{"id":3594,"date":"2023-01-16T16:56:30","date_gmt":"2023-01-16T14:56:30","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3594"},"modified":"2023-01-16T16:56:30","modified_gmt":"2023-01-16T14:56:30","slug":"%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d0%be%d0%b2%d0%b5%d1%89%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%b8-%d0%bf%d0%be%d0%b4-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d0%b5%d0%b4%d0%b0%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%be%d0%bc-%d0%bf-6","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/01\/16\/%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d0%be%d0%b2%d0%b5%d1%89%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%b8-%d0%bf%d0%be%d0%b4-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d0%b5%d0%b4%d0%b0%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%be%d0%bc-%d0%bf-6\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti raisligida bo\u2018lib o\u2018tgan yig\u2018ilishda energiya ta\u02bcminotidagi muammolar tanqidiy tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHKENT, 16-yanvar. \/\u201cDunyo\u201d AA\/.<\/strong>\u00a0Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun aholini energiya resurslari bilan uzluksiz ta\u02bcminlash chora-tadbirlari bo\u2018yicha videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1673872928.5003.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u02bclumotiga ko\u2018ra, so\u2018nggi kunlarda yurtimizga sovuq havo oqimi kirib keldi. Energiya va issiqlik ta\u02bcminotida uzilishlar kuzatildi. Davlatimiz rahbari bu masalaga chuqur to\u2018xtalib, tezkor choralar ko\u2018rilishini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Men sovuqdan qiynalayotgan har bir oila, har bir insonning holatini chuqur tashvish va iztirob bilan yuragimdan o\u2018tkazayapman, \u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev. \u2013 Buni har bir rahbar his qilishi kerak. Bu yilgi sovuq butun tizimning ahvolini, qishga tayyorgarlik yengil-yelpi bo\u2018lganini ko\u2018rsatdi. Endi bunday davom etishi mumkin emas. Yuzaga kelgan vaziyatni o\u2018nglash uchun tezkor choralar ko\u2018ramiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig\u2018ilishda tabiiy gaz va elektr ta\u02bcminoti, kommunal sohadagi muammolar tanqidiy tahlil qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Masalan, Toshkent shahrida o\u2018nlab mahallalarda elektr va gaz ta\u02bcminotida uzilishlar bo\u2018lgan. Ayrim transformator va past kuchlanishli tarmoqlar ortiqcha yuklamaga bardosh berolmay ishdan chiqqan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Buning sababi qurilishga ruxsat berilganda mavjud infratuzilmaga yuklama bo\u2018yicha aniq hisob-kitob qilinmagan. Poytaxtning Bosh rejasi haligacha tasdiqlanmagan. Ruxsatsiz qurilgan obyektlar soni 250 dan oshib ketgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bois vaziyatga oldindan baho berib, qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko\u2018rmagani uchun Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo\u2018jayev lavozimidan ozod etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev qat\u02bciy ogohlantirildi, shuningdek, respublikadagi bir qator tuman va shahar hokimlariga hayfsan berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Talimarjon issiqlik stansiyasining energiya blokini ta\u02bcmirlash va elektr energiyasi ishlab chiqarishni ta\u02bcminlamagani uchun energetika vaziri o\u2018rinbosari Sherzod Xodjayev va \u00abIssiqlik elektr stansiyalari\u00bb aksiyadorlik jamiyati rahbari Farhod Abdurahmonov vazifasidan ozod qilindi. Shuningdek, \u201cO\u2018ztransgaz\u201d, \u201cO\u2018zbekneftgaz\u201d va \u00abHududiy elektr tarmoqlari\u00bb aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlariga intizomiy jazo va sinov muddati belgilandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Elektr va gaz tarmoqlarida talon-torojlik ko\u2018pligi ko\u2018rsatib o\u2018tildi. Oxirgi oylarning o\u2018zida neft-gaz va energiya nazorati tizimlarida 192 ta korrupsiya holatlari aniqlangan. Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuraturaga bu sohalardagi korrupsiyani yo\u2018q qilish, avtomobilga gaz quyish shoxobchalaridagi o\u2018g\u2018riliklarga chek qo\u2018yish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig\u2018ilishda elektr va gaz tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta\u02bcminlash bo\u2018yicha tezkor chora-tadbirlar belgilandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bosh vazir va energetika vaziriga barcha imkoniyatlarni ishga solib, mavjud resurslarni adolatli taqsimlab, muammoli mahallalarga zudlik bilan energiya yetkazib berish vazifasi qo\u2018yildi. Xorijdan malakali mutaxassislarni jalb qilib, boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish zarurligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Iqtisodiyot va moliya vaziriga energetika sohasi korxonalarida hisob-kitoblarni tartibga solish va moliyaviy masalalarni hal qilish bo\u2018yicha topshiriq berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Energiya ta\u02bcminotidagi uzilishlarning sabablari va ko\u2018rilayotgan choralarni xalqimizga o\u2018z vaqtida tushuntirib borish kerak. \u00abSaxovat va ko\u2018mak\u00bb jamg\u2018armasidan yolg\u2018iz qariyalar, ko\u2018p farzandli ehtiyojmand oilalarga yordam beriladi, og\u2018ir hollarda ular issiq joylarga ko\u2018chiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Dehqon bozorlarida sharoitlarni yaxshilab, mahsulotlar bezarar saqlanishi va narx-navo barqarorligini ta\u02bcminlash ham muhimligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Energetika korxonalari rahbarlari va hokimlarga kelgusida bunday vaziyatga yo\u2018l qo\u2018ymaslik uchun hozirdan aniq choralarni belgilash bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig\u2018ilishda energetika vaziri va hokimlar joylarda kuchaytirilgan tartibda olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3594","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3594","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3594"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3594\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3595,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3594\/revisions\/3595"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3594"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3594"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3594"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}