{"id":349,"date":"2018-01-05T15:57:37","date_gmt":"2018-01-05T13:57:37","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=349"},"modified":"2018-01-05T15:58:15","modified_gmt":"2018-01-05T13:58:15","slug":"%d0%bd%d0%b0%d1%87%d0%b0%d0%bb-%d1%84%d1%83%d0%bd%d0%ba%d1%86%d0%b8%d0%be%d0%bd%d0%b8%d1%80%d0%be%d0%b2%d0%b0%d1%82%d1%8c-%d1%86%d0%b5%d0%bd%d1%82%d1%80-%d1%81%d0%be%d0%b4%d0%b5%d0%b9%d1%81%d1%82","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2018\/01\/05\/%d0%bd%d0%b0%d1%87%d0%b0%d0%bb-%d1%84%d1%83%d0%bd%d0%ba%d1%86%d0%b8%d0%be%d0%bd%d0%b8%d1%80%d0%be%d0%b2%d0%b0%d1%82%d1%8c-%d1%86%d0%b5%d0%bd%d1%82%d1%80-%d1%81%d0%be%d0%b4%d0%b5%d0%b9%d1%81%d1%82\/","title":{"rendered":"Tadbirkorlarga ko\u2018maklashish markazi faoliyat boshladi"},"content":{"rendered":"<p>Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlarni har tomonlama qo\u2018llab-quvvatlash, ularga davlat xizmatlari ko\u2018rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida har bir viloyatda Tadbirkorlarga ko\u2018maklashish markazi tashkil etish tashabbusi ilgari surilgan edi.<br \/>\n<!--more--><br \/>\nSirdaryo viloyatida tashkil etilgan Tadbirkorlarga ko\u2018maklashish markazi ochilishiga bag\u2018ishlangan marosimda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, soha subyektlari samarali faoliyat yuritishi uchun qulay sharoit yaratishga alohida e\u2019tibor qaratilayotgani ta\u2019kidlandi. 2018-yil yurtimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion g\u2018oyalar va texnologiyalarni qo\u2018llab-quvvatlash yili, deb e\u2019lon qilingani ham buning yorqin dalilidir.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" title=\"2.JPG\" src=\"http:\/\/uza.uz\/upload\/medialibrary\/21d\/2.jpg\" alt=\"2.JPG\" width=\"640\" height=\"496\" border=\"0\" \/><\/p>\n<div><\/div>\n<div>\n<p>Markaz \u00abBeton-sanoat\u00bb mas\u2019uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan yangidan barpo etilib, barcha sharoit va qulayliklar yaratilgan 3 qavatli binoning birinchi qavatida faoliyat boshladi.<\/p>\n<p>Ayni paytda markazning konsalting, rieltorlik va boshqa xizmatlari yo\u2018lga qo\u2018yilib, 30 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, soha vakillariga yanada qulaylik yaratish maqsadida o\u2018nta tijorat bankining viloyat filiali ham ushbu binoda joylashtirildi. Kelgusida tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko\u2018rsatish turlari kengayib, sifati yanada takomillashadi. Bu esa ishlab chiqarishning kengayishiga, mahsulot turi va sifati ortishiga, ko\u2018plab yangi ish o\u2018rinlari ochilishiga zamin yaratadi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" title=\"10.JPG\" src=\"http:\/\/uza.uz\/upload\/medialibrary\/3e7\/10.jpg\" alt=\"10.JPG\" width=\"640\" height=\"499\" border=\"0\" \/><\/p>\n<\/div>\n<div><\/div>\n<div>\n<p>Binoning 2- va 3- qavatlari yangilangan loyihalar asosida barpo etilayotgan aholi turar joylari uchun mo\u2018ljallangan bo\u2018lib, ayni vaqtda u yerda so\u2018nggi pardozlash ishlari olib borilmoqda.<\/p>\n<p>\u2013 Markaz faoliyati bilan tanishar ekanman, Prezidentimiz nima uchun tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga bu qadar ulkan e\u2019tibor qaratayotgani sababini chuqurroq tushungandek bo\u2018ldim, \u2013 deydi Sayxunobod tumanidagi \u00abOzodbek \u2013 Shavkat\u00bb ko\u2018p tarmoqli fermer xo\u2018jaligi raisi Sh.Xolmurodov. \u2013 Mana endi tadbirkor hali u rahbar eshigida, hali bu byurokrat huzurida sarg\u2018ayib, vaqtini behuda o\u2018tkazmaydi. Barchasini shu markazning o\u2018zida bitirib, ertangi kuniga katta ishonch bilan ishini davom ettiraveradi. Qilayotgan ishining istiqboliga ishonch esa tadbirkor uchun juda muhim omildir.<\/p>\n<\/div>\n<div><\/div>\n<div class=\"news-props\">Abdujalol Qayumov, Furqat Toshmatov (surat), O\u2018zA<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":350,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[],"tags":[],"class_list":["post-349","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/349","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=349"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/349\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":352,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/349\/revisions\/352"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/350"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=349"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=349"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=349"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}