{"id":3597,"date":"2023-01-17T21:03:39","date_gmt":"2023-01-17T19:03:39","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3597"},"modified":"2023-01-17T21:03:39","modified_gmt":"2023-01-17T19:03:39","slug":"%d0%b2%d0%be-%d0%b4%d0%b2%d0%be%d1%80%d1%86%d0%b5-%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d0%be%d1%81%d1%82%d0%be%d1%8f%d0%bb%d0%b8%d1%81%d1%8c-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d1%81","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/01\/17\/%d0%b2%d0%be-%d0%b4%d0%b2%d0%be%d1%80%d1%86%d0%b5-%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d0%be%d1%81%d1%82%d0%be%d1%8f%d0%bb%d0%b8%d1%81%d1%8c-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d1%81\/","title":{"rendered":"\u00abIstana\u00bb saroyida oliy darajadagi O\u2018zbekiston-Singapur muzokaralari bo\u2018lib o\u2018tdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHK\u0415NT, 17-yanvar. \/\u00abDunyo\u00bb AA\/.<\/strong>\u00a0Bugun O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi doirasida oliy darajadagi tadbirlar \u2013 ushbu mamlakat Prezidenti Halima Yaqub va Bosh vaziri Li Syan Lun bilan muzokaralar bo\u2018lib o\u2018tdi, deb xabar bermoqda\u00a0 \u00abDunyo\u00bb AA muxbiri.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\" style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1673940248.4378.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u2019lumotiga ko\u2018ra, O\u2018zbekiston-Singapur sammitidan avval Singapur Prezidentining \u00abIstana\u00bb saroyida davlatimiz rahbarini rasmiy kutib olish marosimi bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Saroy oldidagi maydonda oliy martabali mehmon sharafiga Faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Singapur Prezidenti Halima Yaqub Faxriy qorovul safi oldidan o\u2018tib, rasmiy delegatsiyalar a\u2019zolarini qutladilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u2018ng O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti sharafiga Singapurning milliy ramzi bo\u2018lgan orxideya gulining yangi naviga nom berish marosimi bo\u2018lib o\u2018tdi. Bunday tadbirlar an\u2019anaviy ravishda ushbu mamlakatning oliy martabali mehmonlari va taniqli arboblarga yuksak hurmat va ehtirom belgisi sifatida o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">An\u2019anaga ko\u2018ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev gulning yoniga yangi turdagi orxideyaning nomi &#8211; \u00abShavkat Mirziyoyev orxideyasi\u00bb deb yozilgan taxtachani joylashtirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu ko\u2018rkam va yoyilib o\u2018suvchi gul Encbi Purple va Kila Blue orxideyalarining gibridi hisoblanadi. Uzunligi 45 santimetr bo\u2018lgan qat-qat yaproqli qo\u2018shgullar, ularning har birida 17 tadan 20 tagacha gul hosil qiladi, har bir gulning eni 5 santimetr atrofida. Och siyohrang barglar va kosachabarglarning cheti mayin binafsharang.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shundan so\u2018ng Prezidentlar ikki tomonlama uchrashuv o\u2018tkazdilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va Singapur o\u2018rtasidagi munosabatlarni yanada chuqurlashtirish istiqbollari, ijtimoiy-siyosiy hayotni demokratlashtirish borasidagi islohotlar yuzasidan fikr almashildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ta\u2019lim sohasida faol hamkorlik qilinayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Toshkentda Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti hamda Singapur texnologiyalar, menedjment va kommunikatsiyalar akademiyasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikki mamlakatning Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik va integratsiyani kengaytirish borasidagi tajribasi batafsil ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va Singapur xalqaro maydonlarda mintaqaviy barqarorlik va izchil taraqqiyot masalalarida bir-birini anglashi va bu boradagi tashabbuslarni ilgari surishda o\u2018zaro ko\u2018maklashayotgani qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchrashuv yakunida hamkorlikning asosiy yo\u2018nalishlari belgilab olindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shavkat Mirziyoyev Halima Yaqubni o\u2018ziga qulay bo\u2018lgan vaqtda mamlakatimizga tashrif bilan kelishga taklif etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u2018ng \u00abIstana\u00bb qarorgohida Prezidentimiz Singapur Bosh vaziri Li Syan Lun bilan muzokara o\u2018tkazdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yetakchilar hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini har tomonlama ko\u2018rib chiqdilar, ustuvor yo\u2018nalishlardagi aloqalar jadal sur\u2019at bilan rivojlanib borayotganini ta\u2019kidladilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jumladan, savdo-iqtisodiy sohada sezilarli natijalarga erishildi. Keyingi yillarda tovar ayirboshlash ikki barobarga oshdi. O\u2018zbekistonda Singapur kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 4 karra ko\u2018paydi. Ushbu mamlakatdan yurtimiz iqtisodiyotiga to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri investitsiyalar hajmi 700 million dollarga yetgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ko\u2018plab sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun katta zaxiralar mavjudligi qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Singapur \u2013 Osiyo-Tinch okeani mintaqasining iqtisodiy markazi. Ko\u2018p yillardan buyon ushbu mamlakat elektronika, kimyo sanoati, biotexnologiyalar, bank sohasi, logistika va transport mashinasozligi kabi muhim tarmoqlardagi muvaffaqiyatlariga tayanib, jahondagi eng yirik va rivojlangan iqtisodiyotlardan biri bo\u2018lib kelmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shularni hisobga olib, davlatimiz rahbari Singapur bilan yaqin istiqboldagi hamkorlikning beshta asosiy yo\u2018nalishini ko\u2018rsatib o\u2018tdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birinchisi \u2013 inson kapitalini rivojlantirish va davlat boshqaruvi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash. Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabi ishtirokida boshqaruv, shaharsozlik, infratuzilmani rivojlantirish, raqamli transformatsiya, innovatsiyalar, ta\u2019lim va sog\u2018liqni saqlash sohalarida birgalikda davlat xizmatchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturini amalga oshirishga kelishib olindi. Shuningdek, O\u2018zbekiston Davlat boshqaruvi akademiyasi negizida<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Singapurning yetakchi ekspertlarini jalb qilgan holda davlat xizmatchilarini intensiv qayta tayyorlash dasturi ishga tushiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikkinchi yo\u2018nalish Singapurni O\u2018zbekistondagi xususiylashtirish jarayonlariga jalb qilishga qaratilgan. Shu ma\u2019noda, muzokaralarda Singapurning yetakchi kompaniyalari ilg\u2018or tajribasi, zamonaviy texnologiyalari va boshqaruv usullaridan foydalangan holda O\u2018zbekistonning yirik korxonalarini xususiylashtirish dorasidagi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Davlat korxonalarini transformatsiya qilish va tarkibiy o\u2018zgartirish, keyinchalik ularni IPOga chiqarish va tashqi investitsiyalarni jalb qilish uchun qo\u2018shma Investitsiya jamg\u2018armasini tuzish taklif qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchinchi ustuvor yo\u2018nalish sifatida ilg\u2018or \u201cyashil\u201d texnologiyalar va raqamli yechimlarni jalb qilish belgilandi. Singapurning raqamlashtirish sohasidagi yutuqlarini joriy qilish, shuningdek, ushbu mamlakatning \u201cyashil\u201d rivojlanish bo\u2018yicha innovatsiyalari va texnologiyalarini qo\u2018llash imkoniyatlari muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">To\u2018rtinchisi \u2013 shahar infratuzilmasi va kommunikatsiyalarni takomillashtirish. Shaharlarni rejalashtirish va qurilish, ko\u2018kalamzorlashtirish, kommunal xo\u2018jalik sohalarida hamkorlik bo\u2018yicha tadbirlar kelishib olindi. O\u2018zbekistonda infratuzilma va tarmoq loyihalarini amalga oshirish bo\u2018yicha qo\u2018shma Loyihalashtirish va injiring markazini tashkil etish bo\u2018yicha kelishuv bu boradagi birinchi qadam bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hamkorlikning beshinchi yo\u2018nalishi doirasida investitsiyalar va o\u2018zaro savdoni kengaytirish, Singapurning yetakchi kompaniyalari bilan qo\u2018shma loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ustav kapitali 500 million dollar bo\u2018lgan O\u2018zbekiston-Singapur investitsiya kompaniyasini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, tomonlar xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ochiq va do\u2018stona muhitda o\u2018tgan uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Li Syan Lunni o\u2018ziga qulay vaqtda mamlakatimizga tashrif bilan kelishga taklif etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Muzokaralardan so\u2018ng ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Delegatsiyalar rahbarlari huzurida ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida O\u2018zbekiston-Singapur hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan 8 ta hujjat almashildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xususan, ta\u2019lim, transport, sog\u2018liqni saqlash, kadrlar, shu jumladan davlat xizmatchilarini tayyorlash sohalarida hamkorlik to\u2018g\u2018risida bitimlar qabul qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, savdo-iqtisodiy sheriklik hamda ikki mamlakat prokuraturalari o\u2018rtasidagi hamkorlik bo\u2018yicha kelishuvlarga erishildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kunning ikkinchi yarmida davlatimiz rahbari Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabiga tashrif buyuradi va Singapurning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o\u2018tkazadi. Bugunning o\u2018zida Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga jo\u2018nab ketadi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3597","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3597","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3597"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3597\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3598,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3597\/revisions\/3598"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3597"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3597"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3597"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}