{"id":3618,"date":"2023-02-07T16:51:44","date_gmt":"2023-02-07T14:51:44","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3618"},"modified":"2023-02-07T16:51:44","modified_gmt":"2023-02-07T14:51:44","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bd%d0%b0%d0%bf%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%b8%d0%bb-%d0%bf%d0%be%d0%b7%d0%b4","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/02\/07\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bd%d0%b0%d0%bf%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%b8%d0%bb-%d0%bf%d0%be%d0%b7%d0%b4\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisiga tabrik yo\u2018lladi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli Gurbanguli Myalikguliyevich!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qadrli do\u2018stim!<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1675746730.8913.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sizni aloqalarimiz tarixidagi muhim sana \u2013 O\u2018zbekiston va Turkmaniston o\u2018rtasida diplomatik aloqalar o\u2018rnatilganining 30 yilligi bilan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarimni yo\u2018llashdan bag\u2018oyat xursandman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatlarimizning yaxshi qo\u2018shnichilik va o\u2018zaro yaqin hamkorlik rishtalari asrlar davomida yonma-yon tinch va totuv yashab kelayotgan, ildizlari mushtarak va qon-qardosh bo\u2018lgan xalqlarimizning umumiy farovonligi va ravnaqiga, shuningdek, mintaqamiz tinchligi va barqarorligi uchun muhim poydevor bo\u2018lib xizmat qilib kelmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu o\u2018rinda do\u2018st mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi hamkorlikni har tomonlama kengaytirishda, o\u2018zaro hurmat va ishonchga asoslangan strategik sheriklikni misli ko\u2018rilmagan darajada yuksaltirishda Siz, Janobi Oliylarining qo\u2018shib kelayotgan ulkan hissangiz borligini alohida ta\u02bckidlashni istar edim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Siz bilan o\u2018rtamizda qaror topgan doimiy ochiq va ishonchli muloqotlar, davlatlararo munosabatlarimizni tartibga soluvchi samarali mexanizmlarning yaratilgani barcha ustuvor yo\u2018nalishlarda o\u2018zaro manfaatli hamkorlikni yana-da kuchaytirish uchun mustahkam zamin bo\u2018lib xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli Gurbanguli Myalikguliyevich!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sizning uzoqni ko\u2018zlagan, oqilona ichki va tashqi siyosatingiz natijasida bugungi kunda Turkmaniston barcha jabhalarda katta yutuq va marralarga erishmoqda, aholining farovonligi muttasil oshib, mamlakatning xalqaro maydondagi obro\u2018-e\u02bctibori yuksalib bormoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018tgan yilning 11 noyabrida Samarqandda bo\u2018lib o\u2018tgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida Sizning shaxsan ishtirokingiz va \u201cTurkiy dunyoning oliy ordeni\u201d bilan taqdirlanganingiz anjumanning ahamiyatini yana-da oshirishga beqiyos hissa qo\u2018shish barobarida, qardosh o\u2018zbek va turkman xalqlarining do\u2018stona aloqalari naqadar yuqori darajada ekanini dunyoga yana bir karra namoyish etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sizning yurtingiz va elingiz ravnaqi uchun qilayotgan ulug\u2018vor va tarixiy ishlaringiz, uzoq istiqbolga yo\u2018naltirilgan strategiya va dasturlaringiz, olib borgan ko\u2018lamdor islohotlaringiz natijasida yaqinda betaraf Turkmanistonning Xalq hokimiyati Oliy vakillik organi \u2013 Xalq Maslahatining raisi etib tasdiqlandingiz va Turkman xalqining milliy lideri maqomiga sazovor bo\u2018ldingiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hech shubhasiz, azaliy qardoshlik, boqiy do\u2018stlik va bir-birini qo\u2018llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan uzoq muddatli hamda keng qamrovli sherikligimiz bundan keyin ham izchil davom etadi, deb qat\u02bciy ishonaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Fursatdan foydalanib, Sizga mustahkam sog\u2018liq, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, qardosh turkman xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, davomiy taraqqiyot<br \/>\nva farovonlik tilab qolaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>Samimiy ehtirom ila,<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Shavkat Mirziyoyev,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3618","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3618","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3618"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3618\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3619,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3618\/revisions\/3619"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3618"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3618"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3618"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}