{"id":3631,"date":"2023-02-14T12:53:41","date_gmt":"2023-02-14T10:53:41","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3631"},"modified":"2023-02-14T12:53:41","modified_gmt":"2023-02-14T10:53:41","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%be%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d0%b5%d0%bb%d0%b8%d0%bb-%d0%b7%d0%b0%d0%b4","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/02\/14\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%be%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d0%b5%d0%bb%d0%b8%d0%bb-%d0%b7%d0%b0%d0%b4\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti raisligidagi yig\u2018ilishda ijtimoiy sohalardagi vazifalar belgilandi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHKENT, 13-fevral. \/\u201cDunyo\u201d AA\/.<\/strong>\u00a0Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy sohalarga mas\u02bcul rahbarlarni qabul qildi, deb xabar qilmoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u02bclumotiga tayanib.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\" style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1676310909.6677.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbarining 2022 yil 21 dekabrdagi \u201cYangi O\u2018zbekiston ma\u02bcmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi farmoniga muvofiq ixcham va samarali boshqaruv tizimiga o\u2018tilmoqda. Birinchi bosqichda vazirliklar isloh qilinmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xususan, bir-biriga yaqin sohalar negizida Oliy ta\u02bclim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta\u02bclimi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Sog\u2018liqni saqlash vazirligi tashkil etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentimiz O\u2018zbekiston xalqiga Murojaatnomasida \u201cijtimoiy davlat\u201d tamoyiliga alohida e\u02bctibor qaratgan edi. Ijtimoiy davlat bu, eng avvalo, inson salohiyatini ro\u2018yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishiga zarur sharoitlar yaratish, demakdir. Bu esa ta\u02bclim va tibbiyot sifati, ilm-fan va madaniyat rivoji, yoshlar hayotida aks etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig\u2018ilishda ushbu sohalardagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatni olg\u2018a boshlovchi, islohotlarni amalga oshiruvchi asosiy kuch bu \u2013 bilimli va sog\u2018lom avlod. Shu bois ta\u02bclim tizimining barcha bosqichlari isloh qilinib, izchil rivojlantirilmoqda. So\u2018nggi yillarda ko\u2018plab bog\u2018cha va maktablar qurildi. Yangi universitetlar tashkil etildi. Maktablarda o\u2018quvchi o\u2018rni, oliy ta\u02bclim qamrovi oshdi. Endi asosiy e\u02bctibor sifatga qaratilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2022 yilda 386 ming nafar maktab bitiruvchilaridan 137 ming nafari oliy ta\u02bclimga, 20 ming nafari kollej va texnikumlarga qamrab olingan. Lekin bitiruvchilarning 50 foizi hech qanday kasb-hunarsiz mehnat bozoriga kirib kelgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jahondagi shiddatli raqobat sharoitida yetuk mutaxassislar tayyorlash, o\u2018zgaruvchan mehnat bozori talablariga moslashishni bugun hayotning o\u2018zi taqozo etmoqda. Shuning uchun, 2023-yildan boshlab, o\u2018quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasbga o\u2018rgatish Maktabgacha va maktab ta\u02bclimi vazirligining eng ustuvor vazifasi bo\u2018lishi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunga hamohang ravishda, oliy ta\u02bclim tizimi ham o\u2018zgarishi kerak. Shu bois institut va universitetlarning faoliyatini isloh qilib, malakali kadrlar tayyorlash, ilm bilan ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u2018nggi yillarda olimlarning ish haqi 4,5 barobar oshirilgan. Bu yil ilm-fan va innovatsiyalarga 1,8 trillion so\u2018m ajratilmoqda. Bundan foydalanib, suv va energiyani tejash, tuproq unumdorligi va hosildorlik, geologiya, sanoat, qurilish kabi dolzarb yo\u2018nalishlarda ilmiy asoslar yaratish zarurligi qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yosh avlodni yuksak madaniyat ruhida tarbiyalash masalasiga ham to\u2018xtalib o\u2018tildi. Teatr, musiqa va kino sohalarini rivojlantirish, maqom va baxshichilikni asrab-avaylash muhimligi ta\u02bckidlandi. Xalqimiz madaniyati va tabiat maskanlarini keng targ\u2018ib qilib, turistlarga sharoitlarni yaxshilash bo\u2018yicha vazifalar belgilandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sog\u2018liqni saqlash sohasida ham dolzarb masalalar ko\u2018p. Bugungi kunda aholining 56 foizida ortiqcha vazn, 30 foizida surunkali kasalliklar bor. Shu bois \u201cTo\u2018g\u2018ri ovqatlanish va sog\u2018lom turmush tarzi\u201d umummilliy harakati boshlanishi ma\u02bclum qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tibbiyot ta\u02bclimiga ilg\u2018or xorijiy tajribani joriy qilish, tizimni raqamlashtirish va tibbiy sug\u2018urtani yo\u2018lga qo\u2018yish orqali xizmat sifatini oshirish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berildi. Aholini qiynab kelayotgan onkologik, yurak-qon tomir va endokrin kasalliklar bo\u2018yicha erta o\u2018limni keskin kamaytirish muhimligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig\u2018ilishda vazirlar tizim faoliyatini samarali tashkil etish masalalari va ustuvor vazifalar yuzasidan axborot berdi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3631","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3631","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3631"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3631\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3632,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3631\/revisions\/3632"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3631"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3631"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3631"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}