{"id":3599,"date":"2023-01-17T21:05:01","date_gmt":"2023-01-17T19:05:01","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3599"},"modified":"2023-01-17T21:05:01","modified_gmt":"2023-01-17T19:05:01","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d0%b8%d0%bd%d0%b5%d1%80%d0%b3%d0%b8%d1%8f-%d0%b8%d0%bd%d0%bd%d0%be","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/01\/17\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d0%b8%d0%bd%d0%b5%d1%80%d0%b3%d0%b8%d1%8f-%d0%b8%d0%bd%d0%bd%d0%be\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti: Singapurlik hamkorlarning innovatsiya va texnologiyalari mamlakatimizning resurslari va kadrlar salohiyatiga qo\u2018shilsa, bo\u2018lajak qo\u2018shma loyihalar barqaror rivojlanadi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHK\u0415NT, 17-yanvar. \/\u00abDunyo\u00bb AA\/.<\/strong>\u00a0Bugun kunning ikkinchi yarmida O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Singapurga davlat tashrifi doirasida jahonning yetakchi oliy ta\u2019lim muassasalaridan biri bo\u2018lgan Singapur milliy universiteti huzuridagi Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda\u00a0 \u00abDunyo\u00bb AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u2019lumotiga tayanib.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1673968263.86.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Singapurning birinchi Bosh vaziri va ushbu mamlakat \u201ciqtisodiy mo\u2018jizasi\u201d muallifi Li Kuan Yu sharafiga nomlangan maktab davlat siyosati va xalqaro munosabatlar sohasida magistratura dasturlari asosida kadrlar tayyorlashga, ilmiy va siyosiy tadqiqotlar o\u2018tkazishga ixtisoslashgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qator yillar davomida maktab oliy ta\u2019lim muassasalarining xalqaro reytinglarida yetakchi o\u2018rinlarni egallab kelmoqda. Bu yerda xorijiy mamlakatlarning yuqori darajadagi mansabdor shaxslarini o\u2018qitish uchun qisqa muddatli dasturlar ham tashkil etilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ma\u2019lumki, Singapur erishgan iqtisodiy va ijtimoiy muvaffaqiyatlarda chuqur o\u2018ylangan kadrlar siyosati, malakali, mas\u2019uliyatni his etgan va halol rahbar kadrlarni tayyorlashga ustuvor e\u2019tibor muhim o\u2018rin tutgan. Mamlakatimiz yetakchisi ham o\u2018z faoliyatining boshidanoq ushbu masalalarga alohida e\u2019tibor qaratib keladi. Shu ma\u2019noda, Singapurning davlat xizmatchilarini tayyorlash sohasidagi tajribasini o\u2018rganish va qo\u2018llash katta ahamiyatga ega.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari maktab faoliyati bilan batafsil tanishib, o\u2018quv muassasasi rahbariyati bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Prezidenti huzurida O\u2018zbekiston Davlat boshqaruvi akademiyasi va Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabi o\u2018rtasida hamkorlik to\u2018g\u2018risida bitim imzolash marosimi bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u2018ng Prezidentimiz Singapurning yetakchi kompaniya va tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv o\u2018tkazdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tadbirda Singapur mehnat vaziri \u2013 savdo va sanoat ikkinchi vaziri Leng Si Tang, Singapur biznes federatsiyasi raisi Ming Yan Lim, ushbu mamlakatning Indorama, Meinhardt group, CPG Corporation, Changi Airports, Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti, TMC Academy, Virtus Health kabi 15 ta yirik kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezident Shavkat Mirziyoyev uchrashuv ishtirokchilarini qutlab, uning yangi 2023 yildagi ilk tashrifi aynan Singapurga bo\u2018layotgani O\u2018zbekistonning ushbu mamlakat bilan mustahkam va o\u2018zaro manfaatli munosabatlarni yo\u2018lga qo\u2018yishga alohida e\u2019tiboridan dalolat ekaniga e\u2019tibor qaratdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yurtimizdagi tizimli islohotlar tufayli investitsiyalar hajmi YAIMning 30 foizidan ortiq darajaga yetdi. 