. Bunday dovyurak farzandlarni dunyoga keltirib, haqiqiy vatanparvar qilib tarbiyalagan ota-onalarga, ularning umr yo\u2018ldoshlari va farzandlariga xalqimiz nomidan chuqur minnatdorchilik bildirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 El-yurt uchun jonini fido qilgan o\u2018g\u2018lonlarimizni \u201chalok bo\u2018lgan\u201d deyishga til bormaydi. Ular oilasi uchun, Vatanimiz uchun hamisha barhayot, \u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qahramon o\u2018g\u2018lonlar xotirasini abadiylashtirish, ularning oila a\u02bczolariga har tomonlama g\u2018amxo\u2018rlik ko\u2018rsatish va qo\u2018llab-quvvatlash davlatimiz, jamiyatimizning e\u02bctiborida bo\u2018lib kelmoqda. Marhum harbiy xizmatchilar davlatimizning yuksak orden va medallari bilan taqdirlangan. Ularga bag\u2018ishlab \u201cMard o\u2018g\u2018lonlar nomi barhayot\u201d deb nomlangan xotira kitobi nashr etilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezident qarori bilan, 2018 yildan boshlab, halok bo\u2018lgan harbiy xizmatchilar farzandlarini oliy ta\u02bclim muassasalariga imtiyozli tavsiyanoma asosida o\u2018qishga qabul qilish yo\u2018lga qo\u2018yildi. Hozirgi kunga qadar 278 nafar o\u2018g\u2018il-qiz shu asosda oliygohlarga kirgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari harbiy xizmatchilar oilasiga e\u02bctibor va g\u2018amxo\u2018rlik hamisha davom ettirilishini ta\u02bckidladi. Shu maqsadda bugun \u201cVatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo\u2018lida halok bo\u2018lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila a\u02bczolarini ijtimoiy qo\u2018llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201d Prezident farmoni qabul qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hozirgi kunda halok bo\u2018lgan harbiylar va huquq-tartibot xodimlarining 270 nafar mehnatga layoqatsiz oila a\u02bczolari boquvchisini yo\u2018qotganlik pensiyasini olayapti. Endi, farmonga ko\u2018ra, har bir oila a\u02bczosi uchun pensiya miqdori 25 foizga oshiriladi. Natijada har bir oila a\u02bczosi o\u2018rtacha 2 million so\u2018mdan pensiya oladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikkinchidan, vafot etgan xizmatchilarning oila a\u02bczolaridan hozirda 82 nafarining uy-joyi yo\u2018q, ularning 21 nafari ijarada va 61 nafari qarindoshinikida yashaydi. Bundan buyon, muhtoj oilalarga birinchi navbatda turar joy beriladi va imtiyozli ipoteka krediti olish imkoniyati yaratiladi. Oila a\u02bczolariga ijara to\u2018lovi uchun 1 million 800 ming so\u2018mgacha pul beriladi. Bundan tashqari, halok bo\u2018lgan xizmatchining farzandlari bog\u2018cha, kollej, texnikum va oliygohda bepul ta\u02bclim-tarbiya oladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchinchidan, oila a\u02bczosi daromadining soliqdan ozod qilinadigan summasi 2 barobar ko\u2018payadi. Bu tartib xodimning farzandlariga ham tatbiq etiladi. Natijada marhum xizmatchining oilasi ro\u2018zg\u2018orida har oy o\u2018rtacha 700 ming so\u2018m qo\u2018shimcha pul qoladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">To\u2018rtinchidan, bundan buyon ushbu toifadagi xizmatchining oila a\u02bczolari harbiy shifoxonalarda bepul davolanish huquqiga ega bo\u2018ladi va navbatdan tashqari statsionar tibbiy yordam oladi. Ularga dori-darmon va protez-ortopediya moslamalari olib beriladi, jarrohlik xarajatlari davlat hisobidan qoplanadi. Xizmatchining ota-onasi, turmush o\u2018rtog\u2018i har yili sanatoriyda bepul davolanadi, bolalari oromgohlarda sog\u2018lomlashtiriladi. Ularning ota-onasi uchun yiliga ikki marta temir yo\u2018l va havo transportida yurish bepul bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Beshinchidan, halok bo\u2018lgan xizmatchilar oilasini harbiylashgan va huquq-tartibot idoralari tomonidan otaliqqa olish amaliyoti joriy etiladi. Shu bilan birga, viloyat hokimliklari tomonidan og\u2018ir ahvoldagi bunday oilalarga har oy 400 ming so\u2018m miqdorida nafaqa berib boriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ma\u02bclumki, Vatanga qasamyod qilgan xizmatchi noxush holatlardan kafolatlanmagan. Bundan buyon, agar xizmatchi o\u2018z burchini bajarishda halok bo\u2018lgan taqdirda, uning oilasiga ish haqini 150 baravari miqdorida bir yo\u2018la nafaqa beriladi. Ya\u02bcni, bu nafaqa o\u2018rtacha 300 million so\u2018mdan 500 million so\u2018mga oshiriladi. Halok bo\u2018lganda to\u2018lanadigan sug\u2018urta to\u2018lovi 25 million so\u2018mdan 60 million so\u2018mga ko\u2018payadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari bunday mard insonlarni voyaga yetkazgan ota-onalari, farzandlari doimo yurtimiz ardog\u2018ida bo\u2018lishi zarurligini ta\u02bckidlab, \u201cEl-yurt fidoyisi\u201d ko\u2018krak nishoni ta\u02bcsis etish taklifini bildirdi. Bu nishon guvohnomasi Oliy Bosh qo\u2018mondon tomonidan imzolanadi. Ushbu e\u02bctirof egalari barcha imtiyozlarga ega bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugun dunyoning turli nuqtalarida yangi tahdid va qurolli to\u2018qnashuvlar yuz bermoqda. Bunday tahlikali vaziyat xalqimizni ham bezovta qilishi tabiiydir. Shu bois davlatimiz mustaqilligini, xalqimiz tinchligini himoyalashga katta ahamiyat qaratilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Harbiy-jangovar salohiyat va yuksak ma\u02bcnaviy salohiyat O\u2018zbekiston Qurolli Kuchlarining ikki buyuk tayanchiga aylanishi zarur, \u2013 dedi Prezident.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018tgan yili harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy tayyorgarligi va jangovar ruhini oshirish konsepsiyasi qabul qilindi, \u201cVatan tayanchi\u201d bolalar va o\u2018smirlar harakati tashkil etildi. Bular yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg\u2018ularini yuksaltirishga hissa qo\u2018shmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari Vatan ozodligi yo\u2018lida fidoyilik ko\u2018rsatgan o\u2018g\u2018lonlarimiz jasorati ham yosh avlod uchun ibrat ekani, ular haqida \u00a0asarlar yaratish kerakligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Ezgu maqsad yo\u2018lida birlashgan xalq va davlatni hech qanday kuch yengolmaydi. Ilohim, qahramon o\u2018g\u2018lonlarimizning oxiratlari obod bo\u2018lsin. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo\u2018lsin, \u2013 dedi Prezidentimiz so\u2018zining yakunida.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryoga tashrifi yakunlandi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3719","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3719","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3719"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3719\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3720,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3719\/revisions\/3720"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3719"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3719"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3719"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}