{"id":3660,"date":"2023-02-23T12:05:06","date_gmt":"2023-02-23T10:05:06","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3660"},"modified":"2023-02-23T12:05:06","modified_gmt":"2023-02-23T10:05:06","slug":"%d0%bf%d0%be%d0%b4-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d0%b5%d0%b4%d0%b0%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%be%d0%bc-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%83%d0%b7","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/02\/23\/%d0%bf%d0%be%d0%b4-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d0%b5%d0%b4%d0%b0%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%be%d0%bc-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%83%d0%b7\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti raisligida axborot texnologiyalari sohasidagi vazifalar muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHK\u0415NT, 22-fevral. \/\u00abDunyo\u00bb AA\/.\u00a0<\/strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 22 fevral kuni soha va hududlarda raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi, deb xabar bermoqda \u00abDunyo\u00bb AA muxbiri.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\" style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1677086842.2398.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u2019lumotiga ko\u2018ra, so\u2018nggi uch yilda axborot texnologiyalari sohasiga katta e\u2019tibor qaratilgani o\u2018z natijasini beryapti. O\u2018tgan yili IT-park rezidentlari 5 trillion so\u2018mlik xizmatlar ko\u2018rsatgan, 140 million dollarlik xizmatlarni eksport qilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mavjud 715 ta davlat xizmatidan 370 tasi raqamli platformaga o\u2018tkazilgan bo\u2018lib, ulardan o\u2018tgan yili 12 million aholi foydalangan. Raqamlashtirish natijasida 70 dan ortiq turdagi ma\u2019lumot va hujjatlarni aholidan talab qilish bekor bo\u2018lgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Lekin, bular hali yetarli emas. Soha va hududlarda qilinishi lozim bo\u2018lgan ishlar ko\u2018p. Xususan, vazirliklarning 5 mingta funksiyasidan faqat 30 foizi raqamlashgan. Aholi eng ko\u2018p murojaat qiladigan ichki ishlar, adliya, standart, sog\u2018liqni saqlash sohalarida o\u2018nlab xizmatlar elektron shaklga o\u2018tkazilmagan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Axborot texnologiyalari sohasida mahsulotning ham, eksportning ham asosiy qismi Toshkent shahriga to\u2018g\u2018ri kelayapti. Qoraqalpog\u2018iston, Buxoro, Namangan, Surxondaryo, Navoiy va Toshkent viloyatida IT-parklar haligacha qurib bitkazilmagan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig\u2018ilishda shu kabi kamchiliklar tahlil qilinib, galdagi vazifalar belgilandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlar eksportini kelgusida 1 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Buning uchun kamida 100 ming nafar malakali dasturchi, IT-arxitektor, operator va muhandislar kerak. Hududlarda yuqori tezlikdagi internet tarmog\u2018ini kengaytirish lozim. Xorijiy IT-kompaniyalar ko\u2018payishi uchun yanada qulay muhit yaratish zarur. Aholi va tadbirkorlar uchun eng zarur bo\u2018lgan yangi elektron xizmatlarni ishga tushirish joiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari bu boradagi imkoniyatlarni ko\u2018rsatib o\u2018tdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Avvalo, Toshkent shahrida sinovdan o\u2018tgan loyihalar barcha viloyatlarda joriy qilinishi belgilandi. Xususan, poytaxtimizda Raqamli geoportal, Raqamli uy-joy kommunal, Xalq nazorati kabi tizimlar ishga tushirilgan edi. Shahar hokimligida Raqamli rivojlanish departamenti tuzilgan edi. Endi ushbu departament Raqamli texnologiyalar vazirligiga o\u2018tkazilib, mamlakatimizning barcha hududlarida raqamlashtirishga mas\u2019ul bo\u2018lishi qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Barcha biznes jarayonlar hamda aholi uchun eng zarur xizmatlarni