{"id":3487,"date":"2022-12-05T18:53:22","date_gmt":"2022-12-05T16:53:22","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3487"},"modified":"2022-12-05T18:53:22","modified_gmt":"2022-12-05T16:53:22","slug":"%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d0%be%d0%b2%d0%b5%d1%89%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%b8-%d0%bf%d0%be%d0%b4-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d0%b5%d0%b4%d0%b0%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%be%d0%bc-%d0%bf-5","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/12\/05\/%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d0%be%d0%b2%d0%b5%d1%89%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%b8-%d0%bf%d0%be%d0%b4-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d0%b5%d0%b4%d0%b0%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%be%d0%bc-%d0%bf-5\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi va Farg\u2018ona vodiysi viloyatlarida suv ta\u02bcminotini yaxshilashga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHKENT, 5 dekabr. \/\u201cDunyo\u201d AA\/.<\/strong>\u00a0Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi va Farg\u2018ona vodiysi viloyatlarida suv ta\u02bcminotini yaxshilashga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u02bclumotiga tayanib.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\" style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1670250543.0006.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qoraqalpog\u2018istonning agrosanoatdagi ulkan salohiyatini yuzaga chiqarish uchun, avvalo, suv kerak. Hududda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash maqsadida 2015 yildan boshlab Jahon banki ishtirokida 260 million dollarlik loyiha amalga oshirildi. 650 kilometr kanal va 556 ta suv inshooti tiklanib, 5 ming gektardan ziyod yer lazer bilan tekislandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ish samarali tashkil etilgani va ko\u2018p narsalar mahalliylashtirilgani natijasida loyiha qiymatidan 48 million dollar iqtisod qilingan. Shu bois loyihani davom ettirib, qolgan mablag\u2018ni Beruniy, To\u2018rtko\u2018l va Ellikqal\u02bca tumanlariga yo\u2018naltirish taklif etilmoqda. Buning evaziga yana 216 kilometr kanal va 406 ta gidrotexnik inshootni tiklash mumkin. Natijada hozir nasos bilan sug\u2018orilayotgan 300 dan ortiq fermer xo\u2018jaliklari dalasiga suv o\u2018z oqimi bilan keladi, yiliga 300 million kub suv iqtisod qilinadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari bu taklifni ma\u02bcqullab, suv ta\u02bcminoti yaxshilanadigan yerlarda yuqori daromadli ekinlar ekish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Andijon, Namangan va Farg\u2018ona viloyatlarining tuprog\u2018i unumdor. Lekin 235 ta nasos stansiyasi eskirgani sababli 380 ming gektar maydonda suv ta\u02bcminoti og\u2018irlashgan, shundan 60 ming gektari oborotdan chiqib ketgan. Qolaversa, bu nasos stansiyalarida elektr energiyasi me\u02bcyorga nisbatan 1,5-2 baravar ko\u2018p sarflanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bois Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda bu viloyatlardagi nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda 118 ta nasos stansiyasini yangilash mo\u2018ljallangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Buning natijasida 30 ming gektar maydon qayta foydalanishga kiritiladi, 57 ming gektar sug\u2018oriladigan yerning suv ta\u02bcminoti yaxshilanadi. 4 ming 375 ta tomorqa suv bilan ta\u02bcminlanadi. Yiliga 290 million kilovatt-soat elektr energiyasi iqtisod qilinadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Energiya va ekspluatatsiya xarajatlari qisqarishi hisobiga bu loyiha 7 yilda o\u2018zini oqlaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentimiz loyiha doirasidagi ishlarga mahalliy tadbirkorlarni ko\u2018proq jalb qilish zarurligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3487","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3487","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3487"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3487\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3488,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3487\/revisions\/3488"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3487"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3487"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3487"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}