2022 yilning o\u2018zida O\u2018zbekiston iqtisodiyotiga 8 milliard dollar to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri xorijiy investitsiyalar jalb qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kuni kecha o\u2018tgan O\u2018zbekiston-Singapur biznes forumining natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi: uning doirasida umumiy qiymati qariyb 5 milliard dollarlik yangi investitsiya, savdo va moliyaviy kelishuvlar imzolandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Bu hamkorligimiz ancha faollashganidan, muvaffaqiyatli kechayotganidan, O\u2018zbekiston-Singapur munosabatlari amaliy va sifatli mazmun bilan boyiganidan dalolat beradi, &#8211; dedi Prezidentimiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Lekin sheriklik salohiyati hali to\u2018liq ishga solinmagan. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta\u2019kidlaganidek, mamlakatlarimiz ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga qodir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Singapur kompaniyalarining ilg\u2018or tajribasi bizda katta qiziqish uyg\u2018otmoqda, &#8211; dedi davlatimiz rahbari. \u2013 Ishonchim komilki, singapurlik hamkorlarning innovatsiya va texnologiyalari O\u2018zbekistonning resurslari va kadrlar salohiyatiga qo\u2018shilsa, bo\u2018lajak qo\u2018shma loyihalar barqaror rivojlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston yetakchisi uzoq muddatli va o\u2018zaro manfaatli hamkorlik uchun eng istiqbolli yo\u2018nalishlarni ko\u2018rsatib o\u2018tdi. Singapur kompaniyalarining O\u2018zbekistondagi xususiylashtirish jarayonlarida ishtiroki, shahar va transport infratuzilmasini rivojlantirish, kimyo va to\u2018qimachilik, \u201cyashil\u201d iqtisodiyot, ta\u2019lim, sog\u2018liqni saqlash va boshqa yo\u2018nalishlardagi qo\u2018shma loyihalarni amalga oshirish shular jumlasidan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Singapur tadbirkorlarini zarur ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta\u2019minlash, imtiyozlar va kafolatli xaridlar shaklida keng qo\u2018llab-quvvatlash, boshqa ko\u2018mak choralarini taqdim etishga tayyor ekani bildirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yurtimizdagi islohotlar xorijiy hamkorlar orasida O\u2018zbekistonning ishonchli va barqaror sherik sifatidagi mavqeini mustahkamlashga qaratilganini ta\u2019kidlab, Prezident Shavkat Mirziyoyev singapurlik ishbilarmonlarni o\u2018zaro manfaatli hamkorlik uchun ochilayotgan imkoniyatlardan foydalanish va iqtisodiyotimizga faol investitsiya kiritishga chaqirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sheriklikni kengaytirish yuzasidan batafsil fikr almashildi. Singapur biznesi vakillari o\u2018z chiqishlarida O\u2018zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yuksak baholadi, mamlakatimizda amalga oshirilishi rejalashtirilgan aniq loyihalarini taqdimot qildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ishbilarmonlar delegatsiyasining har bir a\u2019zosi bilan suhbatlashib, davlatimiz rahbari tadbirkorlarni yaratilgan qulay investitsiya muhiti bilan shaxsan tanishish uchun mamlakatimizga taklif qildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchrashuv yakunida O\u2018zbekiston tomoni mutasaddilariga tadbirda aytilgan barcha loyihalarni, ularni amalga oshirishning bosqichma-bosqich mexanizmlarini, aniq muddat va ijrochilarini kiritgan holda tegishli Amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash topshirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapurga samarali davlat tashrifi yakuniga yetdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u201cChangi\u201d xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Singapurning rasmiy shaxslari kuzatib qo\u2018ydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo\u2018nab ketdi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3599","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3599","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3599"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3599\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3600,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3599\/revisions\/3600"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3599"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3599"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3599"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}