{"id":3679,"date":"2023-03-02T10:15:53","date_gmt":"2023-03-02T08:15:53","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3679"},"modified":"2023-03-06T10:19:29","modified_gmt":"2023-03-06T08:19:29","slug":"%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%82%d1%83%d0%bf%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-4","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/03\/02\/%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%82%d1%83%d0%bf%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-4\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qo\u2018shilmaslik harakati Muloqot guruhi sammitidagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli Ilhom Geydarovich!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xonimlar va janoblar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi Muloqot guruhi sammitining barcha ishtirokchilarini chin qalbimdan qutlayman.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1677755866.5465.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Go\u2018zal va betakror Boku shahrida anjuman qatnashchilariga ko\u2018rsatilayotgan samimiy mehmondo\u2018stlik va uchrashuvimizni yuksak darajada tashkil etgani uchun Ozarbayjon Prezidenti hurmatli Ilhom Geydarovich Aliyevga chuqur minnatdorchilik izhor etaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuni alohida ta\u2019kidlashni istar edimki, Ozarbayjon Yetakchisi raisligi davrida Qo\u2018shilmaslik harakatining xalqaro maydondagi o\u2018rni va nufuzi keskin oshdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu muhim platforma doirasida mamlakatlarimizning ko\u2018p tomonlama hamkorligi yangi bosqichga ko\u2018tarildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Pandemiya davridagi qiyinchiliklarga qaramay, o\u2018zaro birdamlik va hamjihatligimiz yanada kuchaydi. Tashkilot tarixida birinchi bor parlamentlar va yoshlar qanotlari tashkil etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu yutuqlarning barchasi qadrli hamkasbim Ilhom Geydarovichning ulkan sa\u2019y-harakatlari va faol tashabbuskorligi, a\u2019zo davlatlar manfaatlarini ko\u2018zlab olib borgan amaliy ishlarining yaqqol ifodasidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu o\u2018rinda hurmatli Ozarbayjon Prezidentining bugungi murakkab vaziyatga qaramay, mamlakat iqtisodiyotini har tomonlama yuksaltirish, xalqning turmush darajasini oshirish, davlatning xalqaro miqyosdagi obro\u2018 va nufuzini mustahkamlash borasida salmoqli natijalarga erishayotganini katta mamnuniyat bilan ta\u2019kidlamoqchiman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, hurmatli qardoshimning tarixiy adolat tiklangan hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilma va yangi-yangi inshoatlarni barpo etish, aholiga qulay sharoitlar yaratib berishga qaratilgan bunyodkorlik ishlarini alohida qayd etishni istar edim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli sammit ishtirokchilari!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tahlillar ko\u2018rsatmoqdaki, so\u2018nggi yillarda insoniyat pandemiyaga qarshi kurashish bilan bir qatorda, iqlim o\u2018zgarishi, tabiiy ofatlar va texnogen fojialarning ayanchli oqibatlarini ham o\u2018z boshidan o\u2018tkazmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu muammolarning ko\u2018lami tobora kengayib, ular nafaqat ayrim davlatlar, balki butun bir mintaqalarning xavfsizligi va barqaror taraqqiyoti uchun jiddiy xavf solmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Albatta, bunday qiyin va murakkab sinovlarni faqatgina birgalikda, bir-birimizni yaqindan qo\u2018llab-quvvatlagan holda yenga olamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu ma\u2019noda, O\u2018zbekiston 2030 yilga qadar mo\u2018ljallangan Senday hadli dasturining asosiy maqsadlariga erishish bo\u2018yicha Global platforma faoliyatini yanada kuchaytirish tarafdoridir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu kabi favqulodda holatlar sabablarini chuqur o\u2018rganish hamda ofat oqibatlarini samarali bartaraf etish maqsadida Qo\u2018shilmaslik harakatining maxsus monitoring va ilmiy tadqiqot tarmog\u2018ini tashkil qilishni taklif etaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu institutni O\u2018zbekistonda joylashtirishga tayyormiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli anjuman qatnashchilari!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Pandemiyadan keyingi davrda geosiyosiy va mafkuraviy ziddiyatlar kuchayib, ularning ta\u2019sirida jahonning turli nuqtalarida yangi notinchlik o\u2018choqlari paydo bo\u2018layotgani barchamizni jiddiy tashvishga solmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, Yaqin Sharq mintaqasi va Afg\u2018onistonda uzoq vaqtdan buyon saqlanib qolayotgan nizolarning global yechimi hanuzgacha topilgani yo\u2018q.