{"id":357,"date":"2018-01-12T14:48:10","date_gmt":"2018-01-12T12:48:10","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=357"},"modified":"2018-01-12T14:48:10","modified_gmt":"2018-01-12T12:48:10","slug":"%d0%bf%d0%be%d1%81%d0%b2%d1%8f%d1%89%d0%b5%d0%bd%d0%be-%d1%80%d0%b0%d0%b7%d0%b2%d0%b8%d1%82%d0%b8%d1%8e-%d1%81%d1%84%d0%b5%d1%80%d1%8b-%d0%b8%d0%bd%d1%84%d0%be%d1%80%d0%bc%d0%b0%d1%86%d0%b8%d0%be","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2018\/01\/12\/%d0%bf%d0%be%d1%81%d0%b2%d1%8f%d1%89%d0%b5%d0%bd%d0%be-%d1%80%d0%b0%d0%b7%d0%b2%d0%b8%d1%82%d0%b8%d1%8e-%d1%81%d1%84%d0%b5%d1%80%d1%8b-%d0%b8%d0%bd%d1%84%d0%be%d1%80%d0%bc%d0%b0%d1%86%d0%b8%d0%be\/","title":{"rendered":"Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlantirishga oid"},"content":{"rendered":"<p>2018 yil 9 yanvar kuni O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va xavfsizligini ta\u2019minlash bo\u2018yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligiga bag\u2018ishlangan yig\u2018ilish bo\u2018lib o\u2018tdi.<!--more--><\/p>\n<p>Unda O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o\u2018rinbosarlari, tegishli vazirlik va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Bugun mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va kundalik hayotga izchil joriy etish bo\u2018yicha keng ko\u2018lamli ishlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018tgan yilda raqamli televideniye qamrovi 88 foizdan 100 foizgacha yetkazildi. Mobil aloqadan foydalanuvchilar soni 7 foizga oshib, 22,8 millionga yetdi. 2017 yilda axborot texnologiyalari sohasida 7,7 trillion so\u2018mlik yoki 2016 yilga nisbatan 26 foizga ko\u2018p xizmat ko\u2018rsatildi. Investitsiya dasturi doirasida 260 million dollar o\u2018zlashtirildi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda erishilgan natijalar alohida qayd etilar ekan, 2018 yilda va yaqin istiqbolda amalga oshirilishi zarur bo\u2018lgan ustuvor vazifalar haqida ham so\u2018z bordi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz axborot texnologiyalari sohasida hali qilinadigan ishlar ko\u2018pligi, erishilgan natijalar boshqa davlatlarga qaraganda ancha past ko\u2018rsatkichda ekanligini qayd etdi.<\/p>\n<p>Misol uchun: axborot texnologiyalari sohasining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi Janubiy Koreyada \u2013 9 foiz, Yaponiyada \u2013 5,5 foiz, Xitoy va Hindistonda \u2013 4,7 foiz, O\u2018zbekistonda atigi 2,2 foizni tashkil etadi. Buni axborot-kommunikatsiya rivojlanish indeksi reytingdagi 176 ta mamlakat ichida O\u2018zbekiston 95-o\u2018rinni egallagani isbotlab turibdi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda Internet tarmog\u2018iga ulanish qamrovini kengaytirish va tezligini oshirish, dasturiy ta\u2019minot, telekommunikatsiya sohasida yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan aloqa o\u2018rnatish, \u201cElektron Hukumat\u201d tizimini yanada rivojlantirish bo\u2018yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.<\/p>\n<p>Internetdan 20 million aholi foydalanadi, deb hisobot bergansizlar. Biroq, milliy Internet orqali taklif etiladigan xizmatlar doirasi juda cheklangani sababli, aholining aksariyat qismi Internetdan faqat \u201cTelegram\u201dda yozishma uchun foydalanadi, xolos, dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda MDH davlatlari bo\u2018yicha Internetning o\u2018rtacha tezligi biznikidan 10 marta yuqoriligi qayd etildi. Aloqa operatorlari chekka hududlarda, avtomobil va temir yo\u2018llarga yaqin hududlarda telekommunikatsiyalarni kengaytirishga sarmoya kiritmayotgani ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Mutasaddilarga Internet narxini keskin arzonlashtirish, tezligini kamida 4 barobarga oshirish, 2020 yilgacha esa MDH davlatlari darajasiga yetkazish chora-tadbirlarini ko\u2018rish bo\u2018yicha zarur topshiriq berildi.