{"id":3507,"date":"2022-12-13T10:59:04","date_gmt":"2022-12-13T08:59:04","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3507"},"modified":"2022-12-13T10:59:04","modified_gmt":"2022-12-13T08:59:04","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d0%be%d1%80%d1%83%d1%87%d0%b8%d0%bb-%d1%80%d0%b0%d0%b7%d1%80%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/12\/13\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d0%be%d1%80%d1%83%d1%87%d0%b8%d0%bb-%d1%80%d0%b0%d0%b7%d1%80%d0%b0\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti ftiziatriya, pulmonologiya va OITS yo\u2018nalishlarida dasturiy qarorlar loyihalarini ishlab chiqish vazifasini qo\u2018ydi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHKENT, 12-dekabr. \/\u201cDunyo\u201d AA\/<\/strong>. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun ftiziatriya va pulmonologiya sohasini rivojlantirish, OITS kasalligining oldini olish masalalari bo\u2018yicha yig\u2018ilish o\u2018tkazdi, deb xabar qilmoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u02bclumotiga tayanib.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\" style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1670877846.178.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbarining 2019 yil 13 fevraldagi qarori bilan ftiziatriya va pulmonologiya yordami ko\u2018rsatish tizimini takomillashtirish bo\u2018yicha chora-tadbirlar qabul qilingan edi. Bu sezilarli natija berib, kasallanganlar umumiy soni 2 mingtaga kamaydi. Yangi kasallanish holati 10 foizga, o\u2018lim holati 17 foizga qisqardi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Lekin so\u2018nggi yillarda koronavirus epidemiyasi sababli yurtimizda o\u2018pka kasalliklari bo\u2018yicha dispanser nazoratidagi bemorlar soni 18 foizga oshgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hududlarda tuberkulyoz bo\u2018yicha 5 xil yuqori texnologik jarrohlik amaliyotiga talab bo\u2018lsa-da, bu xizmatlar faqat Toshkent va Nukus shaharlarida to\u2018liq yo\u2018lga qo\u2018yilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Odam immuniteti tanqisligi virusi bilan kasallanish holatlari ham, afsuski, ko\u2018paymoqda. Bu, ayniqsa, Toshkent shahri, Andijon va Samarqand viloyatlarida dolzarb.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bois yig\u2018ilishda mazkur ikki sohadagi navbatdagi chora-tadbirlar mutaxassislar ishtirokida muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentimiz kelgusi yildan boshlab \u201cO\u2018pka salomatligi\u201d mobil brigadalarini tashkil etib, chekka hududlarda bolalarni skrining tekshiruvlaridan o\u2018tkazish bo\u2018yicha topshiriq berdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tuberkulyoz infeksiyasining molekulyar-genetik diagnostikasini, yashirin infeksiyasi bor bemorlarni aniqlash va profilaktik davolash qamrovini oshirish zarurligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Viloyat hokimlariga hududlardagi Ftiziatriya sihatgohlarini ta\u02bcmirlash va jihozlash, bakteriologiya laboratoriyalarini tashkil etish topshirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sog\u2018liqni saqlash vazirligiga tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarni dori vositalari bilan bepul ta\u02bcminlash vazifasi qo\u2018yildi. Bunga davlat byudjetidan 40 milliard so\u2018m ajratiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">OIV infeksiyasi bo\u2018yicha ham tekshiruvni kengaytirib, 3 million aholini qamrab olish choralari belgilandi. Bunday bemorlar ham 22 turdagi virusga qarshi dorilar bilan bepul ta\u02bcminladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hududiy OITS markazi va tumanlararo laboratoriyalarni ta\u02bcmirlash, ularni zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlashga mas\u02bcullar biriktirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tibbiyotning birlamchi bo\u2018g\u2018ini xodimlarini OIV infeksiyasi bo\u2018yicha malakasini oshirish, aholi o\u2018rtasida kasallik va uning oqibatlari to\u2018g\u2018risida tushuntirish ishlarini kuchaytirish muhimligi qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Umuman, bularning barchasini inobatga olib, ftiziatriya, pulmonologiya va OITS yo\u2018nalishlarida dasturiy qarorlar loyihalarini ishlab chiqish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3507","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3507","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3507"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3507\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3508,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3507\/revisions\/3508"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3507"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3507"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3507"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}