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ayniqsa, so\u2018nggi paytlarda barcha davlatlarda o\u2018sib borayotgan terrorizm va ekstremizmning xavf-xatariga qarshi Tashkilot doirasida amaliy aloqalarni kuchaytirish tobora dolzarb tus olayotganini alohida ta\u2019kidlamoqchiman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ana shunday tahlikali vaziyatda biz Qo\u2018shilmaslik harakatini terrorizmning har qanday ko\u2018rinishiga qarshi kurashning xalqaro-huquqiy bazasini mustahkamlash bo\u2018yicha umumiy intilishlarga yetakchilik qilishga chaqiramiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu jarayonda Harakatga a\u2019zo barcha davlatlarning Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida ko\u2018p tomonlama hamkorlikni yanada faollashtirishiga qat\u2019iy ishonamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, bu muammolarni xalqaro miqyosda samarali hal etish va tizimli muvofiqlashtirishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixt\u0301isoslashgan tuzilmalari albatta asosiy rolni bajarishi lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birlashgan Millatlar Tashkilotini isloh qilish jarayonida, Xavfsizlik Kengashi tarkibida kelgusida Qo\u2018shilmaslik harakati a\u2019zolarining doimiy o\u2018rni bo\u2018lishi kerak.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu o\u2018rinda afg\u2018on masalasi bo\u2018yicha algoritmni kelishish uchun BMT huzurida Xalqaro muzokaralar guruhini tuzishga doir O\u2018zbekiston taklifini qo\u2018llab-quvvatlaysizlar, deb ishonaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Global kun tartibidagi yana bir muhim masala \u2013 bu davom etayotgan va yakuni hali ko\u2018rinmayotgan iqtisodiy inqiroz asoratlarini yumshatishdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Barchamiz jahon savdo aloqalari zaiflashuvi, sanoat va logistika zanjirlari uzilishining salbiy ta\u2019sirini yaqindan bevosita his qilayapmiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlari, suv va energetika resurslarining tobora taqchil bo\u2018lib borayotgani mamlakatlarimiz ijtimoiy-iqtisodiy tizimlari uchun jiddiy sinov bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ming afsuski, bunday qiyin vaziyatda eng katta og\u2018irlik va salbiy ta\u2019sir, avvalo, aynan rivojlanayotgan davlatlar zimmasiga tushmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuni ta\u2019kidlamoqchimanki, bugungi sammit kabi nufuzli anjumanlar birinchi navbatda o\u2018zaro amaliy hamkorlikni rivojlantirish, qo\u2018shma dasturlar va yirik loyihalarni ilgari surish uchun keng iqtisodiy imkoniyatlar eshigini ochib berishi lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu xayrli rejani amalga oshirish maqsadida, Tashkilotimiz sammitlari arafasida Qo\u2018shilmaslik harakati Iqtisodiy forumini muntazam o\u2018tkazib borishni taklif etaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ishonchim komilki, bunday muhim tadbirlar innovatsiyalar, zamonaviy bilim va ilg\u2018or texnologiyalar almashuvini jadallashtirishga, umuman olganda, to\u2018rtinchi sanoat inqilobi, xususan aqlli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yana bir muhim masala.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Pandemiyaning salbiy ta\u2019sirini, birinchi galda, o\u2018sib kelayotgan yoshlarimiz his qilmoqda, desak, ayni haqiqat bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ularning sifatli ta\u2019lim va profes-sional bilim olish, tibbiy xizmatlardan foydalanish va sport bilan shug\u2018ullanish imkoniyatlari keskin kamaymoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Eng yomoni, yosh avlodning kelgusida hayotda o\u2018z munosib o\u2018rnini topishiga bo\u2018lgan ishonchi va qat\u2019iyati susaymoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, minglab yoshlarning ongu tafakkuriga buzg\u2018unchi va radikal mafkuralar ta\u2019siri ham tobora kuchaymoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz o\u2018tgan yili Toshkent shahrida bu masalalar yechimiga qaratilgan, yoshlar ta\u2019limi va tarbiyasiga bag\u2018ishlangan ikkinchi global konferensiyani o\u2018tkazdik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu borada siyosat va rejalarimizni uyg\u2018unlashtirish, to\u2018plagan tajriba-larimiz bilan o\u2018rtoqlashish maqsadida Harakatimiz Yoshlar tarmog\u2018ining \u201cCheksiz imkoniyatlar sammiti\u201dni kelgusi yil jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri bo\u2018lgan ko\u2018hna Samarqandda tashkil etish niyatidamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli do\u2018stlar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz Ozarbayjonlik qardoshlarimizni Tashkilotimizga samarali raisligi va sammitning muvaffaqiyatli o\u2018tayotgani bilan yana bir bor samimiy tabriklaymiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hech shubhasiz, bugun bildirilgan barcha fikr va mulohazalar, taklif va tashabbuslar xalqlarimizning umumiy ravnaqi va farovonligiga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">E\u2019tiboringiz uchun rahmat.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3679","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3679","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3679"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3679\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3680,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3679\/revisions\/3680"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3679"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3679"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3679"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}