to\u2018liq raqamlashtirib, integratsiya qilish masalasiga alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birgina misol: oldin maktab o\u2018quvchilarining yagona bazasi bo\u2018lmagani sababli maktablarda sinflar miqdori turlicha bo\u2018lgan. O\u2018tgan yili sentyabrda maktab, bog\u2018cha, FHDYO va ichki ishlar organlarining ma\u2019lumotlari uyg\u2018unlashtirilgani natijasida asossiz ochilgan 4 mingta sinf qisqartirilgan va 350 milliard so\u2018m budjet mablag\u2018i tejab qolingan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari bunday ishlarni boshqa sohalarda ham amalga oshirish mumkinligini ta\u2019kidladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligiga bu maqsadlar uchun mablag\u2018 ajratish, shuningdek, raqamlashtirish hisobiga iqtisod qilingan mablag\u2018larning yarmini vazirlik va hokimliklarning o\u2018zida qoldirish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Raqamli texnologiyalar vazirligiga 26 ta axborot tizimini Yagona davlat xizmatlari portaliga birlashtirib, undagi xizmatlar sonini 570 taga yetkazish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Raqamlashtirishdan maqsad-muddaomiz nima o\u2018zi? Odamlarni rozi qilish, inson qadrini joyiga qo\u2018yish, adolatni ta\u2019minlash, \u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezident yoshlarni axborot texnologiyalariga o\u2018qitish, ishlashiga sharoit va mahsuloti uchun bozor yaratish zarurligini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu borada, 1 apreldan \u201cElektron hukumat\u201d, \u201cBiznes uchun dastur\u201d, ta\u2019lim yo\u2018nalishlari bo\u2018yicha mukofot jamg\u2018armasi 1 million dollar bo\u2018lgan Respublika tanlovi boshlanishi e\u2019lon qilindi. Shuningdek, hududlarda yoshlar yaratgan 50 ta eng yaxshi dastur Raqamlashtirish jamg\u2018armalari hisobidan sotib olinadi.<\/p>\n<p>So\u2018nggi ikki yilda yurtimizda 215 ta IT-ta\u2019lim markazlari ochilgan. Bunday muassasalarni va ularning bitiruvchilarini qo\u2018llab-quvvatlash uchun moliyaviy imtiyozlar berilishi aytildi. Jumladan, eksportchi kompaniyalarga ishga joylashgan har bir mutaxassis uchun 25 million so\u2018mgacha, imkoniyati cheklangan yoshlarga esa 35 million so\u2018mgacha subsidiya ajratiladi. IT-sertifikati bor yoshlarga kompyuter xaridi uchun imtiyozli kredit ularning shaxsiy plastik kartasiga o\u2018tkazib beriladi.<\/p>\n<p>\u201cBir million dasturchi\u201d loyihasi ham o\u2018z samarasini berdi. Hozirda IT-parklar mutaxassislarining ko\u2018pchiligi shu dasturni tamomlagan yoshlar hisoblanadi.<\/p>\n<p>Endi yoshlarni \u201cCoursera\u201d platformasi orqali o\u2018qitish ham kengaytiriladi. Ular orasidan eng iqtidorlilari tanlab olinib, alohida dastur asosida xalqaro IT-bozor uchun tayyorlanadi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda sohadagi eksportni ko\u2018paytirish masalasiga ham alohida to\u2018xtalib o\u2018tildi. Joriy yilda bu ko\u2018rsatkichni 300 million dollarga yetkazish maqsad qilingan.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari buning uchun xorijiy buyurtmalarni jalb qilishga qo\u2018shimcha sharoitlar yaratish zarurligini ta\u2019kidladi. Shu bois IT-parkda xorijiy kompaniyalar uchun Raqamli moliya texnologiyalari markazi tashkil etish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborot va takliflari eshitildi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3660","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3660","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3660"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3660\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3661,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3660\/revisions\/3661"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3660"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3660"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3660"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}