{"id":3585,"date":"2023-01-12T09:43:33","date_gmt":"2023-01-12T07:43:33","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3585"},"modified":"2023-01-12T09:43:33","modified_gmt":"2023-01-12T07:43:33","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%b2%d0%b5%d0%bb-%d1%81%d0%be%d0%b2%d0%b5%d1%89%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2023\/01\/12\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%b2%d0%b5%d0%bb-%d1%81%d0%be%d0%b2%d0%b5%d1%89%d0%b0\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti sanoatni rivojlantirish hamda qo\u2018shimcha zaxiralarni aniqlash masalalari bo\u2018yicha videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun sanoatni rivojlantirish hamda qo\u2018shimcha zaxiralarni aniqlash masalalari bo\u2018yicha videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi, deb xabar qilmoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u02bclumotiga tayanib.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1673376566.7172.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakat iqtisodiyoti va aholi bandligida sanoat juda katta o\u2018rin tutadi. Bu sohaga zarur sharoit yaratish maqsadida so\u2018nggi yillarda 19 ta erkin iqtisodiy zona va 400 dan ziyod kichik sanoat zonasi tashkil etildi, ularning infratuzilmasiga 10 trillion so\u2018m yo\u2018naltirildi. Shuningdek, to\u2018qimachilik, kimyo, qurilish materiallari, charm, farmatsevtika, elektr texnikasi kabi tarmoqlarni \u201cdrayver\u201dga aylantirish uchun 3 milliard dollarlik moliyaviy resurslar ajratildi. Sanoatni xomashyo bilan ta\u02bcminlash uchun geologiya-qidiruv ishlari 3 barobar ko\u2018paytirilib, 600 tadan ziyod yangi kon aniqlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Natijada oxirgi besh yilda sanoat korxonalari soni 2 barobar ko\u2018payib, 100 mingtaga yetdi, ishlab chiqarish hajmi 1,4 baravarga ko\u2018paydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu hududlar rivojiga ijobiy ta\u02bcsir qilmoqda. Jumladan, Jizzaxda ilgari bo\u2018lmagan qurilish materiallari, avtomobilsozlik, oziq-ovqat sanoati kabi yangi tarmoqlar paydo bo\u2018ldi. Birgina qurilish materiallari bo\u2018yicha 220 ta loyiha ishga tushirilib, viloyat sanoatida bu sohaning ulushi 20 foizdan oshdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Samarqand, Sirdaryo, Namangan va boshqa hududlarda metallni qayta ishlash bo\u2018yicha 19 ta yirik loyiha amalga oshirilgan. Namanganda tashkil etilgan 54 ta yangi kichik sanoat zonasida 2022 yilda 3 trillion so\u2018mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kimyo sanoatida oxirgi uch yilda ishlab chiqarish hajmi 1,5 baravarga, eksport esa 2 baravarga oshgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, ayrim hududlarda natijalar imkoniyat darajasida emas. Xususan, 2022 yilda Navoiy, Buxoro va Toshkent viloyatlarida sanoat o\u2018sishi ko\u2018ngildagidek bo\u2018lmagan. Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg\u2018ona va Xorazmda ip-kalavani qayta ishlash darajasi pastligicha qolgan. Namangan, Samarqand va Navoiyda oziq-ovqat, charm-poyabzal, mebel ishlab chiqarish salohiyati yetarlicha ishga solinmagan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bois yig\u2018ilishda joriy yilda sanoatni rivojlantirish, sohaga investitsiyalarni ko\u2018paytirish va zaxiralarni ishga solish chora-tadbirlari muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari sanoat uchun yangi imkoniyatlar va qo\u2018shimcha moliyaviy resurslar berilishini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birinchi imkoniyat \u2013 bank normativlari qayta ko\u2018rib chiqilib, tijorat banklarida korxonalarga kredit ajratish uchun qo\u2018shimcha 55 trillion so\u2018m resurslar ta\u02bcminlanadi. Bu \u2013 bitta tumanda o\u2018rtacha 20 million dollarlik investitsiyaga qo\u2018shimcha manba, degani.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikkinchi imkoniyat \u2013 2023 yilda sanoat zonalari va yirik investitsiya loyihalari infratuzilmasi uchun 1,7 trillion so\u2018m yo\u2018naltiriladi. Shuningdek, \u201cG\u2018ijduvon\u201d va \u201cQo\u2018qon\u201d erkin iqtisodiy zonalari hududi kengaytiriladi. Qoraqalpog\u2018iston va Qashqadaryoda \u201cUrgut\u201d erkin iqtisodiy zonasining filiallari tashkil etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0Uchinchi imkoniyat \u2013 2023 yildan boshlab, iqtisodiy rivojlanishi orqada bo\u2018lgan to\u2018rtinchi va beshinchi toifadagi 60 ta tumanga 27 turdagi soliq imtiyozi, subsidiya va preferensiyalar berilganidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">To\u2018rtinchi imkoniyat \u2013 gilamchilik, uy tekstili, charm va zargarlik tarmoqlari uchun taqdim etilayotgan yengilliklar. Unga ko\u2018ra, 2023 yilda to\u2018qimachilik loyihalariga qo\u2018shimcha 300 million dollar yo\u2018naltiriladi. Charm-poyabzal sanoatida 200 dan ortiq turdagi import xomashyo bo\u2018yicha bojxona imtiyozlari uch yilga uzaytiriladi. Zargar tadbirkorlarga xomashyoni chegirma bilan sotib olish imkoniyati hamda soliq, bojxona va bank imtiyozlari beriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentimiz bu imkoniyatlarni aholi va tadbirkorlarga yetkazib, joylarda loyihalarni ko\u2018paytirish zarurligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sanoat zonalarida 1 ming 264 ta loyiha ishga tushirilishi aytildi. Shuningdek, Navoiy viloyatida 6-gidrometallurgiya zavodini hamda Olmaliqda 3-mis boyitish fabrikasini ishga tushirish, Andijonda zamonaviy quyuv sexini va Chirchiqda qishloq xo\u2018jaligi mashinasozlik klasterini to\u2018liq quvvatga chiqarish ham muhim vazifalardan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mutasaddilarga sanoat kooperatsiyasini kengaytirib, 6 milliard dollarlik mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish, hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan 3 mingga yaqin loyihalarni vaqtida ishga tushirish bo\u2018yicha topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Umuman, barcha manbalar evaziga joriy yilda sanoatni 14 foizga oshirish imkoniyati borligi ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig\u2018ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan sanoat tarmoqlari rahbarlari va hokimlar o\u2018z reja va takliflarini bildirdi.<\/p>\n<div class=\"my-3 description-h3\"><\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3585","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3585","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3585"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3585\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3586,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3585\/revisions\/3586"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3585"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3585"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3585"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}