<\/p>\n<p>Bugun \u201cXavfsiz shahar\u201d yagona kompleksini yaratish dasturiga muvofiq loyihaning konsepsiyasi ishlab chiqildi. Unga ko\u2018ra, Toshkent shahrida 16 mingdan ortiq kameralar o\u2018rnatish, Ma\u2019lumotlarni qayta ishlash markazi va Situatsiya markazlarini tashkil etish belgilangan. Shuningdek, \u201cXavfsiz turizm\u201d, \u201cXavfsiz hudud\u201d, \u201c112\u201d tizimi, oliy ta\u2019lim muassasalariga imtixon topshirish jarayonlariga videokuzatuv hamda yo\u2018l harakati qoidalari buzilishlarini ro\u2018yxatga olish tizimlarini joriy etish ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda \u201cXavfsiz hudud\u201d va jamoat tartibini ta\u2019minlashga ko\u2018maklashish bo\u2018yicha loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi farmoniga asosan tashkil etilgan \u00abMirzo Ulug\u2018bek innovatsiya markazi\u00bbda 140 dan ortiq korxonaga rezident maqomi berilib, ularda ayni vaqtda 1000 dan ortiq dasturchi mutaxassis ishlamoqda. Muhammad al-Xorazmiy nomi berilgan Toshkent axborot texnologiyalari universitetida eng zamonaviy texnologiyalar va ta\u2019lim uslublari keng joriy etilmoqda.<\/p>\n<p>2018 yilda xalqaro tajribani, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlanish tendensiyalarini inobatga olgan holda, \u201c2018-2021 yillarda \u201cElektron Hukumat\u201d tizimini yanada rivojlantirish strategiyasi\u201dni ishlab chiqish, \u201cMirzo Ulug\u2018bek innovatsiya markazi\u00bb rezidentlari tomonidan ko\u2018rsatiladigan ishlar va xizmatlar hajmini kamida 2 barobarga hamda eksport hajmini 1,8 barobarga oshirish, rezidentlar uchun chet el kompaniyalari bilan hamkorlik qilishda va yangi bozorlarga chiqishda ko\u2018maklashish bo\u2018yicha tegishli topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini uch yil ichida jahondagi eng obro\u2018li 1 000 universitet safiga kiritishni ta\u2019minlash, sohada jahonda yetakchi bo\u2018lgan universitet va kompaniyalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, professor-o\u2018qituvchilar va talabalarning xorijiy stajirovkasi va malaka oshirishini keng tashkil etish kerakligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va buning uchun milliy kadrlar tayyorlash ishlari hali talab darajasida emasligi qayd etildi, mutasaddilarga dunyoning yirik axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi korporatsiyalar bilan tenglasha oladigan milliy operatorimiz va dasturchilarimizning faoliyatini takomillashtirish bo\u2018yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda \u201cO\u2018zbektelekom\u201d kompaniyasining ishlash samaradorligini oshirish, telekommunikatsiya tarmoqlari orqali xalqaro telefon so\u2018zlashuvini noqonuniy amalga oshirayotgan sub\u2019ektlarga nisbatan moliyaviy jazo choralarini qo\u2018llash, xalqaro tajriba asosida pochta tizimini tubdan qayta ko\u2018rib chiqib, yanada rivojlantirish, axborot xavfsizligi konsepsiyasini ishlab chiqish bo\u2018yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p>Manba: president.uz<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":358,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[],"tags":[],"class_list":["post-357","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/357","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=357"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/357\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":359,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/357\/revisions\/359"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/358"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=357"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=357"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=357"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}